Klinik manzarasi
O‘tkirleykoz uchun quyidagi sindromlar xarakteri bo‘ladi.
intoksikatsiyali (bexollik, charchab qolish, tana vaznini kamayishi, isitma);
qamqonlik (bexollik, oqarinqirash, taxikardiya);
gemorragik (ekximozlar, petexiyalar, qon ketish);
giperplastik (ossangiyalar, limfadenopatiya, gepatosploenomegaliya, milklar infiltratsiyasi, neyroleykoz);
yuqumli (infeksiyali) asoratlar mahalliy va tarqoqlashgan infeksiyalar).
Giperplastik sindromning ko‘rinishlari bo‘lib limfatik tugunlarni kattalashishi, jigar va qora taloqli kattalshuvlari, ko‘ks bo‘lig‘ida limfatik tugunlarni katalashishi, milklarni infiltratsiyasi, qizil-ko‘kimtir papulasimon pilikcha shaklidagi terining leykozli infiltratlari (leykemidlar), derma xududida joylashgan, hisoblanadilar.
Leykemidlar – leykoz xujayrlari bilan terini o‘choqli yoki diffuzli infiltratsiyasidir. U birinchi simptom bo‘lishi mumkin, ammo ko‘proq retsidivni yoki kasallikni terminal bosqichga o‘tganligini anglatadi. 5-50% hollarda kelib chiqadi, ko‘pincha 60 yoshdan ortgan bemorlarda kuzatiladi. Aksariyat o‘tkir monoblastli va o‘tkir mieloblastli leykozlarda (FAB tasnifi bo‘yicha MS va M4 variantlar) aniqlanadi.
Odatda kichik (2-5mm) papulalar, tugunlar yoki pilikchalar, doimo teri yuzasiga bo‘rtib chiqib turadilar. Ular aksariyat sog‘lom teriga kiyosan qoramtirroq, qora tanlilarda bo‘lsa – ko‘kimtirdan to to‘q jigarrangacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Tashxis qo‘yish uchun qon mazogini tekshirish, suyak ko‘migini punksiya qilish, teri blopsiyasi va o‘sma xujayralarini immunofenotipirlar o‘tkaziladi.
Klinik alomatlar o‘tkir mieloblastli limfoblastli leyokozlarni, blast xujayralarini sitoximik va immunologik tekshiruvlarini o‘tkazmasdan turib, bir-biridan tafovutlashni ishonchli tasdiqlab berolmaydilar.
O‘tkir mieloidli leykozlar nisbatan yaqqol simptomatika bilan kechadi: odatda bemorlarda intoksikatsimya, kamqonlik va gemorragik sindromlar kuchli ifodalanadi, ko‘pincha og‘ir infeksiya asoratlari rivojlanadi.
O‘tkir promielotsitar leykoz tajovuzkorligini yuqoriligi va yashinsimon kechishi bilan xarakterlanadi. O‘ta, jarayonni, monsifatliligi, rak intoksikatsiyasini og‘irlashib tez kuchayib borishi, keskin ifodalangan gemorragik sindrom uning uchun xos bo‘ladi. Gemorragik sindrom bosh miyaga qon quyilishiga va bemorni xalok buzilishiga olib keladi. O‘tkir promielotstar sindrom bilan bemorlarning 90% - tida DIS-sindrom (tomir ichi dissiminirlangan sindromi) rivojlanadi.
O‘tkir limfoblastli leykozlar nisbatan kamsuqumli klinik manzalanish bilan tavsiyalanishadi, ammo lekin ko‘proq ossalgiyalar, limfadenopatiya (jumladan, ko‘ksni kattalashuvi), gepatosplenomegaliya va neyoleykoz kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |