Oybek rashidov


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi hududiy davlat arxiv muassasalari



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#303253
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
Bog'liq
ozbekistonda arxiv ishi tarixi (1)

13-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi hududiy davlat arxiv muassasalari 
Reja: 
1. Hududiy arxivlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. 
2.  Hududiy  arxiv  muassasalari  faoliyatini  takomillashtirishning  asosiy 
yo‘nalishlari.  
1.  Hududiy arxivlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. 
Arxiv tadqiqot 
ma’lumotlaridan ma’lumki, arxiv ishlarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha 
o‘lka  hukumatiga  topshiriq  1918-yilning  iyun  oyida  kelib  tushgan.  Bu  ishni 
Turkiston  ASSR  byudjet  moliya  komisiyasi  raisi  (MIK  huzuridagi)  V.N. 
Kucherbaev boshqardi. U 1919-yilning oktyabrida Turkiston ASSR sovetining XIII 
s’ezdida arxiv ishlarini tashkil qilish, boshqaruvi, topshiriq va vazifalari to‘g‘risida 
ma’ruza qildi. Prezedium taklifiga ko‘ra (s’ezd prezidiumi) ma’ruza MIK ga ko‘rib 
chiqish uchun topshirildi. Natijada Turkistonda mahalliy viloyat arxiv bo‘limlarini 
tashkil  qilinishiga  katta  e’tibor  berila  boshlandi.  Masalan,  1920-yil  martida 
Farg‘onada  va    Kaspiy  orti  viloyatida,  1920-yil  iyunda  –  Samarqanda,  o‘sha  yil 
noyabrda Ettisuvda ana shunday arxiv bo‘limlari tashkil qilindi. 


123 
 
Milliy-hududiy  chegaralanish  o‘tkazilgandan  so‘ng  1924-yil  28-dekabrda 
maxsus  qaror  bilan  O‘zbekiston  SSR  MIK  huzirida  O‘zbekiston  SSR  Arxiv  ishi 
markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil bo‘lgan barcha 
arxivlar,  masalan,  Farg‘ona,  Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Xorazm  va  boshqa 
viloyatlar  arxiv  idoralari  vujudga  kelgan  arxiv  jamg‘armalari  O‘zSSR  Arxiv  ishi 
markaziy boshqarmasiga topshirildi. 
1931-yil  20-mayda  O‘zbekiston  SSR  MIK  O‘zbekiston  SSR  Arxiv  ishi 
markaziy boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risidagi nizom haqida qaror 
qabul qildi. O‘zSSR  Arxiv ishi markaziy boshqarmasi  huzurida  O‘z  SSR  Oktyabr 
inqilobi  markaziy  davlat  arxivi  va  markaziy  davlat  tarix  arxivi tashkil  qilindi.  
Farg‘ona  va  Samarqand  shaharlarida  ularning bo‘limlari  tashkil  etildi.  SHahar  
va  tumanlarda    zarur  hollarda  tuman    va  shahar  davlat  arxivlari    tashkil    qilishga 
qaror qilindi. 
1938-yil 15- yanvardagi sobiq SSSR Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekistonda  
Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror 
qabul  qilingan  edi.  Bular  o‘z-o‘zidan  Markaziy  arxiv  ishini  yaxshiladi  va  tartibli 
tuzilma  vujudga  kelishi  uchun  zamin  yaratdi.  50-yillarning  boshlarida  ham 
arxivlarga yangi arxiv hujjatlarini saqlaydigan binolar etishmas edi. Ushbu vaziyatni 
hisobga olib O‘zbekiston hukumati 1954- yilning 13- yanvarida “Respublikada arxiv 
ishini yaxshilash to‘g‘risida” qaror qabul qildi va Toshkent shahrida markaziy arxiv 
uchun bino qurilishi nazoratini O‘zSSR IIV ga yukladi. Bu vazifa 1964-yilga kelib, 
amalda bajarildi. 1955-yilning 1-yanvarida O‘zbekiston shahar va tumanlarida 8 ta 
shahar va 138 ta tuman arxivlari mavjud edi.  
1960-yillar  boshida  arxivlar  taraqqiyotida  yangi  davr  boshlandi.  Arxiv 
tashkilotlarini  bevosita  O‘zbekiston  Ministrlar  Sovetiga  bo‘ysundirilishi 
respublikada  arxiv  ishini    rivojlanishiga  yordam  qilgan  muhim  omil  bo‘ldi. 
Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar 
Vazirligining  arxiv  boshqarmasi  O‘zbekiston  SSR  Ministrlar  Soveti  huzuridagi 
arxiv  boshqarmasi  qilib  qayta  tashkil  qilindi.  SHu  qaror  asosida  mahalliy  arxiv 
tashkilotlari  Qoraqalpog‘iston  ASSR  Ministrlar  soveti  va  viloyatlar  ijroiya 


124 
 
qo‘mitalari  ixtiyoriga  o‘tkazilishi  ularni  davlat  apparati  tuzumidagi  rolini  orttirdi 
hamda arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. 
Bu  yillarda  davlat  arxivlari  arxiv  ishini  tartibga  solishni  nazorat  qilishni 
kuchaytirdilar. SHu bilan birga ularga yordam berishga katta etibor qaratdilar. Bu 
ishlar natijasida respublikada 1964- yili1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda 
arxiv  hujjatlari  tartibga  solindi.  1968-yilning  boshida  Namangan  viloyati  tashkil 
topishi  munosabati  bilan  Namangan  viloyati  davlat  arxivi  tashkil  qilindi. 
Keyinchalik Namangan viloyatida Tuychi shahar posyolkasi arxivi (1969) va CHust 
(1962) bo‘limlari ochildi. 
1970-yillarda  davlat  arxivlari  nazorat  qilayotgan  tashkilotlarning  idoraviy 
arxivlari va ish yuritish xizmati bir muncha yaxshilandi. O‘zbekiston SSR Ministrlar 
Sovetining  1973-yil  16-fevraldagi  “Respublikada  arxiv  ishini  ahvoli  va  yanada 
yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib 
hujjatlarini  idoralararo  xo‘jalik  hisobidagi  arxivlarni  tashkil  qilish  keng  avj  oldi. 
Yana  bir  qarorga  ko‘ra  arxiv  boshqarmasi  O‘zSSR  Ministrlar  Soveti  huzuridagi 
Bosh arxiv boshqarmasiga aylantirildi. 
Mustaqillik  yillarida  hududiy  arxiv  muassasalari    arxiv  hujjatlari  saqlovini 
ta’minlash,  ish  yuritishni  tashkil  qilish  borasida  samarali  ishlar  amalga  oshirildi. 
Ular  o‘z  faoliyatini  1990-yil  28-iyunda“O‘zbosharxiv”  qarori  bilan  tasdiqlangan 
“DAF hujjatlari idoraviy saqlovining ta’minlashi, asosiy yo‘nalishlari (1990-1995 
yillar)  va  amalga  oshirilishi  tashkiliy-metodik  tadbirlari  rejasi”  asosida  tashkil 
qilindi. Unda arxiv tashkilotlari Respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda 
DAF  hujjatlari  idoraviy  saqlovini  takomillashtirish,  ular  tarkibini  yaxshilash, 
moddiy  texnika  bazasini  yaxshilash,  ularni  kadrlar  bilan  ta’minlash,  idoraviy 
arxivlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-metodik qo‘llanmalar tayyorlash va boshqa 
tadbirlarni  amalga  oshirish  nazarda  tutilgan  edi.  Bu  tadbirlarning  bajarilishi 
muassasa,  tashkilot    va  korxonalar  idoraviy  arxiv  hujjatlari  saqlovini  yanada 
yaxshilashga imkon berdi.  
Shahar va tuman hokimiyatlari qoshidagi shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo 
arxivlar  tarmog‘i  birmuncha  kengaydi.  1995-yilda  1990-yilga  nisbatan  bunday 


125 
 
arxivlarning soni 13 taga ko‘paydi va 1995-yilda ularning soni 91 tani tashkil qildi. 
Bu  arxivlar  shaxsiy  tarkib  bo‘yicha  hujjatlari  saqlovini  va  fuqorolarga  ijtimoiy–
huquqiy ma’lumotnoma berishni yaxshiladi.  
Mustaqillik  sharoitida  arxiv  ishini  boshqaruv  davlat  organi  O‘zbekiston 
Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  “O‘zarxiv”  agentligi  hisoblanadi.  Uning  tizimiga 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  hududiy 
boshqarmalari,  ularning  qaramog‘idagi  davlat arxivlari (ularning  filiallari) hamda 
markaziy davlat arxivlari kiradi. 
Yuqorida  qayd  etilgan  arxiv  tashkilotlariga  arxivlarni  butlash,  O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining o‘tmish tarixi 
to‘g‘risidagi  hujjatli  yodgorliklarni  jamiyat  va  fuqarolar  manfaati  uchun  saqlash 
hamda foydalanish kabi davlat majburiyatlari yuklangan. 
  Hozirgi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasida  100  dan  ortiq  davlat  arxivlari 
bo‘lib, ularda 8 miln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrab - avaylab saqlanmoqda. 
Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, 
madaniy-ma’rifiy ishlarda keng foydalanmoqda.  

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish