Imperiya tarkibiga o`zining qirol yoki knyaz sulolasi bilan 22 monarxiya va 3 erkin shahar: Lyubek, Bremen va Gamburg kirdi. ElzasLotaringiya imperiya tarkibiga hokim (shtatgalter) tomonidan idora qilinadigan «maxsus imperiya viloyati» bo`lib kirdi. Hokimni imperatorning o`zi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar o`z konstitutsiyalari, vakillik muassasalarini (landtaglarini) saqlab qoldilar. - Imperiya tarkibiga o`zining qirol yoki knyaz sulolasi bilan 22 monarxiya va 3 erkin shahar: Lyubek, Bremen va Gamburg kirdi. ElzasLotaringiya imperiya tarkibiga hokim (shtatgalter) tomonidan idora qilinadigan «maxsus imperiya viloyati» bo`lib kirdi. Hokimni imperatorning o`zi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar o`z konstitutsiyalari, vakillik muassasalarini (landtaglarini) saqlab qoldilar.
- Konstitutsiyaga muvofiq Imperiyaning oliy vakolatli muassasalari Ittifoq Kengashi (Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Konstitutsiyada, birlashgan Germaniyada Prussiya gegemonligi mustahkamlab qo`yildi. Imperator urush e'lon qilar, sulh tuzar, xalqaro munosabatlarda Imperiya nomidan ish ko`rardi. Ayni paytda, u imperiya qurolli kuchlarining bosh qo`mondoni ham edi. Imperator o`z ixtiyori bilan Reyxstag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish, ochish, tarqatib yuborish yoki muddatini cho`zish huquqiga ega edi.
- 1871- yil Konstitutsiyasiga binoan imperator bir vaqtning o`zida Prussiya qiroli ham hisoblanardi.
- Imperiya kansleri esa Bundesratning raisi hisoblanib unga 58 a'zo, Reyxstagga 397 deputat saylanardi.
- Germaniyaning birinchi Imperiya kansleri Otto fon Bismark edi. U davlat boshqaruvida katta tajribaga ega bo`lmagan bo`shangroq Vilgelm I ni o`ziga tamomila bo`ysundirib olib, deyarli 20 yil davomida (1871 — 1890) mamlakatda cheksiz hokimlik qildi. U Germaniya tarixida «temk kansler» laqabi bilan nom qoldirdi.
- Reyxstag Konstitutsiyada ko`rsatilganidek, umumiy saylov huquqi asosida besh yil muddatga saylanardi.
70—80-yillarda Germaniya iqtisodi gurkirab rivojlana boshladi. Uning sanoat mahsulotlari barcha qit'a davlatlari bozorlariga kirib bordi. Xo`sh, qanday omillar Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo`ldi? - 70—80-yillarda Germaniya iqtisodi gurkirab rivojlana boshladi. Uning sanoat mahsulotlari barcha qit'a davlatlari bozorlariga kirib bordi. Xo`sh, qanday omillar Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo`ldi?
- Bosh omil Germaniyaning birlashtirilganligi edi. Bu birlashuv oqibatida yagona ichki bozor vujudga keldi. Ya'ni, bojxona to`siqlari olib tashlandi. Yagona pul, o`lchov va og`irlik birliklari joriy etildi.
- Ikkinchi omil—Fransiyaning talanishi bo`ldi. Fransiya 3 yil ichida 5 mlrd. frank tovon to`lashga majbur etildi. Undan tortib olingan va temir rudasiga boy Lotaringiya Saar toshko`mir koni bilan birgalikda Germaniya og`ir sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
- Uchinchidan, Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandilar. Ishlab chiqarishga eng ilg`or texnologiya hamda fan va texaika yutuqlarini joriy etdilar. Ayniqsa, Tomson tomonidan fosfor olish jarayonini soddalashtirish Germaniya sanoatining gurkirab rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Chunki, Germaniya fosfor rudalarining asosiy makoni edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |