3 - MA‘RUZA
3.1-mavzu:
OVQAT HAZM QILISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI.
OVQATLANISH GIGIYENASI
Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o’sib, rivojlanishi uchun tashqi muxitdan ovqat moddalarigi qabul qiladi. Ovqat xazm qilish kanalida mexanik maydalanadi, ximik parchalanadi, so’riladi.
Odamning xazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo’lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o’rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat xazm qilish kanaliga: og’iz bushligi va undagi organlar xalqum, qizil o’ngach, oshqozon, ingichka va yug’on ichaklar, yirik bezlardan-jigar, me‘da osti bezi kiradi. Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo’ladi.
Og’iz bushlig’i og’iz daxlizi va haqiqiy og’iz bushlig’idan tashkil topgan bo’lib, bu yerda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, sulak bezlaridan ishlab chiqarilgan sulak yordamida qisman ximik parchalanadi, ovqat luqmasi so’lak bilan aralashadi. Og’iz bo’shligi shillik parda bilan qoplangan bo’lib, mexanik, ximik, temperatura ta‘siriga chidamlilik xususitgiga ega. Tishlar yuqorisi va pastki jag’ suyaklariga maxkamlangan bo’lib, h ar bir tishning koronkasi, buyni va ildizi ajratiladi. Tish asosan demtin xujayralaridan tuzilgan bo’lib, ustidan qattiq emal bilan qoplangan bo’ladi. Katta odamlarda tishlar 32 ta bo’lib, 16 tadan joylashgan, yarmisida 2 ta kurak, 1 qoziq 2 kichik va 3 katta oziq tishlari bor. Uchinchi kapa oziq tishlari aql tishlari deb yuritiladi. So’lak bezlariga til osti, jak osti, quloq osti bezlari kiradi. So’lak bezlaridan so’lak tinimsiz ishlab chiqariladi. So’lak shartsiz, shartli reflekslar asosida ajraladi.
Yutish. Yutish murakkab fiziologik protsess bo’lib, nerv markazi uzunchoq miyada joylashgan. Yutish nafas olish bilan bog’liq. Ovqat luqmasi chaynalib, so’lak bilan aralashgandan so’ng, silliqlanib til yordamida yutkumga utkaziladi. Yutish vaqtida markazga intiluvchi til tomoq nerv impulslar nafas olish markaziga borib, nafas olishni tormozlaydi so’ng yutqum muskullariga impulslar kelib, ovqat luqmasi yutiladi. Ovqat yutilgandan so’ng qizil ungach orkali oshqozonga o’tadi. Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining xujayralari vujudga kela boshlaydi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan kesuvchi so’ng sut tishlari, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlari 20 ta bo’ladi: 2ta kesuvchi, 1ta qoziq 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari (5-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan urin almashinadi. Bolaning 7 yoshpda birnnchi katta oziq tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2nchi kesuvchi, 10 yoshda 1nchi kichik oziq tishi, 13—16 yoshida katta oziq tishi, 11-15 yoshida 2nchi oziq tishlar; 18-30 yoshida 3 nchi oziq tishlar chiqadi. Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni o’rgatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so’ng og’izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste‘mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas. Bolalarda ovqat chaynashni davomliligi avval uzoqroq bo’lsa, sung kamaya boradi, Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200sm. ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm3 ajraladi. Bu so’lak tarkibida pgialin fermentining kontsentratsiyasi yuqori bo’ladi, 2 yoshdan 15 yoshgacha so’lakning tarkibidagi oqsil miqdori ortib boradi.
Ovqatning oshqozonda xazm bulishi. Oshqozon ovqat xazm qilish kanalining kengaygan qismi h isoblanib, katta odamlarda noksimon shaklida bo’ladi. Oshqozonning kirish va chiqish qismlari, tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi. Oshqozonning kirish va chiqish qismlari muskullardan tuzilgan bo’lib, sfinter deb yuritiladi. Oshqozon h am boshqa xazm kanallari singari shilliq, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan bo’ladi. Oshqozon shilliq kavatining ostida 14 mln. oshqozon bezlari joylashgan bo’ladi. Oshqozon muskullari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi. Oshqozonning h ajmi katta odamlarda o’rta h isobda 2,5-3 dm3 yetadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat.
Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo’lib, tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota saqlanadi. рН-2,5 teng. Oshqs zon bezlarida shillik modda h am ishlab chiqariladi. Bu modda shilliq qavatni turli ximik, mexanik ta‘sirlardan saqlaydi. Turli ovqat moddalariga turli miqdorda oshqozon shirasi ajraladi. Oshqozon shirasining ajralishi nerv-nerv-gumoral yo’lda ajraladi. Nerv yo’lida shira ajralishi shartli va shartsiz reflekslar asosida bo’ladi (Ovqat kurmaganda h idiga h am oshqozon shirasining ajralishi) Oshqozon shirasining nerv-gumoral yo’lda ajralishida ovqat tarkibidagi moddalar qonga surilgandan so’ng qon orqali oshqozon bezlariga kelib ularni faoliyatini kuchaytiradi. Ovqatlangandan so’ng oshqozon tulqinsimon qisqarib ovqat oshqozon shirasi bilan aralashadi. Katta odamlarda aralash ovqat oshqozonda 3-4 soatdan sung 12 barmoqli ichakka utadi. Sut va sutli ovqatlar oshqozondan o’n ikki barmoqli ichakka tez utadi.
Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozon ning xajmi h am uzgarib boradi. Yangi tug’ilganlarda - 30-45sm3 bo’lsa, 10-12 yoshda 1500sm3 bo’ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozon ning shakli h am o’zgarib boradi. 2 yoshgacha oshqozon nok shaklida bo’lsa, 7 yoshda retorta kolba shaklida bo’ladi. Bolalarda oshqozonning shilliq qavati nozik bo’lib, juda ko’p qon tomirlari bilan ta‘minlangan bo’ladi. Oshqozon bezlari mayda, yo’llari torroq bo’ladi. Usmirlarda oshqozon mexanik ta‘sirlanganda ajralgan shiraning miqdori katta odamnikidan 2 marta kam bo’ladi. 5-6 yoshda bolalar oshqozon shirasida xlorid kislota mikdorining kam bo’lishi bakteriyalarni zararsizlantirish xususiyatini kamaytiradi. Bolalar oshqozon shirasining tarkibida: pepsin, ximozin, lipaza, amilaza va boshqa fermentlar bo’ladi. Lekin bu fermentlarining kuchi h am Bolalarda (ko’krak yoshidagi) oshqozonning kirish qismidagi kardiy sfinktiri mustaxkam berkilmaydi. 10—12 yoshda oshqozon xarakati kuchayadi. Oshqozon massasi h am yosh bilan o’zgarib boradi. M-n: Chaqaloqlarda - 6,5 g, 14-20 yoshda 127 g, 20 yoshdan so’ng 155. g. Oshqozon massasi yosh bilan barobar 24 marta, gavda esa 20 marta kattalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |