A) aniq, majhul B) o‘zlik, majhul C) aniq, o‘zlik D) aniq, aniq
19. Qaysi javobda ega qatnashgan undalmali gap berilgan?
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang?
Qani, ayt, maqsading nimadir sening?
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?
Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni.
20. Nodiraning qaysi g‘azali mumtoz she’riyatimizda ko‘proq ruboiy bitiladigan an’anaviy hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznida yozilgan?
“Vasl uyin obod qildim... ” B)“Kel, dahrni imtihon etib ket... ” C) “Fig‘onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin... ”
“Doda keldim... ”
21. Nodar Dumbadzening "Quyoshni ko‘ryapman" nomli asari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping.
bu asar asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan videofilm ishlangan
II jahon urushi yillarida gruzin qishloqlaridagi og‘ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o‘xshamaydigan taqdir egalari obrazi aks ettirilgan hikoyalar to‘plami sanaladi
bu asar qissa janrida yozilgan
dastlabki yirik romani
22. Gap bo‘laklari tartibi haqida berilgan quyidagi fikrlarning nechtasi to‘g‘ri emas?
1) ilmiy asarlar uslubi uchun gap bo‘laklarining odatdagi tartibi mos; 2) badiiy uslub uchun gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi mos; 3) gapdan ko‘zda tutilgan umumiy fikrga qo‘shimcha ma’no, uslubiy yuk berish uchun gap bo‘laklari tartibi o‘zgarishi mumkin; 4) gapda kesimning o‘rni o‘zgaymaydi.
A) 4 tasi B) 3 tasi C) 1 tasi D) 2 tasi
23. Ayol — tig‘, toshlarni mumdek tilguvchi,
Ayol — nur, qalblarni yoqib ketguvchi,
Quyoshga bas kelar bitta kulgichi,
Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir.
Ushbu gapda qo‘llanilgan tinish belgilarining ishlatilish sabablari noto‘g‘ri izohlangan javoblarni aniqlang.
bog‘lamasiz ot kesim va ega orasida tire qo‘llangan;
ajratilgan aniqlovchi qatnashgani uchun vergul qo‘llangan;
sodda gaplar orasida vergul qo‘llangan; 4) uyushiq bo‘laklar orasida vergul qo‘llangan; 5) ajratilgan bo‘lak qatnashgani uchun tire qo‘llangan.
A) 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4, 5
24. Qaysi qatorda qo‘shma gapning ikkinchi qismida keladigan vazifadosh bog‘lovchi(lar) qo‘llangan?
A) balki B) balki, na ... na
ammo, lekin, biroq, hamda D) balki, yoxud, na ... na
25. Quyida berilgan gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
Qush goh pastlab, goh ko‘tarilib uchadi.
ayiruv bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarni bog‘lab kelgan
uyushiq kesim ishtirok etgan
uyushiq hol qatnashgan
o‘zlik va aniq nisbatdagi fe’llar qatnashgan
26. Quyidagi gapda nechta tobe bog‘lanish mavjud?
Ishlarni qanday taqsimlash faqat sizning didingizga, aqlingizga bo‘gliq.
6 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 5 ta
27. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida Qalandar Qarnoqiy “u qari tulki bu sir-asrorlarni hazratga yetkazganlar” deganda xazina haqida sirlarni oshkora qilgan qaysi qahramon haqida so‘zlagan?
Do'stlaringiz bilan baham: |