2. Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston hududida
istiqomad qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Yashab
turgan hududimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini
aniqlashda arxeologik qazishmalardan topilgan eksponatlar bilan bir qatorda arxiv
hujjatlarining o‘rni ham beqiyosdir.
Fanning dolzarbligi
shundan iboratki, talaba yoshlarning O‘zbekistonda
arxiv ishi tarixi fani bo‘yicha bilim va dunyoqarashni boyitish, ularda noyob
hujjatlarga nisbatan qiziqishni uyg‘otish, fanning tarixiy va nazariy xususiyatlarini
jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan
belgilanadi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |