Oybek rashidov


  Turkiston  ASSR  arxivlarida  ish  yuritish



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#303253
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
ozbekistonda arxiv ishi tarixi (1)

3.  Turkiston  ASSR  arxivlarida  ish  yuritish. 
Oktyabr  to‘ntarishidan  keyin 
sho‘rolar tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosyy va madaniy hayotning barcha sohalarini 
o‘zining  istibdod  yo‘rig‘iga  soldi.  Butun  mamlakatdagi  hujjatchilik,  idoraviy  ish 
yuritish  tamoyillari  ham  bu  yo‘riq  sirtmog‘idan  chetda  qolmadi.  Mohiyatan  o‘ta 
g‘irrom  til  siyosati  tufayli  milliy  jumhuriyatlardagi  tillarning  ijtimoiy  mavqei 
pasayib  bordi.  O‘sha  davrdagi  o‘lka  nufusining  37    foizini  o‘zbeklar,  35  foizini 
qirg‘izlar  (qozoqlar  bilan    birga),  17  foizini  tojiklar  va  atigi  7  foizinigina  ruslar 
tashkil  etar  edi.  Bu  hol  hisobga  olinsa,  davlat  tilini  belgilashdagi  mantiqning 
asossizligini aniq ko‘rish mumkin. 
 
Mehnatni  ilmiy  tashkil  qilish  muammolariga  bag‘ishlab  1921-yilda 
o‘tkazilgan  I  Butun  Rossiya  konferensiyam  kun  tartibiga  kiritilgan  boshqarish 
mehnatini  ilmiy  tashkil  qilish  va  hujjatlar  bilan  ishlash  masalasi,  shuningdek, 
mamlakatda  bu  ishlarni  muvofiklashtiruvchi  va  yo‘lga  solib  turuvchi  maxsus 


56 
 
tashkilot tuzish masalasining asl mohiyati ham rus tilining ijtimoiy mavqeini yanada 
kuchaytirishdan iborat bo’lgan. 
Sho‘ro  siyosati    go‘yoki  o‘zining    "millatlar  va  tillarning  tengligini 
ta’minlash"  tamoyilini  amalga  oshirganday  qilib  ko‘rsatish  maqsadida 
respublikamizda  idoraviy  ish    yuritishni    o‘zbekchalashtirish    borasida    ba’zi  
harakatlarni amalga oshirgan.  1923-yil 29-avgustda qabul qilingan Turkiston ASSR 
MIQning  130-  qarori  14  ta  moddadan  iborat  bo‘lib,  uning  1-moddasida:  “Barcha 
dekret va qarorlar albatta rus, o‘zbek, turkman hamda qirg‘iz tillarida nashr etiladi” 
deb,  qayd  qilingan.  Mazkur  qarorga  binoan  respublika  hududidagi  barcha 
muassasalarining ish yuritishi 4 ta: rus, o‘zbek, qirg‘iz [qozoq] va turkman  tillarida 
olib  borilishi  tartibi  belgilandi.  Shundan  kelib  chiqib,  Yettisuv,  Sirdaryo  va 
Amudaryo  viloyatlari  –  qirg‘iz  tilida,  Farg‘ona  va  Samarqandda  o‘zbek  tilida  va 
Turkman viloyatida esa turkman tilida ish yuritish tizimi joriy qilingan. 
Keyinchalik O‘zbekiston SSR inqilobiy qo‘mitasi tomonidan aniqrog’i 1924-
yilning  31-dekabrida  48-raqamli  qarorni  qabul  qilgan.  Qarorda  hukumat, 
kooperativ,  xo‘jalik  idoralari  va  boshqa  muassasa,  tashkilot  va  korxonalar 
doiralarida  butun  yozuv  ishlarini  faqat  o‘zbek  tilida  yurgizishga  majbur  etish 
vazifasi  qo‘yiladi.  Buning  uchun  korxona,  tashkilot  va  muassasalarda  ishlarni 
o‘zbek tilida yurgizish, yo‘riqnomalar nashr etish, yerlik xalqdan amaliy ishchilar 
(ish  yuritish  bo‘yicha)  tayyorlash  va    boshqa  tashkiliy  ishlarni  amalga  oshirish 
lozimligi  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Bu  qarorni  joriy  qilish  yuzasidan,  tabiiyki,  muayyan 
ishlar  amalga  oshirila  boshlagan,  xususan,  maxsus  ish  qog‘ozlari  tayyorlangan. 
Lekin,  XX  asrning  30-yillari  2-yarmidan  boshlab  o‘zbek  tiliga  bo‘lgan  e’tibor 
rasman  susayib  borgan.  O‘sha  murakkab  tarixiy  jarayon,  xalklarning  milliy 
o‘zliklarini anglashlaridan hokimiyatning dahshatli qo‘rquvi, bu qo‘rquv hukmron 
bo‘lgan qatag‘on davrining achchiq samarasi bugun hech kimga sir emas. 
Aytish lozimki, yaqin o‘tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar 
o‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning tilini sof o‘zbekcha deb aytish ancha 
qiyin. Yaqin-yaqinlargacha 
"Berildi ushbu spravkani falonchievga shul hakdakim, 
haqikatan ham bu o‘rtoq shul joyda yashab turadi" 
qabilidagi 20-yillarda rus tilidan 


57 
 
andoza  olish  tufayli  paydo  bo‘lgan,  ya’ni  shaklan  o‘zbekcha  ma’lumotnomalar 
yozib kelindi. Rus tilida mazkur matnning asli 
"Дана настоящая справка Иванову 
в  том,  что  товарищ  Иванов  действительно  проживает  по  такому-то 
адресу" 
tarzida  bo‘lib,  bu  matn  til  nuqtai  nazaridan  benihoya  tugal,  lo‘nda  va 
benuqson.  Ammo  o‘zbek  tilida  ayni  so‘z  tartibini  saqlashning  o‘ziyoq  o‘zbek  
tilining tabiatiga mutlaqo zid. Rus tilidan andoza olish (aytish kerakki, bunday hol 
boshqa  tillarda,  masalan,  tatar  tilida  ham  kuzatiladi),  biron-bir  darajada  bo‘lsin, 
o‘zini oqlay olmaydi. Umuman, o‘zbek hujjatchiligining boy va uzoq tariximizning 
ilk bosqichlaridan ibtido olgan an’anasi mavjud bo‘lsa-da, Oktyabr to‘ntarishidan 
keyin boshqa joylarda bo‘lgani kabi respublikamizda hujjatchilik bevosita o‘zbek 
tili  negizida  rivojlantirilmadi.  Bu  sohadagi  asosiy  yo‘nalish  nusxa  ko‘chirishdan 
iborat bo‘lib qoldi. Ana shuning va boshqa bir qancha omillarning oqibati natijasida 
o‘zbek tilining rasmiy ish uslubi deyarli takomil topmadi. 
Hujjatshunos  A.S.Golovach  shunday  ta’kidlaydi:  "Boshqaruv  sohasidagi 
kamchiliklarning  asosiy  sabablaridan  biri  ayni  soha  xodimlarining  ko‘pchiligida 
nazariy  va  amaliy  tayyorgarlikning  bo‘shligidir.  Ular  muassasa,  tashkilot  va 
korxonalarda  qabul  kilingan  hujjatlar  bilan  ishlash  yo‘riqlari,  usullari  va  yo‘llari 
majmuini  yetarli  darajada  bilmaydilar".  Ba’zan  hujjatlarga  jiddiy  munosabatda 
bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik,  nokerak va ortiqcha bir ish sifatida 
qaraladi. Bu albatta, nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil etilgan 
hujjatchilik  har  qanday  idoradagi  ish  yuritishning  asosi  ekanligini  isbotlab 
o‘tirishning hojati yo‘q. 
Barchaga  ma’lumki,  har  qanday  hujjat  muayyan  axborotni  u  yoki  bu  tarzda 
ifodalash  uchun  xizmat  qiladi.  Demak, har  qanday  hujjatdagi birlamchi va asosiy 
unsur bu tildir. Ayni paytda, hujjatchilikda til axborotni  qayd etish vazifasinigana 
bajarib qolmasdan, boshqaruv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham 
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham, avvalo, o‘z qadimiy an’analarimizdan kelib 
chiqib  va  dunyo  hujjatchiligidagi  ilg‘or  tajribalardan  ijodiy  foydalangan  holda, 
hujjatchiligamizni  takomillashtirish  yo‘lidan  bormoq  kerak.  Hujjatlarning  sof 
o‘zbek  tilidagi  yagona  andozalarini  yaratish,    ular  bilan  bog‘liq  atamalarning  bir 


58 
 
xilligiga erishish borasida ish olib borish bugungi kundagi dolzarb muammolardan 
sanaladi. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish