Qo’zg’alish bosqichi. Bezovtalanishdan tajovuz qilishga o’tadi. Qo’rqish alomatlari yo’qoladi. It bog’liqlik tizimchasi yoki zanjirini tishlab uzadi. Boylovini uzgach, juda uzoq masofaga (sutkasiga bir necha o’n kilometr maso-faga) chopib qochib ketadi. Odam va hayvonlarga tashlanadi. Bunda ularni hurmasdan, tinchgina kelib, kutilmaganda birdan tishlab oladi. Tomoq va til falaj bo’lib qolganligi uchun og’izdan juda ko’p so’lak oqadi. Shu tufayli tovush xirillab chiqadi. Pastki jag’ tushib ketadi. Ko’zlar chaqchayib, ko’z qorachig’ining biri kichraysa, ikkinchisi kattalashadi. Bezovtalanish 3-4 kun davom etib, keyin ikkinchi bosqich boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |