Epizootologiyasi. Quturish kasalligi bilan hamma turga mansub yovvoyi va uy hayvonlari xamda odamlar kasallanadi. Sovuq qonlilar esa kasallikka chalinmaydi. Yovvoyi hayvonlardan asosan go’shtxo’rlar (tulki, bo’ri, chiyabo’ri) ko’p kasallanadi, shu bilan birga kasallik kemiruvchi va ko’rshapalaklarda ham tez-tez uchrab turadi. Uy hayvonlaridan itlar, ayniqsa daydi it va mushuklar ko’p kasallanadi. Parrandalarda kasallikni sun’iy yo’l bilan qo’zg’atish mumkin, tabiiy holatda juda kam uchraydi.
Kasal hayvon kasallik qo’zg’atuvchi manba xisoblanadi. Virus kasal hayvon so’lagida kasallikning klinik belgisi namoyon bo’lishidan 8-10 kun oldin paydo bo’ladi. Kasallik asosan bevosita kontakt yo’li bilan yuqadi. Kuturgan hayvon sog’ hayvonni tishlaganda virus so’lak orqali sog’lom hayvonga o’tib, kasallik qo’zg’atadi. Hamma tishlangan hayvonlar ham kasallanavermaydi. Bu so’lakning organizmga tushishi, virusning soni va virulentligiga hamda tishlangan jarohatning xarakteri va topografik joylashishiga bogliq. Tishlanganda jarohatning chuqur bo’lishi va undan kam qon oqishi juda xavflidir. Nerv tolalarining tutamlari o’rnashgan joyidan tishlangandagi jarohat ham o’ta xavfli hisoblanadi. Ba’zan kasallik teri shilinganda, yorilganda, tirnalganda), ko’zning shilliq parda-si orqali ham yuqadi. Go’shtxo’r hayvonlar kasallikdan o’lgan hayvonning bosh va orqa miyasini yeganda ham kasallikni yuqtirishi mumkim. Lab va og’iz bo’shlig’i shilliq pardasining jarohatlangan joyi infeksiya darvozasi hisoblanadi. Tibbiyot ma’lumotlariga ko’ra, majburiy emlangan odamlarning 8-9 foizini asosan it tishlaganlar tashkil etadi.Kasallikning tarkalishida yovvoyi faunalar roli ham katta. Keyingi paytlarda kasallik ko’proq qorahayvonlar o’rtasida uchramoqda.Tabiatda tabiiy o’choq mavjud bo’lib, viruslar kemiruvchi va ko’rshapalaklar organizmida saqlanadi. Qon so’ruvchi ko’rshapalak vampirlar kasallik tarqatuvchi xavfli manba hisoblanadi. Quturish hozirgi kunda O’zbekistonnig hamma viloyat va tumanlarida hayvonlar orasida tez-tez qayd etilmoqda. Kasallik juda tez tarqalib bormokda. U odamlarda ham uchrab, o’limga sabab bo’lmoqda. Quturish chiqmagan tumanni topish qiyin bo’lib qoldi.
Patogenez. Organizmga tushgan virus nerv tolalariga o’rnashib olib, nerv stvoli orqali bosh va orqa miyaga qarab yuradi. Limfa-gematogen yo’l bilan ham yurishi mumkin. Virusning tirik to’qimaga o’tishida so’lak tarkibidagi shaluronilazaning ahamiyati katta. Virus bosh miyaga yetgach, nerv to’qimalarini jarohatlaydi, ko’payib rivojlanadi, periferik nerv orqali so’lak boshga o’tib, so’lak orqali tarqaladi. U nerv to’qimalariga ta’sir etib, ularni qitiqlaydi, so’ngra reflektor qo’zg’alish kuchayadi, tajovuzkorlik va vajohatlilik paydo bo’ladi. Keyin nerv to’qimalarida degenerasiya boshlanib, falajlikka olib keladi. Nafas muskullari falajlanib, asfiksiya natijasida kasallar halok bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |