3. Hujjatlarni tayyorlash
Qirg'iziston Respublikasi hududiga (o'qish maqsadida) kirishdan oldin yashaydigan mamlakatizda quyidagi hujjatlarni tayyorlang:
-rus tiliga tarjima qilingan va O'zbekistondagi Qirg'izistonning elchixonasida notarial tasdiqlangan ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjat (kolledj/littsey diplomi yoki maktab guvohnomasi);
-ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatni legallashtirish (apostil bilan tasdiqlash) kerak (ushbu ma'lumotni O'zbekistondagi Qirg'izistonning elchixonasidan olish mumkin);
-xorijda o'qish uchun kasallikning (OIV, OITS, Sil) yo’qligi to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma. Tibbiy ma'lumotnoma rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |