Demak, tarif stavkalari ishchi kuchining undan foydalanishning normal
sharoitidagi bahosini ifodalar ekan; kompensatsiya to’lovlari mehnat xarajatlarining
oshishini,
ustama
va
mukofotlar
esa
xodimlarning
shaxsiy
yutuqlarini
rag’batlantirishga qaratilar ekan.
Ish haqining strukturasini quyidagi to’lovlar tashkil etadi:
1. Amaldagi soatli tarif stavkalari va oylik maoshga asosan mehnatga haq
to’lash.
2. Mehnat sharoitlari, smenalik ish tartibi, ish bilan bandlik darajasiga ko’ra
qo’shimcha to’lovlar.
3. Mehnat unumdorligining yuqori ko’rsatkichiga erishilganlik, ishning sifati
va yakuniy ishlab chiqarish natijasiga qarab to’lanadigan ustamalar.
4. Mukofotlar.
5. Amaldagi normativlar bo’yicha ijtimoiy to’lovlar va kompensatsiyalar.
6. Aksiyalar bo’yicha dividendlar.
Yuqorida keltirilgan daromadlar strukturasiga asosan korxonalardagi ish haqi
namunaviy modulining har bir moddasining mazmuni bilan tanishamiz.
1- Modda. Ta’rif stavkalar xodimlarning turli toifalarining vaqt birligi ichidagi
mehnatiga to’lanadigan haqning mutlaq miqdorining puldagi ifodasidir. Soatlik,
kunlik, oylik va yillik ta`rif stavkalari yoki maoshni ajratish mumkin. Har bir korxona
ta`rif stavkalarini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Lekin bunda 1-
razryadning stavkasi ish haqining eng kam miqdoridan kamayib ketmasligi lozim.
Amalda qo’llaniladigan ta’rif stavkalari xodimlar tomonidan bajariladigan ishlarning
murakkablik darajasiga bog’liq holda o’zgartirib tuzilishi lozim.
2 - Modda. Mehnat sharoiti uchun qo’shimcha to’lovlar noqulay muhitda
ishlash davomida sarflanadigan jismoniy va aqliy kuch sarflanadigan qayta tiklash
uchun belgilangan qo’shimcha to’lovlardir. Ushbu qo’shimcha to’lovlar miqdori
ta’rif stavkasining 24% gacha olinish mumkin. Kechki va tungi soatdagi ish uchun
qo’shimcha to’lovlar mos ravishda 20% va 40% ni tashkil etadi.
3 - Modda. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulotlarning yuqori
sifatiga qo’shgan shaxsiy hissasi uchun qo’shimcha to’lovlar korxona oladigan
umumiy foyda yoki daromadiga bog’liq holda ta’rif stavkasining 20-40% miqdorda
belgilanadi.
4 - Modda. Ishlab chiqarish vazifalarini sifatli va o’z muddatida bajarganlik
hamda ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga qo’shgan shaxsiy hissasiga ko’ra
to’lanadigan mukofotlar.
5 - Modda. Ijtimoiy to’lovlar xodimlarning transport, tibbiy ko’rikdan
o’tkazish, ta’tillar va dam olish kunlari, moddiy yordam xarajatlarini qo’llash yoki
qisman qo’lashni ko’zda tutadi.
Ishhaqining vaqtbay tizimida taqdirlash usullarini tanlashda asosiy diqqat
e’tiborni har bir xodimning cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali
foydalanishdan
manfaatdorligini
kuchaytirishga
qaratish
lozim.
Xodimlar
daromadining oshishishni birlik mahsulot uchun mehnat va materiallar sarf
me’yorlarining pasayishi, shuningdek mahsulot sifati va raqobatbardoshligini
oshirish, ichki va tashqi bozordagi sotuv hajmini ko’paytirishga bevosita bog’lashni