Oybek rashidov


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#303253
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Bog'liq
ozbekistonda arxiv ishi tarixi (1)

10-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 
Reja: 
1.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati. 
2.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar. 
3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  davlat  arxividagi  shaxsiy  fond                                                 
hujjatlarining tavsifi. 
1. O‘zbekiston Respublikasi  Markaziy davlat arxivining tashkil topishi 
va faoliyati.
 O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  davlat  arxivi  O‘zbekiston  SSR 
Sovet    Ministirligining  1958-yil  20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan 
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va markaziy 
davlat  tarix  arxivining  birlashtirilishi  natijasida  tashkil  etilgan.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  davlat  arxivida  saqlanayotgan  qimmatbaho  hujjatlarning 
soni va mohiyati jihatdan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy davlat arxivlari ichida 
eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha 
bo‘lgan ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. 
O‘zR MDA dastlab tashkil etilganida quyidagi tuzilmalar mavjud edi. 
1. Arxiv rahbari; 
2. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar bo‘limi; 
3. Maxfiy fondlar bo‘limi; 
4. E’lon qilish bo‘limi; 
 
5. Ma’lumot stoli; 
6. O‘quvxona; 
7. Ilmiy-ma’lumot kutubxonasi; 
8. Xodimlarga xizmat ko‘rsatish: 
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi buyrug‘i bilan 1962- yil 28-aprelda O‘zR 
MDA tuzilmalariga qo‘shimchalar qilindi. 
  1. Hisobga olish bo‘limi; 
  2. Jamlash; 
  3. Tekshirish; 


90 
 
  4. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati: 
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1963-yil 14-oktyabr 603-sonli qarori 
asosida  O‘zR MDA quyidagi bo‘lim tashkil etildi. 
  1. Idoraviy arxivlar. 
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi qoshidagi Arxiv boshqaruvi 1964- yildagi 
33-son buyrug‘i asosida O‘zbekiston SSR MDA quyidagi o‘zgarishlar kiritildi.
 
 
1. Rahbar lavozimi Direktor lavozimiga o‘zgartirildi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sovetining  1991-yil  31-avgustdagi  qaroriga 
muofiq  1991-yil  1-sentyabrdan  O‘zbekiston  SSR MDA  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy davlat arxivi deb yuritildi. 
1991-yilda bo‘limlar nomiga quyidagi o‘zgarishlar qilingan. 
  1. “Xodimlar apparati shtati”  “Apparat boshqaruvi” deb yuritildi. 
  2.  “Xodimlarga  xizmat  ko‘rsatish”  bo‘limi    “Xo‘jalik  xizmati”  ga 
o‘zgartirildi. 
1992-yil  shtat  jadvaliga  asoslanib,  O‘zR  MDA  quyidagi  tuzilmalardan  iborat 
bo‘lgan: 
  1. Apparat boshqaruvi; 
  2. Xujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi; 
  3. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar arxiv saqlovxonasi; 
  4. Sovet davri fondlar arxiv saqlovxonasi; 
  5. Mikronusxalar arxiv saqlovxonasi; 
  6. Davlat hisobini olib borish va ilmiy-ma’lumot apparati bo‘limi; 
  7. Jamlash idoraviy arxivlar va ish olib borish bo‘limi; 
  8. Maxsus fondlar bo‘limi; 
  9. Rejalashtirish va tashkilish – uslubiy ishlar bo‘limi; 
  10. Hujjatlardan foydalanish va ularni e’lon qilish bo‘limi; 
  11. Hujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi; 
  12. Xo‘jalik xizmati bo‘limi: 


91 
 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Davlat  arxivi  respublika  miqiyosidagi 
muassasa  hisoblanib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 
“O‘zarxiv”  agentligiga  bo‘ysunadi.  O‘zR  MDA  arxivshunoslik,  hujjatshunoslik, 
arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib 
borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha  markaz sanaladi. 
Bugungi  kunda  arxivda  3  mingdan  ziyod  fondlar  saqlanib,  ulardan  200  tasi 
fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida 
hujjatlar  saqlanadi.  Mazkur  hujjatlarda  O‘zbekiston  tarixining  turli  davrlarga  oid 
masalalar  yoritilgan bo‘lib,  ularning  o‘ta qimmatlilari vaqf  hujjatlari  hisoblanadi. 
Vaqf hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid. 
O‘zR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga 
oladi.  Ularning  ichida  558  ta  bosma  nashrlar,  to‘plamlar,  tarixiy  davr  (1917 
yilgacha) ga oid adabiyotlar mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasi MDA  tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: 

 
hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida 
saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash; 

 
tashkilotlar,  korxonalarning  bayram  sanalari  haqida,  hamda  atoqli 
shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash; 

 
radio- va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash; 

 
ekskursiyalarni o‘tkazish; 

 
ko‘rgazmalarni tashki etish; 

 
fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish; 

 
jismoniy  va  huquqiy  shaxslarning  mavzuli  so‘rovlarini  bajarish  va 
hujjatlarini aniqlash; 

 
ish yuritish va arxivshunoslik muaamolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlash 
va chop etish; 

 
arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish; 

 
arhiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish; 

 
arxiv hujjatlarini raqamlashtirish; 


92 
 

 
arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, ma’ruzalarni o‘tkazish; 

 
arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish; 
Bugungi  kunda  O‘zR  MDA  arxivshunoslik  va  hujjatshunosli  sohasi  bo‘yicha 
quyidagi muassasalar bilan hamkorlik olib boradi: 
1.
 
Hujjatshunoslik  va  arxiv  hujjatlari  Butunittifoq  ilmiy-tekshirish  instituti 
(VNIIDAD) – Rossiya Federatsiyasi; 
2.
 
Korea International Cooperation Agency (KOICA) – Janubiy Koreya; 
3.
 
M. Lyuter nomidagi Universitetning Sharqshunoslik instituti  – Germaniya; 
4.
 
«Xolokost» memorial muzeyi  – AQSH; 
5.
 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti; 
6.
 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi. 
7.
 
O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Tarix instituti 
Arxiv  ma’lumotlarini  bosmadan  chiqarish  say-harakatlari  1922-yilda  “Qizil 
arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi 
galdagi  vazifasi  hech  qanday  yashirin  sirning  yo‘qligini  ko‘rsatish  edi.  Jurnalda 
imperiyadagi  mavjut  korrupsiya  va  tengsizliklarni  takidlaydigan  izohlar  bilan 
birgalikda  chor  Rossiyasi  hujjatlari  ham  nashr  qilingan.  Ba’zi  maqollalar  esa 
masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga 
bag‘ishlangan,  1936-yilda  nashr  qilingan  maqolada  Farg‘ona  viloyat  harbiy 
gubernatori  general-letenant  Gippiusning  tartibsizliklarni  bostirish  yo‘lidagi  say-
harakatlari aks ettirilgan. Chor Rossiyasi amoldorlari yuritgan hujjatlarga qaraganda 
Gippius musulmonlar chopon do‘ppisini kiyib, Qur’onni o‘qishdan oldin uni o‘pgan. 
Bu  hol  tuzum  tarafdorlarini  ruhlantirgan.  Ammo,  arxiv  hujjatlarida  keltirilgan 
ma’lumotlarning  turli  talqinlari  mavjut:  bundan  ko‘zlangan  maqsad  tuzumning 
oddiyligini  emas, balki Qur’onni o‘qiyotgan gubernator rolini ko‘rsatish bo‘lgan 
(Antonina  Burton.Archive  Stories.(facts,  fictions  and  the  writing  of    history).  -  
London.2005.-P.50.). 
Arxiv hujjatlari sovet xalqlari birodarligidan chor hukumati va g‘arbiy imperiya 
tuzumlarini  ajratishda  xizmat  qiladigan  muhim  vosita  sifatida  namoyon  bo‘ldi. 


93 
 
1917-yil  boshlarida  bu  farqni  aniqlashga  harakat  qilgan  V.  Lenin  chor  imperiya 
hududlari  bo‘ylab  rus  shovinizmini  cheklab  qo‘ydi.  Bolsheviklarning  xalqaro 
doiradagi  yetakchilari  inqilobni  sharq  tomon  yoyish  maqsadida  osiyolik  faollarni 
jalb  etdi  va  ular  sotsializm  rivojlangan  sobiq  mustamlakalar  holatini  ko‘rsatish 
uchun  O‘rta  Osiyodan  foydalanishga  umid  qilganlar  (Antonina  Burton.Archive 
Stories.(facts, fictions and the writing of  history). -London.2005.-P.50.). 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish