Hazm kanalining harakatlari: Odam ovqatlangandan 15 minutdan so‘ng ichak muskullari qiskarib, uch xil peristaltik, segmentli, mayatniksimon harakatlana boshlaydi. Ichak harakatlanganda ovqat massasi qorishadi, to‘g‘ri ichak tomonga harakatlanadi, Ichakning reflektor yo‘lidan kisqarishi ichak devorini ximik va mexanik ta’sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat butkasi bolalarda ingichka ichakda jami 12-13 soat atrofida o‘tadi.
So‘rilish: Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta’sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan holga kelgandan so‘ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga so‘riladi. Oshqozonda suv, alkogol, ba’zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so‘rila boshlaydi. Ichak so‘rgichlarining qisqarishini piyoz, chesnok va kalampir 5 marta tezlashtiradi. So‘rgichlar qon tomirlariga juda boy.
Do'stlaringiz bilan baham: |