Oybek rashidov


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi kino surat ovozli hujjatlar



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#303253
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
Bog'liq
ozbekistonda arxiv ishi tarixi (1)

11-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi kino surat ovozli hujjatlar 
Markaziy davlat arxivi 
Reja: 
1.O‘zbekiston  Respublikasi  kino,  surat  va  ovozli  hujjatlar  Markaziy  davlat 
arxivining tashkil topishi. 
2.  O‘zbekiston  Respublikasi  kino,  surat  va  ovozli  hujjatlar  Markaziy  davlat 
arxivida saqlanayotgan fondlar. 
3. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar 
Markaziy davlat arxivining faoliyati. 
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  kino,  surat  va  ovozli  hujjatlar  Markaziy 
davlat arxivining tashkil topishi. 
O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli 
hujjatlar Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA)  ikkinchi jahon urushining eng 
qizg‘in pallasida ya’ni 1943-yili tashkil topdi. Vatanimiz tarixini o‘zida aks ettirgan 
foto  hujjatlarbundan  ancha  oldin  to‘plana  boshlangan  edi.  Turkiston  ASSR 
XKSning  1921-yil  25-yanvardagi  qaroriga  binoan  tashkil  etilgan  arxivlarda 
qo‘lyozma  hujjatlar  bilan  birga  nashr  qilingan  materiallar  va  fotohujjatlar  ham 
yig‘ila boshlandi. Mazkur hujjatlarni saqlash choralari ko‘rildi. Ushbu jarayon 1935- 
yil  oktyabr  to‘ntarishi  Markaziy  davlat  arxivi  tarkibida  foto  bo‘limini  tashkil 
etilganidan yanada tartibli ravishda amalga oshirila boshlandi. 
 
 
Biroq,  1939-yilda  bo‘lim  yopilgandan  so‘ng  fotohujjatlar  1943-yilgacha, 
ya’ni  kino,  surat  va  ovozli  hujjatlar  markaziy  davlat  arxivi  tashkil  etilguncha 
nazoratsiz  qoldi.  Bu  hol  respublikamiz  tarixiga  oid  ko‘pgina  fotohujjatlarning 
yo‘qolishiga yoki ularga shikast etishiga sabab bo‘ldi.  
 
1943-yil 18-martda Toshkent shahrida kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy 
davlat  arxivi  tashkil  etilishi  munosabati  bilan  25m
2
  maydonga  ega  bo‘lgan  xona 
ajratilib,  unga  Qirg‘iziston  Sovet  Respublikasida  shunday  arxiv  tashkil  etishda 
ishtirok etgan shaxs – A.S.Etdelmen direktor etib tayinlandi.  
II  jahon  urushi  davridagi  reportajlar  foto  hujjatlarinng  yangi  taraqqiyot 
bosqichi  bo‘ldi.  Urush  foto-yilnomalarini  yaratishda  turli  mamlakatlar 
fotoreportyorlari  katta  xissalarini  qo‘shdilar.  1950-80-yillar  hujjatli  foto  san’ati, 


103 
 
jahonning eng yirik agentliklari tomonidan jo‘natilgan reportyorlarning sayohatda 
yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi. 
O‘zbekiston  hududiga  XIX  asrning  2-yarmida  Yevropadan  kelgan  ko‘plab 
sayyoh-tijjoratchilar  va  boshqa  kasb  egalari  yurtimizni  bebaho  madaniy  merosi, 
ayniqsa,  ularni  hayratga  solgan  mirobchilik  (irrigatsiya)  san’ati,  nafis 
hunarmandchilik san’ati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va 
bu tasvirlarni tarqatishgan. 
Dastlabki  o‘zbek  fotoustalaridan  biri  xivalik  Xudoybergan  Devonov  1907-
1908-yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur o‘rganish bilan birga o‘sha davrning 
eng ilg‘or foto-texnikasini olib kelgan va juda ko‘plab o‘ta yuksak tarixiy, badiiy 
mahorat namunalari bo‘lgan fotosuratlar yaratgan. 
1940-yillarda O‘zbekiston foto hujjatlarining ijodiy uslublari ko‘paydi, janriy 
shakllar  ortdi  va  fotograflar  turli  sohalar  bo‘yicha  ixtisoslasha  bordi  (mas,  E. 
Yuditskiy – me’morlik, Romeev – teatr, A. Palexov – portret, R. Albekov – bolalar 
hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov – maishiy janr, S. Mahkamov – madaniyat 
bo‘yicha  ixtisoslashdi).  O‘zbekiston  jurnalistlar  uyushmasi  fotoseksiyasi,  yirik 
korxonalarda  tashkil  topgan  fotoklublar  respublika  foto  san’atining  va  xujjat 
turlarining  rivojida muhim rol o‘ynadi. 
 Bir yil ichida arxiv xodimlari tomonidan arxiv saqlovxonasiga qabul qilinishi 
kerak  bo‘lgan  hujjatlarni  aniqlash  va  ularni  qabul  qilish  bo‘yicha  uslubiy 
ishlanmalar tayyorlashga hamda hujjatlarni fondlar bo‘yicha xisobga olishdan voz 
kechib,  saqlov  birligiga  ko‘ra  ro‘yxatga  olishga  o‘tildi.  Biroq  arxiv  faoliyatini 
sustlashtiruvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular malakali kadrlarning etishmasligi 
va arxiv ishining markazlashgan holda boshqarilishidan iborat bo‘lgan. 
 
1959-yil 5-iyunda arxivning markaziy davlat arxivi tarkibiga kiritilishi va uni 
kino, surat, ovozli hujjatlar bo‘limiga aylantirilishi hujjatlarni saqlash ishiga ancha 
zarar etkazdi. To‘rt kishidan iborat bo‘lgan bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda 
mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi. 
 
1960-yillarda  hukumat  vakillaridan  iborat  bo‘lgan  maxsus  komissiya 
tomonidan  amalga  oshirilgan  tekshirishlar  natijasida  arxivni  qayta  tashkil  etish 


104 
 
borasidagi  bir  qator  asosli  xulosalalar  yozildi.    1970-yili  A.A.  Mirzaboevning 
tashabbusi  bilan  O‘zbekiston  SSR  kino,  surat,  ovozli  hujjatlar  Markaziy  davlat 
arxivi  binolarining  qurilish  ishlari  nihoyasiga  etdi.  Alim  Mirzaboevning 
ko‘rsatmalari bilan qurilish ishlari davomida maxsus saqlovxonalar loyihalari ishlab 
chiqilgan.  1973-yil  fevralda  O‘zbekiston  hukumati  tomonidan  “Respublika  arxiv 
ishini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi” qaror qabul qilinib, unga asosan kino, surat, 
ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi qayta tiklandi.  
 
1974-yildan O‘zbekiston SSR kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi 
1991-yil  sentyabrdan  O‘zbekiston  Respublikasi  kino,  surat  va  ovozli  hujjatlar 
Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA) deb nomlana boshlandi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  kino,  surat  va  ovozli  hujjatlar  Markaziy  davlat 
arxivi  O‘rta  Osiyodagi  eng  yirik  va  O‘zbekistondagi  yagona,  maxsus  hujjatlar 
saqlovi  uchun  ixtisoslashgan  arxivdir.  O‘R  KSOH  MDA    O‘zbekiston 
Respublikasida o‘z soxasiga tegishli bo‘lgan  maxsus hujjatlar bilan ishlashda ilmiy-
uslubiy markaz hisoblanadi. 
Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida  ushbu  arxivning  jamiyatdagi  o‘rni  xususida 
Antonina Burton o‘zining “Archive Stories facts, fictions and the writing of  history” 
asarida  shunday  deydi:    “Butun  dunyo  bo‘ylab  tarix  ustida  haqiqatni  so‘zlash 
to‘g‘risidagi tushunchalar siyosiy, moddiy ahamiyat kasb etib bordi. Shuning uchun 
arxiv hujjatlarining tarixchi olimlar uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini 
tushunish  mumkin.  Arxiv  hujjatlaridagi  topilgan  maxfiy  sirlar  ataylabdan 
o‘zgartirilgan, yolg‘on dalil va ma’lumotlar millatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini 
namoyon etadi. Yangi ming yillikda ajoyib hodisalardan biri shunda ediki, endilikda 
arxiv  hikoyalariga  qonun  tashqarisidagi  turli  sohalarda  ham  duch  kelish  mumkin 
edi”. (Antonina Burton. Archive Stories facts, fictions and the writing of  history). -  
London.2005.-P.4.). 
 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish