O’yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari kirish


Bolalarda tashabbuskorlik, jamoa, burch xislarini o’stiradi. Bunga «Kim birinchi», «koptok», «oq quyoncha o’tiribdi», «yetib ol» o‘yinlari kiradi



Download 64,92 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi64,92 Kb.
#206916
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’YINNING BOLA FAOLIYATIDAGI MOHIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (2)

Bolalarda tashabbuskorlik, jamoa, burch xislarini o’stiradi. Bunga «Kim birinchi», «koptok», «oq quyoncha o’tiribdi», «yetib ol» o‘yinlari kiradi.

Harakatli o‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’tkaziladi. Drammalashtirilgan o‘yinlarni ham bolalar sevib o’ynaydilar. Bu o‘yinlar turli xil ertak va xikoyalar saxnaga qo’yiladi,rollarni esa bevosita bolalarni o’zlari ijro etadilar. Masalan: «Qizil shapkacha», «Tormok», «Sholg`om» drammali o‘yinlar bolalarni nutqi hayol va qobiliyatlarini tarkib toptiradi. Bolalar yil davomida egallagan bilim va ko’nikmalari quyidagi o’yin mashqlar orqali ifodalaydi. “Topgan –topoloq”, “Bayroqchaga qarab yur “, ”Yil fasllari” “Munchoqlarni ipga tizing “, “Poezd tuzing”, “Garaj” , “Toping nechta o’yinchoq”, “ Kim ziyrakroq”, “ Mozaika”, “Kun qismlari” .



Xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog’cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg’a qarab borayotgan sermazmun xayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Ma’lumki, bolaning yoshi ulg’ayib mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar bo’yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Bog’cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosabatda bo’lishiga intiladi. Bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining xaddi sigadigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan o’zining kuchi ham yetmaydigan, xaddi sig’maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo’lishga intiladi. Biroq tabiiyki bola o’zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham xaqiqiy yo’l bilan ko’ndira olmaydi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o’rtasidagi qarama - qarshilik yuzaga keladi. Buni shu bilan izohlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab(motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuni bilan bog’likdir.

Ikkinchidan esa, bolalar o‘yin jarayonida o’z ixtiyorlaridagi narsalarni, o’zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo’lgan narsalarga aylantirib xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo’ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. O‘yin bolalar xayotida shunday ko’p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo’lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom hayol, dam

olish va xushchakchaklik manbalari ham mujjasamlangandir, ya’ni mana shu jarayonlarning barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo’ladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual hislatlari ham shakllanadi. Demak, bog’chadagi ta’lim tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashqil qila borishga bog’likdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar hayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar hayolining o’zi o‘yin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir. Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy yaratuvchan, o’zgartiruvchan jarayondir. Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko’pincha umumiylik harakteriga ega bo’ladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola o’zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o’ziga tanish bo’lgan yolg’iz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar(ba’zan kichik gurux bolalari ham) o’zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O’rta, katta bog’cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo’la boshlaydi.

Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, agarda biz bolalarning o‘yini

faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy hislatlari (kimning nimaga ko’proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqqol namoyon bo’lishini ko’ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni individual ravishda o’rganish uchun juda qulay vositadir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o’zlari yolg’iz o’ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o’zlarining idrok, xotira, tassavur ,tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli rolli o‘yinlarda bolalar asosan o’zlari har kuni ko’rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –harakatlarini aks ettiradilar. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo’lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi.


Download 64,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish