Muallif - O.A.Amanov
Misol: korxona yangitdan tashkil etildi va 15-fevralda ishlarni boshladi. Ushbu
korxonanig fevral oyidagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni – 280 kishi, mart oyida
esa – 640 kishi. Demak, korxonaning 1 kvartaldagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni
307 kishi ((280+640):3) tashkil etadi.
Agar korxona kalendar yilda to’liq ishlamagan bo’lsa, (mavsumiylik, yilning
o’rtalarida korxona ishga tushgan bo’lsa) undan yilning boshidan boshlab
ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni – korxona ishlagan barcha kalendar oydagi
o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisi korxona ishga tushgan oydan emas,
balki yilning boshidan boshlab kalendar oylar soniga bo’lish orqali topiladi.
Agar joriy yili korxona tarkibida qandaydir o’zgarishlar vujudga kelgan bo’lsa
(masalan, kattalashsa, boshqa korxonalar bilan birlashsa), unda yilning boshidan
boshlab o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini hisoblashda oldingi oy ma’lumotlari
korxonaning yangi tarkibida qaytadan hisoblanishi kerak.
Ro’yxatdagi ishchilar sonidan ishga kelgan ishchilar haqiqatda kelganlarni
ko’rsatadi. Haqiqiy ishchilar soni – ishga kelgan ishchilar soni bilan bir qatorda,
haqiqatda ishga qabul qilingan ishchilar sonini ham ko’rsatadi. Ishga kelgan va
haqiqiy ishchilar soni o’rtasidagi farq kunlik bekor turib qolishlarda (avariya, elektr-
energiya, xom-ashyo uzatishda to’xtab qolishlar tufayli) bo’lgan shaxslarni
ko’rsatadi.
Ishchilar sonini hisoblash – korxonaning turli uchastkalarida ishchilarni
taqsimlanishi va bu taqsimotning o’zgarishini ko’rsatib berishga yordam beradi.
Smenalik koeffitsienti – ishchilarning smenada bandligi maromiyligini
ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkich mehnatdan foydalanish, mehnat
unumdorligini o’sishi va ishlab chiqarish hajmi bilan uzviy bog’liqdir. Koeffitsient
har bir sex, korxona va birlashmalar uchun alohida-alohida hisoblanadi.
Smenalik koeffitsientini hisoblash uchun, barcha smenalarda ishlangan kishi
kunlar sonini (yoki barcha smenalarda band bo’lgan ishchilar sonini) ishlangan kishi
kunlar soniga (yoki eng katta smenadagi ishchilar soni) bo’lish kerak bo’ladi.
Misol.
Korxonaning har bir smenasida ishlangan kishi-kunlar quyidagicha
taqsimlangan: 1-smena uchun – 10000, 2-smena uchun – 9000, 3-smena uchun –
8000. Korxonada 500 ish o’rinlari bo’lib, 25 kun ishladi. Keltirilgan ma’lumotlarga
ko’ra smenalik koeffitsienti 2,7 ((10000+9000+8000):10000=27000:10000) tashkil
etadi. Bu shuni anglatadiki, korxona haqiqatda o’rtacha 2,7 smenada ishlagan demak,
hamma smenalar ham (3 smenalik rejimda) yetarlicha band bo’lmagan va ish
joylarining ma’lum qismi bekor turib qolgan.
Agar korxonaning turli sexlarida eng ko’p ishlagan smenalar bitta emas, balki
bir necha bo’lsa, unda smenalik koeffitsentini aniqlash quyidagi misol yordamida
havola qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |