O’UM2020-Biznes rejalashtirish O. A. Amanov O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/289
Sana29.09.2021
Hajmi1,95 Mb.
#188667
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   289
Bog'liq
biznes rejalashtirish

Muallif - O.A.Amanov 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI 
 
IQTISODIYOT KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“BIZNES REJALASHTIRISH” 
fanidan 
 
 
KEYSLAR 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qarshi–2020
 


Muallif - O.A.Amanov 
 
KEYSLAR 
 
 
Keys №1 
Quyidagi  marketolog-menejerlar  fikrini  o’qib  chiqing.  Ulardan  sizning 
tasavvuringizga  ko’proq  mos  keladiganlarini  qayd  qiling.  Javoblaringizni  «menejer 
reshetkasi» besh turi bo’yicha tasniflang. 
A.:    Men  uchun  amalga  oshirish  mumkin  bo’lgan  qarorlarni  qabul  qilish  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Men  o’z  g’oyalarim,  tasavvurim  va  xulq-atvorim  uchun 
kurashaman,  garchi  bu  birovlarga  yoqmasa  ham.  Agarda  muammolar  yuzaga  kelsa, 
men  ularni  bartaraf  etaman  yoki  o’z  nuqtai  nazarimni  bildiraman.  Agar  biron  narsa 
izidan chiqsa, men qarshilik ko’rsataman va o’z dalillarimni namoyon qilaman. Men 
boshqalarni ham o’z xulq-atvorimga moslashtirishga harakat qilaman. 
V.:  Men  o’zgalarning  qarorlarini  qabul  qilaman,  ularning  fikriga,  tasavvuriga  va 
xulq-atvor  uslubiga qo’shilaman.  Agar  muamoolar  yuzaga keladigan bo’lsa,  men bir 
chetda  turishga  va  hech  narsaga  aralashmaslikka  harakat  qilaman.  Men  faqat  zarur 
bo’lgan darajadagina ishlayman va hech qachon ortiqcha zo’riqmayman. 
S.:  Men uchun qabul qilinuvchi qarorlar sog’lom bo’lishi va to’g’ri tushunilishi katta 
ahamiyatga  ega.  Men  boshqalarni  tinglashni  bilaman  va  o’zimnikidan  farq  qiluvchi 
g’oyalar, fikr-mulohaza va xulq-atvor uslubini izlayman. Men o’z e’tiqodim bo’lsada, 
o’zgalarning  ham  g’oyalarini  qabul  qilishim  va  o’z  nuqtai  nazarimni  o’zgartirishim 
mumkin.  Agar  muammolar  yuzaga  keladigan  bo’lsa,  men  ularning  sabablarini 
aniqlash  va  oqibatlarini  bartaraf  etishga  harakat  qilaman.  Mening  jahlim  chiqqan 
paytda  hech  kimga  sezdirmaslikka  harakat  qilaman.  Eng  og’ir  paytda  ham  men 
hazilni  to’g’ri  qabul  qila  olaman.  Barcha  kuch-quvvatimni  ishga  beraman  va 
xodimlarni ham o’z ortimdan ergashtiraman. 
D.: Men uchun odamlar bilan iliq mu№sabatlarni saqlab qolish muhim ahamiyat kasb 
etadi.  O’z  yondashuvimni  amalga  oshirgandan  ko’ra  men  boshqalarning  fikri, 
tasavvuri  va  xulq-atvor  uslubini  qabul  qilishni  ma’qul  ko’raman.  Men 
muammolarning  vujudga  kelishiga  yo’l  qo’ymaslikka  harakat  qilaman,  buning  iloji 
bo’lmagan  paytlarda  esa  odamlar  tezroq  buni  unutishlari  va  avvalgi  holatga 
qaytishlariga  intilaman.  Men  boshqalar  bilan  do’stona  mu№sabatlarni  saqlab 
qolishim oson kechadi. Men kamdan-kam hollarda rahbarlik qilaman, biroq har doim 
yordam berishga tayyor turaman. 
E.: Men uchun maqsadlarni amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Agar yangi g’oya, 
tasavvur  va  nuqtai  nazarlar  paydo  bo’ladigan  bo’lsa,  bu  holda  men  o’rtacha 
pozitsiyani  egallashga  harakat  qilaman.  Muammolar  vujudga  keladigan  bo’lsa,  men 
adolatli  va  to’g’ri  mulohaza  yuritishga  intilaman.  Men  ish  sur’atining  bir  xilda 
bo’lishiga harakat qilaman. 
1.Bitta gapda  berilgan savollarga javobni shakllantiring. 
Extiyoj,  did  –istak,  talab,  xoxish  bozor  va  ishlab  chiqarish  tushunchalarini 
bog’likligini tushuntirib bering. 
2.  Marketing  tadqiqotlari  va  marktieng  kompleksini  sxematik  tarzda  chizmasini 
chizib bering. 



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish