Go’shtning sifatini sanitariya-kimyoviy ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlash
Go’shtning yangiligini baholash uchun sanitariya-kimyoviy tek-shirishlar o’tkaziladi. Go’shtning yangihgi uning tarkibidagi yog’i, oqsilning to’qima yoki mikrob fermentlari ta'sirida parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan uchuvchan yog’ kislotalari va amin-am-miak miqdori bilan baholanadi. Chunonchi chirituvchi mikroblar ta'sirida murakkab oqsillardan dastlab oddiy oqsillar, keyin amino-kislotalar, aminlar va nihoyat gazlar (vodorod sulfid, ammiak va boshq.) paydo bo’ladi. Bu o’z navbatida go’shtning organoleptik xossalarining o’zgarib qolishiga sabab bo’ladi (3- jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |