Insoniyat orol emas, qit’a bo’lib yashashni o’rgansa, ko’p balolarning oldi olingan bo’lardi.
Baho
Odam bolasi elektr simi emaski, birini musbat, birini manfiy desang…
Hayot falsafasi
Munkillab qolgan ammam bo’lardi. O’ta xudojo’y kampir edi. Bolaligimda oldiga o’tkazib
qo’yib, bir gapni ko’p aytardi.
- U quloq, bu qulog’ing bilan ham eshitib ol, bolam. Odamning u yelkasida ham, bu yelkasida
ham bittadan farishta o’tiradi. O’ng yelkangdagi farishta umr bo’yi qilgan savob ishlaringni,
chap yelkangdagisi gunohlaringni hisoblab boradi. U dunyoga borganingda hisob-kitob qilib
ko’rishadi. Savobing ortiq bo’lsa, jannatga, gunohing ortiq bo’lsa, do’zaxga tushasan…
Savodsiz kampirning sodda falsafasida qanchalik chuqur ma’no borligini endi
tushunyapman.
Do'stlaringiz bilan baham: