Muallif - O.A.Amanov
2.
To’liq bandlik — ishga qobiliyatli va ishlashni xohlovchi barcha
ishchilarni ish bilan ta’minlash.
3.
Iqtisodiy erkinlik – barcha ishlovchi mutaxassislarga o’z faoliyati
doirasida yuqori darajada erkinlikka erishishlariga imkon yaratish.
4.
Daromadni adolatli taqsimlash – barcha xodimlar toifasini taqdirlashni
yo’lga qo’yish.
5.
Iqtisodiy samaradorlik, mavjud cheklangan resurslardan ulardan
foydalanishga kam xarajat sarflangan holda yuqori samara olishni ta’minlash.
2.1 – chizma. Korxona rejasining tarkibiy qismlari.
2
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish
ham katta rol o’ynaydi. Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektning
istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan
ko’ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va tahlil qilish
asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |