Qizilishton
Bola edim… Kuz edi… so’rida dars qilib yotibman. Ammam bir burchakda mudrab o’tiribdi...
Osmonda mezonlar uchadi. Qondek qizargan tok barglari ohista chayqaladi. O’rik xazonlari
unsiz pirpirab to’kiladi. Bog’ tomondan yakkash bir sado keladi: “tuk-tuk-tuk, tuk-tuk-tuk”.
G’ashga tegadi. Xayolingni qochiradi… oxiri bo’lmadi, ammamdan so’radim:
Nima, u, amma? Ammam chochib, ko’zini ochdi.
Nimani so’raysan, bolam? -Anavi to’qillatayotganni-da, nima o’zi? Ammam bir zum quloq solib
turdi. Keyin nosini tupurib, jilmaydi.
Qizilishton-ku! -Nega hadeb to’qillatadi? Jonga tegdi-ku?
Unaqa dema, bolam,- dedi ammam xo’rsinib.- Xudo uni shunga yaratgan, daraxtning qurtini yeb
tozalaydi...- Uzoq jim qoldi-da, qo’shib qo’ydi.- Qaniydi, Olloh odamzotning ko’nglidagi
qurtlarni tozalaydigan shundoq jonivor yaratsa. Hamma jannatga tusharmidi...
Do'stlaringiz bilan baham: |