Muallif - O.A.Amanov
Hozirda yashil, qizil va ko’k ranglardagi tom yopqichlar Toshkentdagi va
mamlakatimizning boshqa shaharlarida ko’pgina uy va binolarni bezamoqda. G’arbiy
yevropa stili mahalliy aholi didiga to’g’ri kelmoqda.
Hozirda siz olis bir rayonning mahallasiga yo’lingiz tushsa, uchli shakldagi
qo’rilgan tom yopqichlar bilan qoplangan “Yangi o’zbek” uylarini ko’rib
ajablanmasangiz ham bo’ladi. Avvallari bunday shakldagi uylarni kishilar faqatgina
Koreya, Gollandiya yoki Belgiyaga xizmat safari yoxud tijorat ishlari bilan borganda
uchratishar edi.
Toshkent markazidagi yangi binolar, mustaqillik maydonida barpo etilgan
“Xotira maydoni”, shinam kafelar, kichkina do’konchalar – bularning hammasi
keyingi yillrdagi yangi yopqich arxitektura ko’rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |