Psixoterapiya bilan bir vaqtda artikulatsion gimnastika ham olib boriladi. Fonatsiya jarayonida artikulatsiyaga alohida ahamiyat beriladi. Shu jarayonda ovoz tembri aniqlanadi, undosh va unli tovushlar shakllanadi. Bundan tashqari, artikulatsiya qanchalik aniq va yaxshiroq bo’lsa, un paychalarining funksiyasi shuncha aniq va bir maqsadga yo'naltirilgan bo’ladi. Artikulatsion gimnastikaning maqsadi artikulatsion apparatning barcha qismlarining aniq, chaqqon, to'g'ri harakatini ta’minlash va artikulatsion apparatning nafas va ovoz hosil qilish organlari bilan koordinatsiyalashgan faoliyatini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |