Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha beshta muhim tashabbusning to’rtinchi tashabbusiga binoan “Yoshlar o’rtasida ma’naviyatni yuksatirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish'' maqsadida Urganch davlat universiteti Tabbiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi talabari o‘rtasida amalga oshirilgan ishlar
Bayonnomasi 16.12.2021 yil Urganch shahri Qatnashdilar: Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari Babadjanova Umida,
Allaberganova Farog’at, Jumaniyozova Malohat
Biologiya yo’nalishi II bosqich talabasi Karimova Gulnoza
III bosqich talabalalari Madaminov Sulaymon,
Nurullayev Davron, Ho’sinova Gulasal,
va III va II bosqich talablari.
KUN TARTIBIDA: “O’tkir Hosimov asarlari va ularni tahlil qilish“ mavzusida o’tkazilgan tadbir bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari haqida. Eshitildi: Kun tartibidagi O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”asari yuzasidan fakultet tyutorlari talabalarga muvafaqqiyatlar tiladilar, Mamlakatimiz va Prezidentimiz yoshlar uchun yaratib berayotgan sharoitlardan unumli foydalanish, bo’sh vaqtni foydali va mazmunli o’tkazish bo’yicha maslahatlar berildi. Talabalar o’rtasidan shunga o’xshash boshqa kitoblarni tahlil qilish bo’yicha ham tadbirlar o’tkazish, tadbirga boshqa fakultetlarni ham jalb qilish bo’yicha takliflar bildirildi.
"Dunyoning ishlari" — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi.
Jumladan 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada nashr etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Ushbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.
Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: "Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!"
Oʻtkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida shunday tariflagan: Bu qissa katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov 20-asr o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni va uslubiga ega boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham anashunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi.
Oʻtkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. Ushbu kitoblarning umumiy tiraji 2 million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Asarni tahlil qilish davomida Madaminov Sulaymon va Nurullayev Davron lar talabalar o’rtasida o’zaro hurmatni saqlash va badiiylikning saqlanishni nazorat qilib turdilar. Talabalar tadbir davomida badiiy asalar va ularni o’qishga, o’zaro fikr almashishga bo’lgan iliq qiziqishlarini ko‘rsatishdi.
Karimova Gulnoza va Ho’sinova Gulasallar ham tadbir davomida juda qiziqarli va maroqli suhbat namoyish etishdilar va boshqa fakultet talabalarini ham tadbirga jalb qilinishi yuzasida ishlar olib bordilar.
Guruh yig’ilishi qaror qiladi: Bugungi asar tahlili haqqoniy va qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Talaba yoshlar o‘trasida kitobxonlikni targ`ib qilish va shunga o’xshash muhokamlarni tashkillashtirish ishlari ham yo‘lga qo‘yilsin.
UrDU Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Babadjanova U.
UrDU Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Allaberganova F.
UrDU Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Jumaniyozova M.