Oʻtkinchi jarayonlar, oʻta kuvhlanish va izolyatsiya fanidan laboratoriya mashgʼulotlari mavjud fanlarning virtual laboratoriya yaratilishi uchun maʼlumot



Download 0,66 Mb.
bet7/7
Sana24.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#407517
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EE O\'tkinchi jarayonlar Виртуал лаборатория намуна жадвали

Yerga ulanish turlari




Izolyatsiyalangan:

Yerga tutashuvni neytrallagich:

Quyi qarshilik bilan yerga ulanish:

Nosozlik turi:

Yerga qisqa tutashuv

Yerga qisqa tutashuv

Yerga qisqa tutashuv

Shikastlanish toki:

quyi

quyi

yuqori

Uzib qoʻyish talab qilinadi

darhol emas

Nosozlik, odatda, mustaqil ravishda yoʻqoladi

darhol

Yerga tutashuv koeffisiyenti:

katta


katta

kichik

Daxl qilinmagan fazalarda kuchlanishning oshishi:

ha

ha

yoʻq

Izolyatsiyaga talablar:

yuqori


yuqori

quyi

1.12-rasm: Yerga ulanish oddiy usullarining afzalliklari va kamchiliklari.

Uskunalar roʻyxati va tajribani amalga oshirish

Miqdori

Toifa raqami

Nomi

1

74550

Uch fazali transformator TL380KV

1

74551

Elektr uzatish liniyasi (EUL) modeli 380 kV

1

74557

Yerga tutashuv Kompensatsiyasi

1

745561

Kuchli tok ulab-uzgich qurilmasi moduli







Qoʻshimcha qismlar

1

726256

Panel ramasi VT160, uch darajali

1

72675

FCCB bilan uch fazali ta’minot bloki

5

50059

10 ta xavfsizlik tiqin-qopqogʻidan iborat toʻplam, qora rangli

1

500591

Probka-tutashtirgichlar, sariq-yashil rangli, 10 donadan iborat toʻplam

1

500851

Himoyaviy biriktiruvchi simlar, 32 A, 32 donadan iborat toʻplam

1

500852

Himoyaviy biriktiruvchi sim, 32 A, sariq / yashil rangli, 10 dona







Qoʻshimcha ravishda quyidagilar tavsiya etiladi:

1

727100

CASSY quvvat tahlil qilgich

1

524220

CASSY Laboratoriya 2

Quyidagi rasmga muvofiq sxemani yigʻing.


Uch fazali transformatorda kuchlanishni UN - 15% miqdoriga oʻrnating. Shuni nazarda tutingki, ushbu tajribada neytral nuqtani ulash uchun tutashtirgichlar transformatorning ikkilamchi tomonida uzib qoʻyilgan boʻlishi kerak!

(Oddiylik uchun Kompensatsiya katushkasi shikastlanish joyiga oʻrnatiladi; amaliyotda u ta’minlovchi transformatorga oʻrnatiladi. Biroq oʻrnatilish joyi oʻlchovga ta’sir etmaydi.)

Kompensatsiya katushkasining kerakli induktivligini aniqlash uchun quyidagi miqdorlar uchun foydalaniladigan induktivlikka qarab yerga tutashuv qoldiq tokini oʻlchash kerak (yanada aniq oʻlchov natijalarini olish uchun mA oʻlchov diapazonli sezuvchan ampermetrdan foydalanish tavsiya etiladi).


L (mH)

720

1125

1445

1680

1805

2000

IE (A)




















Kompensatsiya katushkasining induktivlik funksiyasi sifatida yerga tutashuv qoldiq tokining egri chizigʻini tasvirlang:

Kompensatsiya katushkasi bu yerda foydalaniladigan uzatish liniyasi modeliga qanday miqdorda sozlangan? Natijani nazariyaga muvofiq kutish mumkin boʻlgan miqdor bilan solishtiring.



Natija:

Uzatish liniyasi modeliga sozlangan Kompensatsiya katushkasidan foydalangan holda, shikastlanish joyida yerga nisbatan ikkita ishga yaroqli fazaning kuchlanishini oʻlchang:

V2 = V U2 = V

Oʻlchangan kuchlanishlarni izolyatsiyalangan neytralli liniya yerga tutashuvida oʻlchangan kuchlanishlar bilan solishtiring, shuningdek yerga tutashuv koeffisiyentini aniqlang.



Natija:







Koʼrsatkichlar

IZOH

1

Laboratoriya nomi

NOSIMMETRIK QISQA TUTASHUVLARGA DOIR TAJRIBALAR. YERGA ULANISHLI VA ULANISHSIZ IKKI FAZALI QISQA TUTASHUV





2

Koʼrsatkichlar va parametrlari

Nosimmetrik qisqa tutashuvlarda oʻtish jarayoni

3

Ishlash printsipi

  • Sxema yigʻiladi

  • 110-220 kV kuchlanishli liniyalar uchun mos parametrlar beriladi

  • Fazalar aro q.t. oʻtish jarayonlari tahlil qilinadi

  • Tok va kuchlanishning vektor diagrammalari tahlil qilinadi




4

Ishlash algoritmi

Nosimmetrik qisqa tutashuvlarda qisqa tutashuv toklarini oʻlchash va natijalarni uch fazali tutashuv uchun natijalar bilan solishtirish.

5

Ishlash sxemasi




6

Rasmlari



7

*Laboratoriya mashgʼuloti fanidan tayyorlangan uslubiy ishlanma

NOSIMMETRIK QISQA TUTASHUVLARGA DOIR TAJRIBALAR. YERGA ULANISHLI VA ULANISHSIZ IKKI FAZALI QISQA TUTASHUV



Tajribadan koʻzlangan maqsad:

-Nosimmetrik qisqa tutashuvlarda qisqa tutashuv toklarini oʻlchash va natijalarni uch fazali tutashuv uchun natijalar bilan solishtirish.


Nazariy qism
Hisob-kitob maqsadlari uchun uch fazali tarmoq simmetrik yuklangan boʻlsa, uni bir fazali tarmoq bilan ifodalanishi mumkin (bu uch fazali qisqa tutashuv holatiga ham tegishlidir).

Nosimmetrik foydalanish sharoitlari (masalan, bir fazali yoki ikki fazali qisqa tutashuv) holatida sharoitlarning bir fazali tarmoq bilan ifodalanishi endi yetarli boʻlmaydi. Bunday holatlarda, hozirgi vaqtda, odatda, Forteskyu tomonidan ishlab chiqilgan hisob-kitob usuli – «simmetrik tarkibiy qismlar usuli»dan foydalaniladi. Bu yerda Nosimmetrik uch fazali tizim bir-biri bilan bogʻlanmagan simmetrik tizimlarga (tarkibiy qismlar tizimlariga) birlashtiriladi; unda keyinchalik standart hisob-kitoblar qoʻllanilishi mumkin.

Bir-biriga nisbatan 120 ° faza boʻyicha siljitilgan uch fazali ikkita natija beruvchi simmetrik tizim musbat faza va teskari faza deb ataladi. Uch tokli yoki bir xil fazali kuchlanishlarga ega uchinchi faza nol ketma-ketlik tizimi deb ataladi. Agar koʻrib chiqilayotgan uch fazali tizim teskari oʻtkazgichsiz uch simli tizim hisoblansa, nol ketma-ketlik tizimi har doim mavjud boʻlmaydi (yerga ulanish, yerga ulanish simi, kabel qobigʻi, nol sim).

Avval boshdan tarkibiy tizimlar oʻrtasida oʻzaro aloqa boʻlmaydi. Faqat Nosimmetrik nosozlik tufayli tegishli turdagi nosozlik uchun zanjirning xarakteristik ulanishi yuzaga keladi.

Simmetrik tarkibiy kuchlanishlarning boshqa simmetrik tarkibiy kuchlanishlar bilan bogʻlanishi quyidagi atamalarga olib keladi: bevosita ketma-ketlikning toʻliq qarshiligi, teskari ketma-ketlikning toʻliq qarshiligi va nol ketma-ketlikning toʻliq qarshiligi.

Bevosita ketma-ketlik toʻla qarshiligi


Fazalarning teskari ketma-ketligi toʻla qarshiligi Zg
Nol ketma-ketlik toʻla qarshiligi

Fazalarning bevosita ketma-ketligi tizimidan ta’minlanishda elektr bloki fazalarining bevosita ketma-ketlik toʻla qarshiligi Zm qisman faza kuchlanishi va oʻtkazgich tokini oʻz ichiga oladi. Bu uzatish liniyalari uchun ishchi qarshiligiga, transformatorlar va reaktor katushkalari uchun qisqa tutashuv qarshiligiga, generatorlar uchun esa – qisqa tutashuv paytida generatorning samarali toʻla qarshiligiga tengdir. Teskari ketma-ketlik qurilmasining toʻla qarshiligi Zg fazalarning teskari ketma-ketligi simmetrik tizimidan ta’minlanishda faza kuchlanishi va oʻtkazgich tokining nisbati hisoblanadi. Statik qurilmalar (masalan, liniyalar va transformatorlar) uchun fazalarning teskari ketma-ketligi toʻla qarshiligi musbat faza toʻla qarshiligiga teng, chunki fazalarning ketma-ketligi oʻtuvchi tok darajasiga ta’sir etmaydi.

Yuqorida qayd etilgan solishtirishlar yuzasidan qayd etishni istardikki, energetikada ishlatiladigan tarkibiy qismlarda impedans va reaktiv qarshilik oʻrtasida deyarli farq yoʻq, chunki bu yerda ekvivalent qarshiliklar, odatda, juda kichikdir.

Elektr qurilmaning nol ketma-ketligi toʻliq qarshiligi Zo, barcha uchta faza bitta oʻzgaruvchan kuchlanishga uzatilgan holatda, kuchlanishning tokka nisbati hisoblanadi. Qurilmaning uchta fazasi parallel boʻlib, ta’minlovchi simni tashkil etadi, toʻrtinchi sim esa (neytral sim, yerga ulanish, yerga ulanish simi, kabel qobigʻi, kabel zirhi) umumiy teskari liniya sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib, ushbu umumiy teskari liniya nol ketma-ketligi tokini uch marta oʻtkazadi. Matematik jihatdan quyidagi miqdor hosil boʻladi: (Zm = fazalar bevosita ketma-ketligining toʻliq qarshiligi, ZE = teskari liniyaning toʻliq qarshiligi).

Ushbu tavsifdan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: nol ketma-ketlikning toʻliq qarshiligi har doim qurilmaning yulduz bilan ulanishiga tegishli boʻladi. Uchburchak sxemasidagi uskuna nol ketma-ketlikning toʻliq qarshiligiga ega boʻlishi mumkin emas.

Qurilma fazasining nol ketma-ketlik toʻla qarshiligi va bevosita yoki teskari ketma-ketlik impedanslari oʻrtasida umumiy e’tirof qilingan oʻzaro bogʻliqlik mavjud emas. Uzatish liniyalarida, masalan, nol ketma-ketlikning toʻliq qarshiligi liniya turiga (havo elektr uzatish liniyasi yoki kabel), liniya tuzilishiga (yerga ulanish simi, kabel qobigʻi yoki zirhi), shuningdek teskari liniya funksiyasi bir qismini oʻziga oladigan yer oʻtkazuvchanligiga bogʻliq boʻladi.

Q uyida keltirilgan generator, transformator va uzatish liniyasidan iborat tarmoq qisqa tutashuvlarning alohida turlarini oʻrganish uchun asos hisoblanadi.

Liniyalarning ishchi sigʻimlari hisobga olinmasligi kerak. Yuqorida keltirilgan rasmda Z – neytral nuqtaning ulanish turiga qarab, 0 dan (bevosita yerga ulangan neytral nuqta) cheksiz songacha (muallaq neytral nuqta) miqdorli tarmoqning yerga ulanish toʻliq qarshiligi.

Qisqa tutashuvlarning alohida turlari uchun qisqa tutashuv toklarini aniqlash uchun simmetrik tarkibiy qism usuli qoʻllaniladi. Qisqa tutashuvning turiga qarab, tarkibiy qismlar darajasiga uzatishda tarkibiy qismlar tizimlari qanday tarzda bir-biri bilan bogʻlanishini belgilaydigan muayyan sharoitlar nazarda tutilishi mumkin. Generator kuchlanishi ham nosimmetrik yuklamalarda simmetrik boʻlib qoladi, ya’ni tarmoq asimmetriyasi faqat tegishli shikastlanish sababli yuzaga kelgan.

Shu sababli, generatorning samarali kuchlanishi tarkibiy qismlar tizimlarida faqat fazalarning bevosita ketma-ketlik tizimida paydo boʻladi, ayni paytda teskari va nol ketma-ketlik tizimlari esa ta’minot uzatmaydi. Qisqa tutashuvda mavjud kuchlanish boshlangʻich kuchlanish yoki E oraliq kuchlanish deb ataladi. Hisob-kitob vaqtida ishonch hosil qilish maqsadida, odatda, 1.1• Un/√3 (bir fazali ifodalanish) miqdoridan foydalaniladi.


Navbatdagi boʻlimlar qisqa tutashuvlarning ehtimoliy turlariga va ular boʻyicha aniqlanishi mumkin boʻlgan qisqa tutashuv miqdorlariga bagʻishlangan (bunda, koʻplab nosozliklar tekshiruvi koʻrib chiqilmaydi).

2-rasmda koʻrsatilganidek, ikki fazali (yoki ikki simli) yerga tutashuv uchun ikkita tashqi L2 va L3 oʻtkazgichlarning yerga ulanishi dastlabki shart hisoblanadi.

Shikastlanish tok miqdori uchun lE qisqa tutashuv nuqtasida quyidagi formulani hosil qilamiz:



Zm, Zg va Z0 qisqa tutashuv yoʻlida tarkibiy qismlar impedanslarining tegishli miqdorini oʻzi ichiga oladi. Shikastlanish joyida ishga yaroqli oʻtkazgichning kuchlanishi quyidagini tashkil etadi:



3-rasmda shikastlanish nuqtasida toklar va kuchlanishlarning holati koʻrsatilgan. Soddalashtirish uchun tarmoqning barcha ekvivalent qarshiliklariga e’tibor berilmaydi.

3-rasm: Ikki fazali yerga tutashuvda qisqa tutashuv nuqtasidagi toklar va kuchlanishlar uchun vektor diagrammalari.

Yerga ulanishsiz fazalararo tutashuv


Erga ulanishsiz fazalararo tutashuv uchun ikkita tashqi L2 va L3 oʻtkazgichlar oʻrtasida ulanish nazarda tutiladi. Nosoz simlar toklari uchun quyidagi formula amal qiladi:

Zm va Zg qisqa tutashuv yoʻlida tarkibiy qismlar impedanslarining tegishli miqdorlarini oʻz ichiga oladi. Shikastlanish joyida uchta oʻtkazgichning kuchlanishi quyidagi yerga nisbatan miqdorlarga muvofiqdir:





4-rasmda shikastlanish nuqtasida toklar va kuchlanishlarning holati sifatli koʻrsatilgan; soddalashtirish uchun tarmoqning barcha ekvivalent qarshiliklariga yana e’tibor berilmaydi.



4-rasm: Yerga ulanishsiz fazalararo tutashuv uchun qisqa tutashuv nuqtasida toklar va kuchlanishlar uchun vektor diagrammalari.



ISHNI BAJARISH TARTIBI


  1. Quyidagi rasmga muvofiq sxemani yigʻing.



  1. Eng avvalo, yerga ulanishli ikki fazali qisqa tutashuv tadqiq qilinadi. Tarkibiy qismlar haddan tashqari yuqori toklar ta’sirida qolishi tufayli, tajribani tez va faqat liniyaning butun uzunligi boʻylab oʻtkazing. Uch fazali transformatorda kuchlanishni UN - 15% miqdoriga oʻrnating.

  2. L1 va L2 simlarining qisman I1 va I2 qisqa tutashuv toklarini, shuningdek IK qisqa tutashuv tokini va yerga nisbatan L3 ishga yaroqli faza kuchlanishini oʻlchang:


IB = A IC = A ID = A UA = V

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Quyidagi savolga javob bering.

Nima uchun IK qisqa tutashuv toki ikkita qisman IB va IC qisqa tutashuv tokiga nisbatan kamroq?



Javob:_________________________________________________________ ________________________________________________________

  1. Toʻliq shikastlanish tokini oʻlchaydigan oldingi tajriba tartibotiga muvofiq zanjirdan ampermetrni uzib qoʻying.

Endi bu yerga ulanishsiz ikki fazali qisqa tutashuvni yuzaga keltiradi. Quyidagi miqdorlarni oʻlchang:

IB = A IC = A UA = V


  1. Ushbu ikki turdagi qisqa tutashuv uchun oʻlchangan miqdorlarni bir-biri bilan, shuningdek uch fazali qisqa tutashuv uchun miqdorlar bilan solishtiring va xulosalaringizni yozing

Xulosa:______________________________________________________________________________________________________________________







Koʼrsatkichlar

Izoh

1

Laboratoriya nomi

BIR FAZALI QISQA TUTASHUV





2

Koʼrsatkichlar va parametrlari

Bir fazali qisqa tutashuvlarda oʻtish jarayoni

3

Ishlash printsipi

  • Sxema yigʻiladi

  • 110-220 kV kuchlanishli liniyalar uchun mos parametrlar beriladi

  • Faza yer q.t. oʻtish jarayonlari tahlil qilinadi

  • Tok va kuchlanishning vektor diagrammalari tahlil qilinadi




4

Ishlash algoritmi

Nosimmetrik qisqa tutashuvlarda qisqa tutashuv toklarini oʻlchash va natijalarni uch fazali tutashuv uchun natijalar bilan solishtirish.

5

Ishlash sxemasi




6

Rasmlari



7

*Laboratoriya mashgʼuloti fanidan tayyorlangan uslubiy ishlanma

BIR FAZALI QISQA TUTASHUV




Tajribadan koʻzlangan maqsad:
-Nosimmetrik qisqa tutashuvlarda qisqa tutashuv toklarini oʻlchash va natijalarni uch fazali tutashuv uchun natijalar bilan solishtirish.
Nazary qism
Quyi qarshilikka ega yerga ulangan tarmoqda bir liniyali yerga ulanish uchun (yerga qisqa tutashuv) tashqi oʻtkazgich L1 va yer oʻrtasida tok oʻtkazuvchi birikma nazarda tutiladi. Qisqa tutashuv toki uchun quyidagi formula qoʻllaniladi:

1-rasmda yana bir marta shikastlanish nuqtasida toklar va kuchlanishlarning holati sifatli koʻrsatilgan; soddalashtirish uchun tarmoqning barcha ekvivalent qarshiliklariga bu yerda ham e’tibor berilmaydi.



1-rasm: Yerga tutashuvdan zanjirdagi tarkibiy qismlar uchun ekvivalent elektr sxemasi.



ISHNI BAJARISH TARTIBI

  1. Quyidagi rasmga muvofiq sxemani yigʻing.




  1. Eng avvalo, yerga ulanishli ikki fazali qisqa tutashuv tadqiq qilinadi. Tarkibiy qismlar haddan tashqari yuqori toklar ta’sirida qolishi tufayli, marhamat, tajribani tez va faqat liniyaning butun uzunligi boʻylab oʻtkazing. Uch fazali transformatorda kuchlanishni UN - 15% miqdoriga oʻrnating.

  2. Nosoz fazadagi Ik qisqa tutashuv tokini, shuningdek yerga nisbatan ikkita ishga yaroqli faza kuchlanishini oʻlchang:

IA = A UB = A UB2 = V

  1. Olingan natijalarga koʻra bir fazali qisqa tutashuv jaroyoni haqida olingan natijalarga asosan xulosa bildiring

Xulosa:

Izoh. Bu yerda taqdim qilingan natijalar qoʻshimcha shartlarsiz amaldagi tarmoqlarga qoʻllanilishi mumkin emas, chunki bu yerda biz yana oʻtuvchi jarayondan soʻng olingan oʻlchangan miqdorlarga va qayd etilgan ta’minot kuchlanishiga ega boʻldik.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish