Davolash
Zamonaviy ximioterapiya O‘L bilan bemorlarning 50-95% tida to‘liq remissiyani olishga imkon beradi, ammo ko‘pchilik xollarda retsidiv rivojlanadi (O‘l shakliga bog‘liq holda retsidivsiz 5-yilllik yashovchanlik 20-30% ni tashkil etadi).
O‘tkir leykoz bilan bemorlarni tashxisi qo‘yilishi bilanoq, darhol ixtisoslashtirilgan gematologiya bo‘limlarda davolashni boshlash darkor. Aks xolda, terapiya bo‘lmasa bemorlarning xayotini davomiyligi 3 oydan ortmaydi.
To‘liq remissiya – O‘L da klinik javobning yagona qimmatli shakli bo‘lib xisoblanadi. Molekkulyar-genetik usullar 105-106 xujayralar orasida bitta leykoz xujayrasini aniqlash imkoniyatini beradi.
O‘tkir leykozni davolash dasturi ikkmi bosqichni o‘z ichiga oladi:
Remissiyani induksiyasi-leykoz xujayralarini maksimal darajada
yo‘qotishga yo‘naltirilgan, to‘liq remissiyaga erishish maqsadida, ximioterapiya.
2) Remissiyaga erishilgandan keyingiya ximioterapiya – o‘tkir leykozning retsidivini oldini olish uchun o‘tkaziladi.
Davolashni ushbu bosqichida turli yondoshuvlardan foydalanishlik mumkin: konsalidatsiya (induksiya uchun qo‘llaniladigan dasturni aynan o‘zini ifodalaydi), intensifikatsiya va to‘ldiruvchi (tayanch) terapiya.
Spetsifik terapiya ko‘plab noxush samaralarga ega bo‘ladi va keksa mijozlar uchun va jiddiy kasalliklari bo‘lgan mijozlarga qo‘llash noo‘ng‘ay bo‘lishi mumkin. Bunday mijozlarga faqat to‘ldiruvchi – tayanch terapiyani taklif etish mumkin, u bemorlarning xolatini sezilarli darajada yaxshilaga qodir bo‘ladi.
Bemorlarni spetsifik terapiyaga tayyorlash:
Infeksion kasaliklarni topish va davolash (siydik yo‘llari infeksiyalarini, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozini, tish infksiyalarini, milk xamda teri infeksiyalarini).
Eritrotsitar massani infuziyalash yo‘li bilan kamqonlikni muvofiqlashtirish.
Trombotsitar massani transfuziya qilish yordamida trombotsitopeni qon ketishlarni to‘xtatish.
Ximioterapiyani o‘tkazish uchun markaziy venozli katetrni o‘rnatish. Mijozni xabardor qilish, uning roziligini olish.
Remissiyaning induksiya fazasida kombinatsiyalangan ximioterapiya bilan o‘sma parachalanadi. Bemor jadal parvarishga va maxsus tayyorlangan tibbbiy xodimlar bilan ta’minlangan shifoxona sharoitiga ehtiyoj sezib suyak iligining kuchli ifodalangan gipoplaziyasi davri orqali o‘tadi.
Agarda induksion terapiyada remissiyaga erishishga muvaffaqiyat bo‘lincha, kasallikning qoldiq ko‘rinishlari konsolidatsiya fazasida so‘ndiriladi. U bir necha ximioterapiya kursini o‘z ichiga oladi, ular yana suyak iligi gipoplaziyasini chaqiradilar. Oqibatida yomon bo‘lishi mumkin bo‘lgan leykozlarda o‘zak xujayralarini transplantatsiya qilish mumkin.
Agarda limfoblastli leykozda bemor konsolidatsiya fazasidan keyin remissiya xolatida qolayotgan bo‘lsa, tayanch terapiyasiga kirishiladi va u dorili davoni takroriy kurslarinidan iborat bo‘ladi. Buni odatda ambulatoriya sharoitida va qaytalanishi bo‘lmaganda, 3 yilgacha davom mumkin bo‘ladi. Keyin esa spetsifik terapiya to‘xtatiladi va bemor kuzatib boriladi.
O‘tkir mieloblastli leykoz bilan bemorlarga, agarda – ki induksiya va konsolidatsiya fazalaridan keyin to‘liq remissiya olingan bo‘lsa, to‘ldiruvchilar tayanch fazasi kerak bo‘lmayd yoki unga xodat qolmagan bo‘ladi.
O‘tkir limfoblastli leykozni davolash markaziy nerv sistemasining zararlanishini oldini olishga qaratilishi lozim, boisi shuki, bu xudud odatiy preparatlar kirmaydigan alohida xudud bo‘lib xisoblanadi. Ushbu davo boshni nurlantirish, intratekal ximioterapiya va metotreksatning (u gematoensefalik to‘siq orqali kiradi) yuqori miqdorlarini kombinatsiyalab qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
Intratekal ximioterapiya – ximiopreparatlarni serebspinal suyuqlik bilan to‘liq bo‘lgan intratekal bo‘liqqa kiritishni anglatadi.
Agarda birinchi induksiya kursi remissiyaga olib kelmasa, dorilarni alternativ kombinatsiyasiga murojaat qilish mumkin. Ammo lekin remissiya bo‘lmagan taqdirda, ikkinchi urinishda yomon oqibatni kelib chiqishi oydin bo‘ladi yoki shubhasis, bo‘ladi. Agarda retsidiv davolash vaqtida rivojlansa yoki undan keyin tezda kelib chiqsa, bu yomon oqibatdan darak beradi va davolash juda qiyinchilik to‘g‘diradi. Remissiya qancha-ki uzoqqa cho‘zilsa va qaytalanish kelib chiqmasa, kelgusi davoning samara berish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |