Erga tushish. Har bir sakrash yerga tushish fazasi bilan yakunlanadi. Har qanday yerga tushishning maqsadi – sportchiga xavf-xatarsiz sharoitlarni yaratish, har xil jarohatlanishlarni oldini olishdir.
yerga tushish paytida sakrovchining tanasi kuchli zarb ta'siriga uchraydi. Bu zarb nafaqat yer bilan to‘qnashadigan tana a'zolariga, balki distal, undan ancha uzoqda turgan a'zolarga ham tushadi. Ichki organlar ham shunday zarb ta'siriga duch keladi. Bu shu organlarning hayot faoliyatining turli xil buzilishlariga va kasallanishlariga olib kelishi mumkin. Bu omilning zararli ta'sirini kamaytirish zarur.
Uzunlikka sakrashda va uch hatlab sakrashda yerga tushish joyi o‘zgarmay qoldi. Bu yerda avvallari qumli chuqurchaga sakragan bo‘lsalar, hozir ham shunday sakrashni davom ettirmoqdalar. Biroq natijalar o‘sib bormoqda, buning sababi, ikkinchi yo'l – yerga tushish uchun optimal sharoitlarni yaratish hamda yerga tushishning optimal texnikasi.
Nima sababdan yerga tushish yumshoq bajarilmoqda? Birinchidan, tekislikka nisbatan ancha o‘tkirroq burchak ostida va uzoqroq yo'l bosib yerga tushish hisobiga sodir bo‘lmoqda. Sportchi yumshoq qumni asta-sekin qattiqlashtirib borib, oldinga harakatni sekinlashtiradi; oldinda yumshoq qum qancha ko‘p bo‘lsa, yerga tushish shuncha yumshoqroq bo‘ladi. Ikkinchidan, og‘irlik kuchi va tana tezligi ta'siriga astasekin yon bergan holda zo‘riqqan mushaklarni amortizatsiyalovchi cho‘ziltirish hisobiga. Bunda tezlik keskin emas, balki sekin-asta kamayib boradi. Jamoat transportini esga oling: haydovchi keskin tormoz berdi – hamma darrov oldinga surilib ketadi; sekin tormozlanish deyarli sezilmaydi, biz hyech qanday qiyinchilik sezmaymiz.
Balandlikka “hatlab o‘tish”, “fosberi – flop” usulida sakrash texnikasini o‘rgatish va takomillashtirish.
Balandlika sakrash usullarida sakraganda yerga tushish vaqtida qo‘lga, belga, yelkaga katta kuch tushishi mumkin. Shuning uchun sakrovchiga avvalo yerga yumshoq tushishni o‘rgatish, yelka kamari va qo‘l mushaklarini mustahkamlash va yerga tushadigan joyni yaxshilab tayyorlash kerak.
O‘rgatishni 1-4 yugurish qadami tashlab sakrashdan boshlagan ma'qul. Shunda shug‘ullanuvchining depsinishni va keyinchalik to‘sin ustidan o‘tishni bilib olishi osonroq bo‘ladi. Depsinish va to‘sin ustidan o‘tishni o‘zlashtirgandan keyin ancha uzoqroqdan yugurib kelib, asta-sekin tezlikni va to‘sinni ko‘tarib sakrashga o‘tiladi.
Har bir harakatni ko‘p marta takrorlash lozim. Oldin taqlid mashqlari bajariladi, keyin esa harakatlar to‘sin ustidan sakrab o‘rganiladi. Chinakam mashqqa yaqin keladigan mashqlardan tashqari, kuch va egiluvchanlikni rivojlantiruvchi, umumiy rivojlantiruvchi va maxsus sakrash mashqlarini keng qo‘llash kerak. Quyida yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini o‘rgatish uslubiyati berilgan. Boshida balandlikka sakrashning “hatlab o‘tish” usulini o‘rgatish uslubiyatini to‘liq o‘rganib, keyin boshqa usullarga o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |