Учтеpa tumani MTB tasarrufidagi 453-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish “Yo’l xaritasi” bo’yicha o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
O‘tkazilgan sana: 03.03.2022 yil
O‘tkazilgan joy: 453-DMTT musiqa xonasi
Qatnashdilar: N. X Xanturayeva- Tuman MTB mudir
F.Talipova-Tuman MTB
KUN TARTIBI:
8-mart–“Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Balli qizlar” ko‘ngilochar ma’naviy-ma’rifiy tadbirini, sport musobaqalarini uslubchilar ishtirokida tashkil etish.
Eshitildi: Seminarni tuman MTB mudir o‘rinbosari Djamilova Jamila Javlonovna ochib berib, yig‘ilganlarga kun tartibini o‘qib eshittirdi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman MTB sho‘ba mudiri F. B. Talipova so‘zga chiqib, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda futbol elementlari orqali harakat faolligini rivojlantirish bo‘yicha bosqichma-bosqich tushuntirish ishlari olib borilishi xaqida gapirib o‘tdi, shu bilan birga seminar rejasini tanishtirib o‘tdi;
1. Harakatli uyinlar orqali futbol elementlarini o‘rgatish;
2. Chigil yozda mashqlar;
3. Agar bola shug‘ullanishdan bosh tortsa nima qilish kerak;
4. Futbol usullarini mashg‘ulotlarda tadbiq etish;
5. Tarbiyalanuvchilar no’anaviy basketbol elementlarini amalda ko‘rsatish;
So‘ng so‘zga 453-sonli DMTT jismoniy tarbiya yo‘riqchisi D. M. Xudjumuratova so‘zga chiqib, bolalarga yoqadigan juda yaxshi uyin – “Mashinalar”. Mashinaga o‘tiramiz, kalitni buraymiz va birinchi tezlikda yurishni boshlaymiz, hamma to‘siqlarni sekin aylanib o‘tishadi, so‘ng bolalardan ikkinchi tezlikga o‘tishni so‘raymiz, bolalar o‘z navbatida tezroq xarakatlanishni boshlaydilar, keyin uchinchi tezlik, to‘rtinchi tezlik, so‘ng to‘satdan birinchi (bolalar turli tezlikda harakatlanishga va yugurish tempini o‘zgartirishga o‘rganadilar), bularning barchasi motorning quloqni qomatga keltiradigan ovozi bilan kuzatiladi. Bizning haydovchilarimiz biroz charchagandan keyin, yo‘riqchi ketma-ket qator boshiga turadi va ularni garajga yo‘naltiradi, motorni uchiramiz, kalitni qulfdan olamiz, rulni qoldiramiz va o‘z joylarimizga boramiz deb tushuntirib o‘tdi.
So‘ng so‘zga 453-DMTT psixologi N. I. Ganieva so‘zga chiqib, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun psixologik trening utkazdi. Unda J/T yurikchilari “O‘z o‘rningni top” trening o‘yinida “Lazgi” musiqa orqali obruchlardagi o‘rinlarini topishlari kerak. Ishtirokchilar yuqori kayfiyatda bajardilar va g‘olib aniqlandi.
Jismoniy tarbiya yurikchilarining fikr-muloxazalari tinglanib, so‘ng
Yig‘ilish qaror qabul kildi:
453-DMTTda o‘tkazilgan "Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda futbol elementlari orqali xarakat faolligini rivojlantirish” xamda "Minifutbol" mavzularida utkazilgan o‘quv amaliy seminar qoniqarli deb topilsin.
Yuqoridagi seminar mavzularidagi mashgulotlarni amaliy “Yozgi sog‘lomlashtirish” mavsumida tuliq amaliy tadbiq etilsin.
Mas’ul: DMTT jismoniy tarbiya yo‘riqchilari zimmasiga yuklatilsin.
DMTT direktori: Sh. M. Fayzieva
Kotiba: G. D. Abdullaeva
Do'stlaringiz bilan baham: |