O’UM2020-Biznes rejalashtirish O. A. Amanov O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/288
Sana14.01.2022
Hajmi1,95 Mb.
#359780
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   288
Bog'liq
biznes rejalashtirish

Muallif - O.A.Amanov 
 
XIV BOB. KORXONADA XARAJATLARNI REJALASHTIRISH 
 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  mahsulot  tannarxi,  xarajatlarni  turkumlash, 
kalkulyatsiya,  umumiy  kalkulyatsiya,  tur  kalkulyatsiya,  xarajatlarni  yiriklashtirilgan 
holda  rejalashtirish,  xarajatlarni  detallashtirilgan  holda  rejalashtirish,  xarajatlarni 
kamaytirish. 
 
14.1.  Mahsulot  tannarxi  to’g’risida  tushuncha  va  xarajatlarning 
turkumlanishi 
 
Mahsulot  tannarxi  –  korxona  faoliyatini  umumlashtiruvchi  ko’rsatkich  bo’lib, 
mahsulot  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  xarajatlarning  umumiy  qiymatini  ifodalaydi. 
Tannarxda asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari o’z aksini to’adi. 
Mahsulot  tannarxi  barcha  ishlab  chiqarish  resurslari  sarfining  yakuniy 
o’lchovini  belgilaydigan  ko’rsatkichdir.  Korxonada  mahsulot  ishlab  chiqarish 
hajmining  o’zgarishi,  mehnat  unumdorligi, korxona  faoliyatining barcha tomonlarini 
takomillashtirish o’z aksini aynan tannarx ko’rsatkichida topadi.  
Ishlab  chiqarishni  rejalashtirishda  1  so’mlik  tovar  mahsulot  uchun  xarajatlar 
ko’rsatkichidan  foydalaniladi.  Ushbu  ko’rsatkich  ishlab  chiqarish  samaradorligi 
ko’rsatkichlaridan biri hisoblanib, mahsulot tannarxini tovar mahsulot hajmiga nisbati 
orqali aniqlanadi.  
Mahsulot 
tannarxi 
innovatsion 
faoliyat 
samaradorligini 
hisoblashda 
qo’llaniladigan  asosiy  ko’rsatkich  hisoblanadi  (kapital  qo’yilmalarning  qo’lanish 
muddati, yillik iqtisodiy samara, keltirilgan xarajatlar). 
Tannarx  mahsulot  birligi  bahosining  asosini  tashkil  etadi.  Demak,  ushbu 
ko’rsatkichning  asoslanganlik  darajasi  korxona  faoliyatining  barcha  qiymat 
ko’rsatkichlariga  bevosita  ta’sir  ko’rsatadi.  Tannarxning  pasayishi  bahoning  ham 
kamayishiga  olib  kelar  ekan,  ushbu  holat  aholi  daromadlarining,  farovonligining 
oshishini ta’minlaydi. 
Mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlari  tarkibi  O’zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamsining  1999  yil  5-fevraldagi  54-sonli  qarori  bilan 
tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi  to’g’risida”  gi  Nizomga 
muvofiq shakllantiriladi. 
Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  tannarxiga  bevosita  mahsulot 
(ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  bo’lgan,  ishlab  chiqarish 
texnologiyasi  va  uni  tashkil  etish  bilan  shartlangan  xarajatlar  kiritiladi.  Ularga 
quyidagilar  tegishli  bo’ladi:  bevosita  va  bilvosita  moddiy  xarajatlar,  bevosita  va 
bilvosita  mehnat  xarajatlari,  boshqa  bevosita  va  bilvosita  xarajatlar,  Shu  jumladan, 
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar. 
Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning  ishlab  chiqarish  tannarxini  hosil  qiluvchi 
xarajatlar  ularning  iqtisodiy  mazmuniga  ko’ra  quyidagi  elementlar  bilan  guruhlarga 
ajratiladi: 



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish