Kechishi va klinik belgilari. Yashirin davr tishlangan joyga, jarohatning xarakterga, virusning soni va virulentligiga bog’liq qisqa davri 7-10 ko’p bo’lib, 3—8 haftaga cho’zilishi mumkin. Ba’zan 5-6-12 oy davom etishi ham mumkin. Lekin bu juda kam uchraydi. Kasallik ko’pincha o’tkir kechib, klinik belgilari har xil bo’ladi. Itlarda aksariyat, tipik holatda o’tadi.
Itlar quturishi. Ko’pincha shiddatli va tinch (paralitik) shaklda, shuningdek, abortiv va itipik holatda namoyon bo’ladi. Shiddatli shakli uch bosqichda (prodromal, qo’zg’algan va falajlik) o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |