Oy mavzusi: ,,Bolalar bog’chasiʼʼ
Sana: 19.01.2022
Mavzu: “Mening tanam”
Taʼlimiy maqsad: Tarbiyalanuvchilarda o’z tana a’zolari xaqida tushincha xosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarda o’zaro bir birlarini xurmat qilish, tinglash va jamoa bo’lib o’ynash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Korreksion maqsad: Bolalarni so’z boyligini oshirish va xozirjavoblikni rivojlantirish.
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar. Kartochkalar va tarqatma materiallari.
Mashgʻulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Ob-havo, fasllar haqida suhbat.
Artikulatsion gimnastika.
Oʻtilganlarni takrorlash.
2. Asosiy qism:
-Bugun biz sizlar bilan tana a’zolari haqida suhbatlashamiz. Har bir tana a’zolarimiz turli xil vazifalarni bajaradi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilib tana a’zolarimizni ximoya qilishimiz kerak.
-Aziz bolajonlar sizlar qanday tana a’zolarini bilasizlar? Keling birgalikda tana a’zolarimizni sanab o’tamiz: qo’l, oyoq, quloq, barmoqlar, qosh, soch, lab, yelka, til, tishlar va h.k. Barakalla bolajonlar.
-quloqlarimiz qanday vazifani bajaradi?-tovushlarni eshitadi.
-ko’zlarimiz qanday vazifani bajaradi?-borliqni ko’ramiz. Barakalla bolajonlar.
Hozir men topishmoq aytaman, diqqat bilan eshitib javobini topasiz.
Tog’ ustida o’rmon bor. (SOCH)
Uy ustida sari yoy. (QOSH)
Ikki og’ayni bir birini ko’rmaydi. (KO’Z)
Teg desam tegmaydi,
Tegma desam tegadi. (LAB)
Besh og’ayni yosh edi,
Ichida bir bosh edi. (BARMOQLAR)
Ikki otim bor
Bir biridan chopog’on. (OYOQ)
3. Jismoniy daqiqa:
A. “Qo’l-oyoq” o’yini
B. “Tana a’zolarini o’rnini top” o’yini
4. Mustahkamlash:
-Bolajonlar ovqat yeganimizda qaysi tana a’zolarimiz xarakatlanadi.
Tishlar, til, og’zimiz.
-Bolajonlar raqsga tushganimizda qaysi tana a’zolarimiz xarakatlanadi? qo’llar va oyoqlarimiz harakatlanadi.
She’r aytish: ”Danak chaqma”.
Tishim bilan danak chaqdim,
Maz-za qildim qars-qurs, qars-qurs!
Ertasiga xar yon chopdim…
Og’riq berar azob gurs-gurs!
Tish doktorning stolidan,
Qo’rqib qochdim xar tomon.
Do’stim, menday bo’lmay desang,
Danak chaqma –bu yomon.
Bugun “V” tovushini nutqqa qo’yamiz. “V” tovushini talaffuz qilganimizda pastgi lab yuqoriga tish qirralariga yaqinlashganda orada o’pkadan xavo chiqib ketishi uchun tor bo’shliq xosil bo’ladi, yuqorigi lab yengil ko’tariladi, yuqoridagi tish qirralari ko’rinib turadi, pastki tish qirralarini pastki ab yopib turadi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga tiralgan bo’lib, burun yollarini yopib turadi, xavo oqimi esa og’iz orqali o’tadi, tovush boylamlari birikkan bo’ladi va tebranish xosil qiladi. “V” tovushi undosh tovushlar sirasiga kiradi. “V” tovushini talaffuz qilganimda qarsak chalasiz: V, g, t, k, I, l, k, l k, r, d, q, k, d, e, V, k, l, k, c, t, k. o, h, k, p, b, k, r, V, f, k, p, e, k, j, k, b, z, V, k.
“V” tovushini talaffuz qilamiz: va- vo- vu- ve- vi- vo’. Av, ov, uv, ev, iv, o’v.
“V” tovushini so’zlarda qo’llaymiz:
Varrak, velosiped, Vatan, vodiy, Vohid.
“V” tovushini so’zning qayeridagi qatnashini topamiz: Va-tan 2 bog’in “V” so’z boshida, var-rak 2 bo’gin “v” so’z boshida, vo-diy 2 bog’in “v” so’z boshida.
“Xatoni toping” o’yini:
Kipriklar quloqqa kerakmi?
Tirnoqlar boshga kerakmi?
Kuraklar qoringa kerakmi?
Tishlar quloqqa kerakmi?
Ko’zlar hidlashga kerakmi?
Kitob kiyishga kerakmi?
5.Yakuniy qism: Mashgʻulotga yakun yasash va ragʻbatlantirish. Barakalla bolajonlar bugun biz sizlar bilan tana a’zolari haqida suhbatlashdik.
Mirobod tumani MTB tasarrufidagi
183- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologining ochiq mashg’ulot ishlanmasi
Mavzu: “Mening tanam”
Defektolog: Daminova N.F.
Do'stlaringiz bilan baham: |