Muallif - O.A.Amanov
6.
Bozor iqtisodiyotida raqobatdan tashqari bozor regulyatorlari (tartibga soluvchi
vositalar) mavjudligi uning muhim belgilaridan biridir. Ular bozordagi
o’zgarishlarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib, ularning bozorga moslashuvini
ta’minlaydilar. Masalan, marketing orqali ishlab chiqarish iste’molga
bog’lanadi.
7.
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor. Iqtisodiyotdagi
resurslar miqdori, ularning samarasiga qarab ishlab chiqilgan tovar va
xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo’lish, yuqori
turmush darajasiga erishish adolat hisoblanadi. Ammo adolat hammani
tenglashtiradi degan emas, balki jamiyatning tabaqalashuviga olib keladi.
Iqtisodiy sub’ektlar o’z mehnatlariga tadbirkorligiga va mulkiga qarab ularning
daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir-biridan farqlanadi.
8.
Bozoriqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o’zgarishiga
darhol javob bera oladi. Bozorda nima yetishmasa, shuni ishlab chiqarishga va
iste’molchi talabini qondirishga undaydi.
9.
Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim belgilaridan biri novatsiyaga
(yangiliklarga) moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini tezda qabul qiladi,
yangi texnologiyalarni qo’llash orqali tovarlar sifatini oshirishga, tannarxni
pasaytirishga xizmat qiladi.
Lekin bozor iqtisodiyotining o’ziga yarasha salbiy jihatlari ham mavjuddir. U
millionlab ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyati bo’lgani uchun tarqoqlik
xarakteriga ega bo’lib, davlat va jamoatchilik ishtiroki cheklanganligi sababli tabiat
muhofazasini, ekologik muvozanatni izdan chiqarishi mumkin.
Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin katta mablag’ talab etadigan, qaytishi sekin
boradigan inshootlar qurilishini, fundamental fan, kelajak uchun muhim izlanishlar
uchun ketadigan harajatlarni bozor iqtisodiyoti alohida sub’ektlari yoqtirmaydi.
Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti siklli ravishda rivojlangani sababli yuksalishlar
bilan birga inqirozlar ham paydo bo’lishi mumkin.
Shunday qilib bozor munosabatlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini
ta’minlovchi uchta kuchni yuzaga keltiradi.
1.
Iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu, tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar beradi.
2.
Raqobatlar kurashi – bu, kim o’zdi qoidalarini yuzaga keltiradi va novatsiyaga
undaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga olib keladi.
3.
Daromadlarning cheklanmaganligi – bu qo’shimcha daromad topishga
intilishni paydo qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik,
iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishda talab va taklif qonunlariga amal qilish bilan
bir qatorda har bir mamlakatning o’z yo’li mavjud bo’lib, bunga uning milliy kelib
chiqishi, joylashgan hudud va boshqa omillar sabab bo’ladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston-bozor iqtisodiyotiga
o’tishning o’ziga xos yo’li” kitobida Markaziy Osiyoda yirik mamlakat hisoblanishi
davlatimizning yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish kontseptsiyasi bayon etilgan.
Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov jahon tarixida milliy andoza g’oyasini
olg’a suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |