O`tkir Hoshimov “Duyoning ishlari” qissasi (Mustaqil o`qish uchun tavsiya etilgan kitoblar turkumidan) Tuzuvchi: Rahmonov Nasriddin Turg`unali hoji o`g`li
O`tkir Hoshimov “Duyoning ishlari” qissasi (Mustaqil o`qish uchun tavsiya etilgan kitoblar turkumidan) Tuzuvchi: Rahmonov Nasriddin Turg`unali hoji o`g`li 1. “Dunyoning ishlari” qissasi “Po’st dumbali moshkichri” hikoyasida Naim sartarosh qishda nima kiyib yurar edi?
A) kuya yegan telpak B) dumaloq qozon nusxa baxmal do’ppi
C) qunduz yoqali palto D) tulki terisidan do’ppi
2. U tomdan varrak uchiraman deb yiqilib tushgan, shundan keyin biroz esini yo`qotgan. Uning yig`laganini hech kim biror marta ko`rmagan. Qachon qarasangiz, u iljayib turadi. Mahallada hamma ma’rakalarda samovarchilik qiladi. U g`alatiroq gapiradi, “z” va “s” ni aytolmaydi, “dz” va “ts” deydi. Muallifning onasi
(Poshsho aya) vafot etganda “Oyi!” “Oyi!” deya yer mushtlab ilk marotaba yig`lagan.
Ushbu parchada berilgan ma’lumot “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi qahramon haqida?
A) Shayx B) Toy C) Xo`ja D) Vali
3. Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam - onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Faqat ba'zilarining ismi o'zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog'langan.
Ushbu berilgan ma’lumotlar qaysi asar haqida?
A) Shuhrat “Oltin zanglamas” B) O`tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”
C) Said Ahmad “Ufq” D) Turob To`la “Yetti zog`ara qissasi”
4. ”Po’st dumbali moshkichri” hikoyasida Naim sartarosh yozda nima kiyib yurar edi?
A) kuya yegan telpak B) dumaloq qozon nusxa baxmal do’ppi
C) qunduz yoqali palto D) tulki terisidan do’ppi
5. “Dunyoning ishlari” asarining qaysi hikoyasi qahramoni kechalari oyga tikilib turib ohista quyidagi she’rni aytar edi?
Oymomaxon xulla, Qanotlari tilla. Subxon allo sizga, Umr bersin bizga...
A) “Alla” B) “Oy quyoshdan nur oladi” C) “ Ikki afsona” D) “Oq, oydin kechalar”
6. Akalari kinoga olib bormay aldab tashlab ketganida ham, o`rtog`i Qahramon teplitsa oynasini sindirib unga (muallifga) to`nkaganida ham, eng yaqin do`sti uning yo`qtirgan qizi bilan yurib ketganida ham onasi tasalli beradi. Ushbu mazmundagi voqealar “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada keltirilgan?
A) “Tasalli” B) “Imon” C) “Qanoat” D) “Xiyonat”
7. “Po’st dumbali moshkichri” hikoyasida Naim sartaroshning xotini beli og’rib qolganiga O’. Hoshimovning onasi qanday malham surishini aytadi?
A) qarg’aning miyasini B) kepak qizdirib bosishni
C) achchiqtosh bilan chayishni D) turshak ichishni
8. Bu hikoyada dunyodagi eng yaxshi, saxiy, mehribon chol va kampirning og`ir kechgan hayoti tasvirlanadi. Ular qishda ham, yozda ham mahalla bolalarini uyida yig`ib mehmon qilardi. Ularning Oltmishvoy degan o`g`li urushga ketib qaytib kelmaydi.
Ushbu mazmundagi voqealar “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada keltirilgan?
A) “Erman buvaning tilagi” B) “Oy quyoshdan nur oladi”
C) “Qarz” D) “Mening Acha xolam”
9. “Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham Ona − tabiatning eng buyuk ixtirosidir”.
Ushbu parcha O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan olingan?
A) “Haqqush” B) “Iltijo” C) “Qarz” D) “Alla”
10. ”Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi”. Ushbu parcha O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan olingan?
A) “Qarz” B) “Iltijo” C) “Alla” D) “Haqqush”
11. “Dunyoning ishlari” qissasidagi Onasining tilidan aytilgan “…notavon ko’ngilga qo’tir jomashov” iborasi qaysi hikoyada uchraydi?
A) “Bozor” B) “Iymon” C) “Po’st dumbali moshkichri” D) “Oltin baldoq”
12. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada “bu dunyoda kamsuqumgina yashagan, hech kimga ozor bermagan, hech kim bilan hech nimani talashmagan, umri so`ngida ham tabiatning eng shavqatsiz elchisi bilan ham olishib o`tirishni xohlamagan ona timsoli keltirilgan?
A) “Mahallaning shayxi” B) “O`ris bolaning oyisi”
C) “Tasalli” D) “Oq marmar, qora marmar”
13. “Qaysi kuni ishdan keyin moskvalik mehmonlarni aeroportga kuzatib qo'yadigan bo'ldim. Samolyot kechikib uchdi. Yarim kechada uyga qaytsam... hammayoq jimjit. Hamma o'z oromi bilan...
Tushimda onam chiroq ko'tarib yurganmish”. “Dunyoning ishlari” qissasidan keltirilgan ushbu parcha asardagi qaysi hikoyadan olingan?
A) “Alla” B) “Tush” C) “Tasalli” D) “Gilam paypoq”
14. Bu hikoyada muallifning onasi ammasining qistoviga binoan folbinga borib qo`shnisi Seokilli xolani o`g`riga chiqarib qo`yadi. Ammo onasining yo`qotgan narsasi keyin topilib rosa uyatga qoladi. Aybini yuvish uchun Sepkilli xolaning o`g`li – Hakimjonning to`yida (to`yga aytilmagan bo`lsa ham) astoydil xizmat qilib,
“Kelinsalom” marosimida kelinga qimmatbaho sovg`a beradi. Xullas, bu hikoyadan “folbinning gapiga kirib badnom bo`lib qolish, eng yomoni, begunoh insonlarning dilini jarohatlab qo`yish mumkin” , degan xulosa chiqarishimiz mumkin. Ushbu parchada “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoya haqida fikr yuritilgan?
A) “Qarz” B) “Oltin baldoq” C) “Kaltakesakning dumi” D) “Havas”
15. “Dunyoning ishlari” asarida “Po’st dumbali moshkichri” hikoyasidagi Naim sartaroshning kipriklari qanday rangda edi?
A) sariq B) qora C) ko’k D) jigarrang
16. «...dostondek o'qiladi. Uni o'qib o'z onalarimizni o'ylab ketamiz...» deb O'. Hoshimovning qaysi asari kim tomonidan shunday baholanadi?
A) M. Shayxzoda, «Bahor qaytmaydi». B) Said Ahmad, «Dunyoning ishlari». C) A. Oripov, «lkki eshik orasi». D) A. Qahhor, «Cho'l havosi».
17. Hakima aya qaysi asar qahramoni?
A) «Bahor qaytmaydi». B) «Dunyoning ishlari». C) «lkki eshik orasi». D) «Cho'l havosi».
18. Hatto farzandlari tufayli eridan kaltak yesa ham, oilasining sha’nini ko`zlab uyidagi muammolarga parda tutib yashovchi onaning tamoman aksi bo`lgan “ Hozir ham eri sal qovog`ini solsa, “melisa” bilan qo`rqitib, “o`n besh sutkani” pesh qiladigan ba’zi xotinlar”ni eslatuvchi, eri bilan janjallashib, uni to`xtamay qarg`ovchi qo`shni xotin – Kelinoyi obrazi “Dunyoning ishlari” asaridagi qaysi hikoyada uchraydi?
A) “Sovchilar” B) “Tasalli” C) “Qanoat” D) “Toy”
19. “Dunyoning ishlari” asari “Po’st dumbali moshkichri” hikoyasida kim birinchi o’qituvchilardan bo’lgan emish deyilgan?
A) Hakim B) Naim C) Yunus D) Ismoil
20. O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub eng ezgu, eng samimiy tuyg‘ular haqida, eng e'zozli zot - ona to‘g‘risida hikoya qiladigan asarni aniqlang.
A) «Inson sadoqati» B) «Tushda kechgan umrlar»
C) «Muhabbat» D) «Dunyoning ishlari»
21. “Dunyoning ishlari” qissasi “Oltin baldoq” hikoyasida bolakay nimaning tagida varrak yasab o’tirar edi?
A) o’rik B) bodom C) olcha D) gilos
22. “Dunyoning ishlari” qissasi “Po’st dumbali moshkichri” hikoyasida kimning 6 oyda “Haftiyak”ni tugata olmaganligi aytib o`tiladi?
A) Hakim B) Naim C) Yunus D) Ismoil
23. O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Gilam paypoq” degan qismda nima sababdan qarg‘a detali keltiriladi?
Onaning sovuq olgan oyog‘iga Xoji buvi qarg‘aning qonini surtish lozimligini tavsiya etadi
Ona o‘g‘liga fashistlarning qanday odam ekanligini quzg‘unning hayoti misolida tasvirlab beradi
Onaning sovuq olgan oyog‘iga Xoji buvi qarg‘aning miyasini surtishni aytadi
Ona tomonidan o‘z bolalaridan judo qilingan ona qarg‘aning faryodlari bayon qilingan mahzun hikoya bayon qilib beriladi
24. “Men turgan joyimda qotib qoldim. Onam yolg`on gapirardi. Yolg`on gapirardi-yu, negadir bu menga juda yoqar edi…” “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada muallif hatto farzandlari tufayli eridan kaltak yesa ham, oilasining sha’nini ko`zlab uyidagi muammolarga parda tutib yashovchi onaning tamoman aksi bo`lgan “ Hozir ham eri sal qovog`ini solsa, “melisa” bilan qo`rqitib, “o`n besh sutkani” pesh qiladigan ba’zi xotinlar”ni eslatuvchi, eri bilan janjallashib, uni to`xtamay qarg`ovchi qo`shni xotin – Kelinoyi haqida hikoya qiladi?
A) “Gilam paypoq” B) “Qarz” C) “Ermon buvaning tilagi” D) “Qanoat”
25. “Dunyoning ishlari” qissasi “Po’st dumbali moshkichri” hikoyasida bir qulog’i yo’q obraz kim edi?
A) Hakim B) Naim C) Yunus D) Ismoil
26. “Dunyoning ishlari” qissasi “Oltin baldoq” hikoyasida “kambag’albop kiyim”?
A) chiyduxoba B) yaktak C) ro’mol D) atlas ko’ylak
27. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasining qaysi hikoyasida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to‘lab bo‘lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi, onani qo‘msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg‘ulari g‘oyat samimiy tarzda tasvirlanadi?
A) “Alla” B) “Oq-oydin kechalar” C) “Iltijo” D) “Gilam paypoq”
Ilhaq va Is’hoq haqidagi cho’pchak “Dinyoning ishlari ” qissasidagi qaysi hikoyada keltirilgan? A) “Gilam paypoq” C) “Qarz” B) “Alla” D) “Haqqush”
“Yo'q, uni men yozganim yo'q. Uni siz yozgansiz. Men uni qog'ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o'qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi. Shundoq bo'lsayam, ularning hammasi Sizga o'xshashini xohlayman...” “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoya mana shunday yakunlanadi?
A) “Iltijo” C) “Tasalli” B) “Oq marmar, qora marmar” D) “Tush”
30. “Dunyoning ishlari” qissasi “Po’st dumbali moshkichri” hikoyasida Naim sartarosh bilan Moskovga borishga kim hamroh bo’lgan edi?
A) Hakim B) Naim C)Yunus D) Ismoil
31. “Dunyoning ishlari” qissasi “Oltin baldoq” hikoyasida bolakay kimning qulog’ini tishlab qo’ygan edi?
A) Nilufarni B) Saidani C) Nisoni D) Surayyoni
32. “Bahor devorlarning oftobro'ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor go'ristondan boshlanadi. Ilk maysalar mungli do'ppaygan qabrlar yonboshidan unib chiqadi. To'ng'ich chuchmomalar eng avval sukutga cho'mgan qabriston ustida mayus qo'ng'irog'ini chaladi. Bag'ri qon qizg'aldoqlar birinchi bo'lib mana shu yerda ochiladi”. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoya mana shunday boshlanadi?
A) “Iltijo” C) “Tasalli” B) “Oq marmar, qora marmar” D) “Tush”
33. O`tkir Hoshimovning qaysi asari mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan?
A) “Ikki eshik orasi” B) “Bahor qaytmaydi”
C) “Odamlar nima derkin D) “Dunyoning ishlari”
34. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Iltijo” hikoyasida o`g`il onasiga aytolmagan armonlarini qayerda aytib yuragini bo`shatib oladi?
Onasi yashagan xonadonda B) Onasining qabri ustida
O`g`lining nikoh to`yida D) Onasining rasmi oldida
35. “Dunyoning ishlari” qissasi “Po’st dumbali moshkichri” hikoyasida Naim sartarosh kimdan bedana sotib olgan edi?
A) Hakim B) Naim C) Yunus D) Ismoil 36. “Dunyoning ishlari” qissasida qaysi hikoyada tishi to’kilgan alyumin taroq, qo’l mashina kabi anjomlari 20 yildan beri sumkada joylashgan narsa-buyumi ishtirok etgan?
A) “Bozor” B) “Iymon” C) “Po’stdumbali moshkichri” D) “Oltin baldoq”
37. “Dunyoning ishlari” qissasida qaysi hikoyada onaning turmush o'rtog'idan shapaloq yegani va qo'shnisiga o'tin tegib ketdi deb yolg'on gapirganligi aytib o'tilgan?
A) "Tasalli" B)"Qanoat" C)"Surat" D)"Eng og'ir gunoh"
38. “Dunyoning ishlari” qissasi “Gilam paypoq” hikoyasida Kavkaz tomonlarda gilam paypoq qanday ataladi deyilgan?
A) jun paypoq B) juba C) jurabi D) B va C
39. “Dunyoning ishlari” qissasida keltirilgan “Alla” hikoyasida muallif qaysi millat ayollari allalarini eshitganligini eslaydi?
A) o`zbek, qirg`iz, sibirlik rus ayolning B) o`zbek, qozoq, sibirlik rus ayolning
C) o`zbek, qirg`iz, qozoq ayolning D) o`zbek, qirg`iz, fransuz ayolning
40. “Dunyoning ishlari” qissasi “Oltin baldoq” hikoyasidagi Saidaning dadasining ismi?
A) Ismoil B) Hakim C) Toy D) Shavkat
41. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada "Dunyoning ishlari doim shoshilinch" deyilgan?
A) "Tasalli" B) "Qanoat" C) "Surat" D) "Eng og'ir gunoh"
42. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Alla” hikoyasidan olingan parchani ko`rsating.
A) “Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alla... Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo'shilib bahor nafasiga to'lgan osmonda, qabriston yo'lkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi”. B) “Qabriston jimjit. Faqat yo'lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ularning mungli shivirlashi tilovat sadolariga qo'shilib, yurakni ezuvchi ohangga aylanadi...”
“Nimqorong'i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman. Goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. Beshik g'ichirlaydi. Ukam yig'lay boshlaydi. Oyim darrov uyg'onadi. Beshikni ohista tebratib, alla aytadi. Oyim ukamga alla aytadi-yu, ohangiga men uxlab qolaman...”
“Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo'lib uxlab qolardim. O'sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman”. 43. “Dunyoning ishlari” qissasida qariligidan quloqlari osilib qolgan, echkidekkina ozg`in eshakda turli narsalar sotadigan, qishin-yozin oyog`iga mahsi kiyib, telpagini bostirib yuradigan qop-qora chol qaysi hikoyada uchraydi?
A) “Ermon buvaning tilagi” B) “Kaltakesakning dumi”
C) “Bozor” D) “Pistachi”
44. "...onalarning biz tushunmaydigan, bizning o'lchovimizga sig'maydigan o'z olami borga o'xshaydi". Mazkur parcha “Dunyoning ishlari” qissasidadagi qaysi hikoyadan olingan?
A) "Bola yig'isi" B) "Oq, oydin kechalar" C) "Haqqush" D) "Ikki afsona"
45. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada bolasining tezroq tuzalishi uchun o`zining sarpoychanligini hatto o`z hayotini unutgan fidoiy ona timsoli yoritilgan?
A) "Bola yig'isi" B) "Gilam paypoq" C) "O`ris bolaning oyisi" D) "Ikki afsona"
46. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Oltin baldoq” hikoyasida Saidaning onasining ismi?
A) Sharopat B) Surayyo C) Niso D) Nilufar
47. “Dunyoning ishlari” qissasidagi "Surat" hikoyasida onasi qaysi so'zni xuddi qo'shninikiga chiqib kelaman degandek oddiy ohangda aytadi?
A) Suratga tushaylik B) Birpas o'tirgin.
C) Yaqinda men o'laman D) Shoshma, bolam
48. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Oltin baldoq” hikoyasida Saida lanka o’yinini o’ynayotganda kimning burnini qonatgan edi?
A) Ismoilning B) Hakimning C) Toyning D) Sharopatning
49. “Dunyoning ishlari” qissasidagi "Gilam paypoq" hikoyasida onasiga gilam paypoqni qayerdan olib kelar edi?
A) Erondan B) Kavkazdan C) Farg'onadan D) Namangandan
50. “Dunyoning ishlari” qissasidagi "Kitob" hikoyasida necha nusxasi onasiga bag'ishlanadi?
A) 60ming B) 50ming C) 30ming D) 100ming
51. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Oltin baldoq” hikoyasida onasining oltin baldog’i qaysi qulog’idan tushib qolgan edi?
A) o’ng B) ikkalasidan C) chap D) aytilmagan
52. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada oftob onaga qiyoslangan?
A) "Bola yig'isi" B) "Oq, oydin kechalar"
C) "Haqqush" D) "Ikki afsona"
53. “Dunyoning ishlari” qissasida kim qahramonning onasini "poshsho oyim" deb chaqirardi?
A) Shayx B) Toyir C) Damin D) Qahramon
54. “Dunyoning ishlari” qissasida O'.Hoshimovning bir partadosh do'sti kim bo'lgan?
A) Shayx B) Toyir C) Damin D) Qahramon
55. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada bodom daraxti tilga olingan?
A) "Bola yig'isi" B) "Oq, oydin kechalar" C) "Haqqush" D) "Ikki afsona"
56. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Oltin baldoq” hikoyasida zirakning yo’qolganini kimdan ko’rishadi?
A) Ismoildan B)Hakimdan C) Saidadan D) Sharopatdan
57. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada yong'oq mevasi tilga olingan?
A) "Tasalli" B) "Qanoat"
C) "Surat" D) "Eng og'ir gunoh"
58. "Ona uchun bolaning katta-kichigi bo'lmaydi. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo'lmas ekan" Ushbu go'zal ta'rif “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan olingan?
A) "Tasalli" B) "Qanoat"
C) "Surat" D) "Oq, oydin kechalar"
59. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada besh bolaning ko'rpadan bosh chiqarib yotishini inidan mo'ralagan qaldirg'och bolasiga qiyoslanadi?
A) "Bola yig'isi" B) "Oq, oydin kechalar"
C) "Haqqush" D) "Ikki afsona"
60. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Qarz” hikoyasida qizchaning ismi nima edi?
A) Nigina B) Nozima C) Nilufar D) Niso
61."Haqiqat havoga o'xshaydi. Nafas olib turasiz-u, o'zini ko'rmaysiz" ushbu ta'rif “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan olingan?
A) "Ikki afsona" B) "Toy" C) "Kitob" D) "Qanoat"
62. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Oltin baldoq” hikoyasida erkakcha yurish qiladigan, to’ylarda dutor chaladigan obraz?
A) Sharopat B) ammasi C) Zebi D) Saida
63. “Dunyoning ishlari” qissasidagi "Toy" hikoyasida Toyirning onasining ismi nima edi?
A) Nigina B) Vera C) Nilufar D) Niso
64. “Dunyoning ishlari” qissasidagi "Ikki afsona" hikoyasida farrosh kampirning ismi nima?
A) Nigina B) Vera C) Nilufar D) Niso
66. "...Onalar farzandlari hamisha birga bo'lishini istaydilar. Qismat esa, ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi"
Ushbu parcha “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan olingan?
A) "Bola yig'isi" B)"Oq, oydin kechalar"
C)"Haqqush" D)"Ikki afsona"
67. “Dunyoning ishlari” qissasidagi "Eng og'ir gunoh" hikoyasida tut daraxtining egasi kim edi?
A) Shayx B) Ermon C) Xo'ja D) Ahmad
68. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada Pushkin tilga olingan?
A) "Toy" B) "Xiyonat" C) "Bola yig'isi" D) "Gilam paypoq
69. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada asar qahramonining bir Tojikistonga, bir Turkmanistonga ketadigan Jahongir ismli do`sti uchraydi?
A) "Havas" B) "Xiyonat" C) "Bozor" D) "Imon”
70. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Surat” hikoyasida hikoya qahramoniga onasi “Qo`shninikiga chiqib kelaman” degandek ohangda aytgan gapini toping.
A) Kel, o`g`lim, suratga tushaylik. B) Yaqinda men o`laman.
C) O`tirsang-chi, bolam. Birpas o`tirgin. D) Bilasan-ku, jon bolam, kamuyqu bo`lib qolganman.