Odamlarning quturishi. Yashirin davr 2 haftadan bir necha oygacha davom etashi mumkin. Kasallikning bosqichi xuddi hayvonlarnikidek o’tadi. Kasal oldiniga mayus ko’rinadi, talvasalanib notinch bo’ladi. Tishlangan joyda og’riq va qichishish kuzatiladi. Yutinish qiyinlashadi, shovqin- suronga sezuvchanlik kuchayadi. Gidrofibiya paydo bo’ladi. Tomoq muskullari spazm bo’lib, suvni ko’rish bilanoq kuchayadi. Qo’rqish va notinchlik avjiga chiqadi. Gallyusinasiya xolati namoyon bo’ladi. Shidditli xuruj boshlanadi. Juda ko’p so’lak oqadi. Yuz, ko’z, til va oyoqlar falajlanib, bo’shashib ketadi va 4-7 kun ichida o’ladi. Bunday musibatning oldini olish uchun it tishlagan joyni 1:1000 nisbatdagi sulema yoki KMnO4 bilan yaxshilab yuvib, darhol tibbiy muassasaga murojaat etish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |