A) Xoja Salohiddin zargar
B) Sulton Jondor
Temur Samarqandiy D) Ibrohim Po‘lat
28. Asosi omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan yasama so‘z ega vazifasini bajargan gapni toping.
Pichoqning o‘tkiri damidan ma’lum.
Urush quyon ovi emasligini barchamiz bilamiz-ku!
Donolarimiz kulgi umrni uzaytirishini aytganlar.
Yoz mavsumiga tayyorgarlik ishlari avj pallaga chiqdi.
29. "Rustamxon" dostonidan olingan quyidagi parcha kimning tilidan aytilgan?
Maydon bo‘lsa bedov otlar topilar,
Chopib kelsa banot jullar yopilar,
Men ham bildim, yo‘qchi bo‘lib kelibsan,
G‘am yema begijon, yo‘g‘ing topilar.
A) Huroyim
B) Oftoboy
C) qalandarlar
D) Rustamxon
30. Shuni bilingki, tog‘lar ham yemiriladi, ammo yoshlikda inson qalbiga ekilgan ezgulik urug‘lari toabad zavol bilmaydi.
Berilgan gap murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga kiradi?
bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
aralash murakkab qo‘shma gap
qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
31. Me’yorni ko‘p buzar odam bolasi,
Uning kattasidan kichigigacha. . .
Ushbu she’riy parchadagi munosabat shakliga ega otlar miqdorini aniqlang.
A) З ta
B) 4 ta
C) 1 ta
D) 2 ta
32. Qaysi javobda keltirilgan barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan?
qat’iy, qadamjo, shovilladi
ta’qiqlamoq, avf, taqib qildi
xoxlamoq, inshoot, hasharot
ssenariy, konstitusiya, hayit
33. Kimki so‘zni qadrlasa har qachon,
O‘z-o‘zini qadrlagay begumon.
Berilgan gap ergash gapning qaysi turiga mansub?
ega ergash gapli qo‘shma gap
kesim ergash gapli qo‘shma gap
to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
34. Xalqaro Bobur Jamg‘armasi tashabbusi bilan 2006-yili Hirotda qaysi ijodkorning qabri aniqlashtirilib, u yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi?
A) Alisher Navoiy
B) Husayn Boyqaro
C) Lutfiy
D) Jomiy
35. Qaysi gapda ham vositali, ham vositasiz to‘ldiruvchi uyushgan?
Serchang, sershovqin ko‘chalarda, xiyobonlarda odamlar daryoday oqib borar edi.
Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham uni qo‘liga olar, suyar va yuzlarini, sochlarini silab qo‘yar edi.
Mustaqilligimizning shukuhli kunlarini, bayram tantanalarini munosib kutib olish uchun, dillarni xushnud etish uchun ishga kirishdik.
Respublikamizda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarini o‘quv darsliklari, qo‘llanmalar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan.
36. Sabr — achitib gapiradigan nasihatgo‘y, kishi tabiati undan ozor chekadi, lekin unga amal qilgan oxirida so‘zsiz murodiga yetadi.
Ushbu gap turini aniqlang.
bog‘langan qo‘shma gap
qismlari uyushgan murakkab qo‘shma
bog‘lovchisiz qo‘shma gap
aralash murakkab qo‘shma gap