Anatomik-fiziologik ma'lumotlar. O‘ng va chap tomondagi jigar yo‘llari jigarning shu nomidagi bo‘laklaridan chikib, umumiy jigar yo‘lini xosil kiladi. Jigar yo‘lining eni 0,4 dan 1 sm gacha o‘zgarib turadi va o‘rta xisobda 0,5 sm ni tashkil kiladi. O‘t yo‘lining uzunligi taxminan 2,5-3,5 sm. Umumiy jigar yo‘li o‘t pufagi yo‘li bilan ko‘shilib, umumiy o‘t yo‘lini xosil kiladi. Umumiy o‘t yo‘lida to‘rtta bo‘lim fark kilinadi: o‘n ikki barmok ichak ustida joylashgan supraduodenal, o‘n ikki barmok, ichak yukori-gorizontal tarmoki orkasidan o‘tadigan retroduodenal, retropankreatik (me'da osti bezi boshchasi orkasidagi) va o‘n ikki barmok ichakning vertikal tarmoki devoridagi intramural bo‘limlar.
Umumiy o‘t yo‘lining distal bo‘limi o‘n ikki barmok, ichak shillik pardasi ostidagi kavatda joylashgan katta duodenal surgich (Fater surgchi) xosil kiladi. Katta duodenal surgich uzunasiga ketgan, doirasimon va kiyshik tolalardan iborat avtonom mushak sistemaga - Oddi sfinkteriga ega, bu sfinkter o‘n ikki barmok ichaklariga boglik emas. Pankreatik yo‘l katta duodenal surgichga yakinlashib, umumiy o‘t yo‘lining terminal bo‘limi bilan birga duodenal surgich ampulasini xosil kiladi. Katta duodenal surgichda operatsiya bajarishda o‘t yo‘li bilan pankreatik yo‘llarning o‘zaro munosabatlariga doyr turli variantlar xisobga olinishi lozim. O‘t pufagi jigarning pastki yuzasida unchalik katta bo‘lmagan chukurchada joylashgan. O‘t pufagining sigimi taxminan 50—70 ml ni tashkil kiladi. O‘t yo‘lining shakli va o‘lchamlari uning yallig‘lanishi va chandiqli jarayonlarida o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘t pufagining tubi, tanasi, bo‘yni farq qilinib, bo‘yni pufak yo‘liga o‘tadi. Aksariyat o‘t pufagi bo‘ynida qo‘ltiqsimon bo‘rtma - Gartman cho‘ntagi hosil bo‘ladi. Pufak yo‘li ko‘pincha xoledox o‘ng yarim doirasiga o‘tkir burchak ostida tushadi. O‘t pufagi devori uchta parda: shiliq, mushak va fibroz pardalaridan iborat. Pufak shilliq pardasi ko‘p sonli bo‘rmalar hosil qiladi. Pufak bo‘yni soxasida va pufak yo‘lining boshlang‘ich qismida ular Geyster klapanlari degan nom olgan, pufak yo‘lining bir-muncha distal bo‘limlarida silliq mushak tolalari dastalari bilan birga Lyutkins sfinkterini hosil qiladi. Shilliq parda mushak dastalari orasida joylashgan ko‘p sonli bo‘rmalar - Rokitanskiy - Ashoff sinuslarini hosil qiladi.
O‘t pufagiga o‘t pufagi bo‘yni tomonidan asli jigar arteriyasining bitta yoki ikkita shohi, yoki uning o‘ng tarmog‘idan keladigan pufak arteriyasi orqali qon bilan ta'minlanadi. Limfatik tugunlarga limfa oqib ketishi jigar darvozasidan va jigarning o‘zidagi limfatik sistemadan sodir bo‘ladi. O‘t pufagi innervatsiyasi qorin chigali tarmoqlari, chap adashgan nerv va o‘ng diafragmal nervdan tashkil topgan jigar tarmog‘idan amalga oshiriladi. Jigarda ishlanadigan va jigardan tashqaridagi o‘t yo‘llariga tushadigan o‘t suyuqligi (safro) suv (97%), o‘t tuzlari (1 -2%), pigmentlar, xolesterin va o‘t kistalaridan (taxminan 1%) iborat. Jigarning o‘t ajratish o‘rtacha debiti minutiga 40 ml. O‘t pufagida suv va elektrolitlar surilishi hisobiga o‘t suyuqligi konsentratsiyasi ro‘y beradi. Bunda o‘tning asosiy komponentlari konsentratsiyasi ularning jigar o‘tidagi dastlabki miqdoridan 5-10 marta oshgan bo‘ladi. Ovqat, nordon me'da shirasi, yog‘lar va qon intestinal gormonlar - xoletsistokinin, sekretin o‘t pufagining qisqarishini va ayni vaqtda Oddi sfinkterining bo‘shashishini vujudga keltiradi.
Ovqat o‘n ikki barmoq ichakdan o‘tgandan va o‘n ikki barmoq ichakda ishqoriy bo‘lib qolgandan keyin qonga gormonlar ajralishi to‘xtaydi, Oddi sfinkteri qisqarib, o‘tning ichakka tushib turishiga tusqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |