Boyitish usullari, jarayonlari va operatsiyalari.
Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari uchta jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1.Tayyorlash jarayonlari – o‘tkazishdan maqsad mineral zarrachalarni yuzasini ochib berishdan iborat bo‘lib; elash, maydalash, yanchish va klassifikatsiyalash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
2. Asosiy jarayon -o‘tkazishdan maqsad mineral zarrachalarni ajratib olishdan iborat bo‘lib, gravitatsiya , flotatsiya, magnit , elektr, qo‘lda saralash va boshqa usullarni o‘z ichiga oladi. Boyitishning asosiy usullari: gravitatsiya va flotatsiya usullari bo‘lib, ular boyitish fabrikalarida ko‘proq qo’llaniladi.
Gravitatsiya- usulida boyitish mineral zarrachalarning zichligidagi farqiga qarab boyitishdir.
Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqiga asoslangan boyitishdir.
Magnit - mineral zarrachalarning magnitlanish qobiliyatiga qarab boyitish usuli.
Elektr - mineral zarrachalarning elektr xossalaridagi farqiga qarab boyitish usuli.
Qo‘lda saralash - mineral zarrachalarning rangi, yaltiroqligi, shakliga qarab boyitish usuli.
3. Yordamchi jarayon - foydali qazilmalarni boyitishning oxirgi jarayoni hisoblanadi. Yordamchi jarayonlarni o‘tkazishdan maqsad ajratib olingan boyitma (kontsentrat) va chiqindini qayta ishlashdir. Yordamchi jarayonlar o‘znavbatida suvsizlantirish va changsizlantirish jarayonlariga bo‘linadi.
Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi xisoblanadi. Foydali qazilmada qimmatbaxo component ko‘pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda mis saqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellin va h.k. lar tarkibiga kiradi. Kamdan – kam hollarda qimmatbaxo component toza (tugma) holda uchraydi, masalan, nodir metallar, olmos, grafit va h.k. qimmatbaxo component saqlovchi minerallar foydali minerallar deyiladi.
Qimmatbaxo component yoki foydali qo‘shimcha saqlamaydigan minerallar puchtoq jinslari deyiladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi minerallarni ajratish orqali amalga oshiriladi. Boyitma deb – mahsulotdagi foydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi ajralishidir.
Chiqindi deb – maqsulotdagi puchtoq jinslari va zararli qo‘shimchalarning kata qismia jratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig’iladi, boyitma esa keying qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi.
Boyitishni bir marta boyitishda tugatib, darhol boyitma va chiqindi olish mumkin. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, bir marta boyitishdan so‘ng boyitma unchalik boy, chiqindi esa yetarli darajada kambag’al bo‘lmay, ularni qaytadan boyitishga to‘g’ri keladi.
Bu maqsadda boyitmani tozalash va chiqindini nazoratlash
Do'stlaringiz bilan baham: |