Kompaniyaning qisqacha tarixi
«INTELECT-LTD» O’zbek–Koreya qo’shma korxonasi O’zbekiston qurilish
sanoati sohasida eng yetakchi bo’lgan qo’shma korxonalardan biri bo’lib, asosan
metal tom yopqichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgandir. “Qo’shma korxona 1997
yilda tashkil etilgan bo’lib, uning ta’sischilari yuqori texnologiyalar sohasidagi
yetakchi hisoblangan Koreyaning HS-Cosult kompaniyasi va O’zbekistonning
xususiy El Tim firmasidir, HS-Consult kompaniyasi qo’shma korxona ustav
kapitalining 87% ulushiga egalik qiladi” deb ta’kidlaydi qo’shma korxona general
direktori Yuldosh Ochilov.
Do'stlaringiz bilan baham: |