Shifokor xatoliklari. Sabablari va manbalari. Yuqori maxsuslashtirilgan tibbiy xizmat sharoitida poliklinik
shifokor, klinistist, patologoanatom ishlarini aniq tashxisni erta aniqlash va kasallikni o’z vaqtida
davolashni integrastiya qilishga yo’nalgan bo’lish i kerak. Bu esa o’z navbatida shifokor xatoliklarini
kamaytirishga axolini tibbiy xizmatini yaxshilashga olib keladi. Bunga esa ma’noda sistematik
o’tkaziladigan klinik konferenstiya va davo nazorat komissiyasi ishlari yordam beradi. Ularning asosiy
vazifasiga klinik va seksion materiallarni xar tomonlama va ob’ektiv taxlilidan shifokor xatoliklarini
manbai va sababini aniqlash kiradi. Shifokor xatoliklari bu shifokorni o’zining kasbiy faoliyatida,
xatoliklaridir. «Shifokor xatosiga» tushunchasiga shifokor tomonidan xisobga olinmagan va to’xtatib
bo’lmaydigan xarakati kiradi. Shifokor xatosi - termini xar kungi tashxislash va davo ishlarida. Shu bilan
birga shifokor muolajalaridan keyingi natijalari yaxshi emasligi aniqlashda xam qo’llaniladi. Bu esa ayrim
xatoliklarda tibbiy-sud ekspertiza o’tkazishga sabab bo’lish i mumkin. Kasbiy xatoliklar boshqa
kasbdagilarga o’xshab xatoliklar kuzatiladi, lekin shifokor ishi katta sosial axamiyatga ega. Shifokor
xatoliklari xamma mutaxassis shifokor ishlarida uchratish mumkin, va ular shartli ravishda taktik va
texnik xatoliklarga ajratiladi. Qachon xatolik ko’tilganligiga qarab diagnostik, davolovchi va profilaktik
xatoga ajratiladi. Bizning davlatda shifokor xatoliklari doimo sog’liqni saqlash tashkilotlarni e’tibori ostida,
ular faqat tahlil qilmay, balki ularni kuzatilmasligiga choralar ko’radi. Shifokor xatoliklarini xarakterini va
analizlarini natijalarini o’rganish (N.I.Pirogov, M.I.Pavdeev, 1960; N.I.Krakovskiy, Yu.Ya.Greshman, 1959;
Yu.Ya.Greshman, 1981) Quyidagi klassifikastiyani taklif qiladi: 1. Diagnostik xatoliklar. 2. Davo choralari
bilan bog’liq xatoliklar. 3. Xatoliklarni organizastiyalash. 4. Tibbiy xujjatlarni yuritish xatoliklari. 5.
Davolovchi tashkilotlarda tibbiy personalli xulqini xatoliklari. 6. Profilaktik ishlarni o’tkazish bilan bog’liq
xatoliklar. 1. Tashkiliy xatoliklarga (jarroxlik amaliyotda 2-5% gacha K.N.Krakovskiy, Yu.Ya.Greshman,
1967) tashxisni aniqlash uchun noto’g’ri tanlangan tekshirish usuli va ularni natijalarini noto’g’ri
baxolanishi. Pediatriyada tashxis xatoliklar sababi bolalar organizmining o’ziga xosligiga, uning
noadekvat reaksiyasiga bog’liq bo’lish i mumkin. Masalan: yoshdagi bolalardagi pnevmoniyada o’pkadagi
maxalliy jarayon klinikasini umumiy belgi ustunligi bilan berkilib qoladi. U ichak to’tilishida, appendistitda
va boshqa kasalliklarda xam kuzatiladi. Ayrim paytlarda bolani gipokopaktiya sababli och qolganligi,
siydik ayirish sistemasidagi yallig’lanish prostessi, raxitni boshlangich bosqichida aniqlanmay qoladi.
Shuni e’tirof etish kerakki, stastionardagi 21% bemorlar to’lik tekshirilmaydi: 6% o’z vaqtida
tekshirilmaydi (E.A.Loginova, 1979). Patologoanatom xam xato tashxislar orasidagi farq 0,4-0,6% dan 2-
3%. Patologoanatom xatoliklari ob’ektiv va sub’ektiv xatoliklar bo’lish i mumkin. Ob’ektiv sabablarga: a)
to’liq va detalni ochish mumkin bo’lmaganda, b) mikroskopik va boshqa maxsus tekshiruvlar o’tkazish
sharoiti bo’lmaganda, v) qo’shimcha usullar bo’lmaganda (sitologik, mikroskopik, bakteriologik), g) klinik
ma’lumotlarni axamiyatga olmaganda, nekrotik o’zgarishlarda, patologoanatom ma’lumotlarni yuqori
baxolanishi va ularni tashxisga «yakinlashtirishga» urinish. Sub’ektiv sabablarga: 2. Davodagi xatoliklar
taktik va texniklarga ajratiladi. Davo taktik xatoliklar xamma shifokorlik xatoliklaridan jarroxlikda 20-25%
tashkil qiladi. Bu gruppaga: bemorni o’z vaqtida gospitalizastiya qilinmasligi, operastiyaga ko’rsatma va
qarshi ko’rsatma qo’yilishdagi xatoliklar, jarroxlik muolajalarni xajmi va vaqtida tanlashda, dorilarni
dozasini oshirmaslikda, ularni noto’g’ri berilishi, kerakli dorilarni qo’llanilmaganligi, va b. Davo texnik
xatoliklar instrumental, diagnostik va davolovchi muolajalarda kuzatiladi: jaroxatlarda va bo’shliqlarda
yot tanachalarni qolib ketishi, siydik pufagi devorini zararlanishi, turli operativ muolajalardan keyin
bachadon devorini zararlanishi. 3. Ko’p xollarda tashkiliy xatoliklar uchraydi, ularni axamiyat va xarakteri
turlicha bo’lib, aniq baxolanishi qiyinchilik tug’diradi. Misol bo’lib, «tez yordam» xizmatini amalga
oshmaganligi xisoblanadi. Bu xatoliklarga stasionar va poliklinika orasida aloqa yo’qligi, dispanser
kuzatuv etishmovchiliklari, kadrlarni noto’g’ri qo’yilishi, tibbiy xodimni o’z vazifalarini bajarishini yomon
nazorat qilinishi, bemorni ko’rigi va tezkor yordam ko’rsatish to’xtab qolishi, dorilar, qon bilan
ta’minlanishi etishmovchiliklari. 4. Tibbiy xujjat yuritishdagi xatoliklar. Stastionardagi bemorlarni tibbiy
kartasi, yorish protokoli, o’lganlarni ambulator kartasi taxlil qilinadi. Stastionardagi bemorni tibbiy
kartasini yuritishda quyidagi xatoliklar bo’lish i mumkin. a) klinik tashxisni noto’g’ri tuzilishi:
yozuvni
xunukligi (turli siyoxlar bilan yozilgan, yozuvini tushinarsizligi, so’zlarni qisqartirilganligi)
tashxisni
alohida bo’limlarini noto’g’ri joylashtirilishi
kasallik tashxisini nozologik shakllarsiz tuzilishi
tashxisni
asosiy kasalligi, yo’ldosh kasalligi va asorati bo’limlari yo’qligi.
asosiy kasallikni asosiy klinik belgilarini
patogenetik munosabati bilan almashtirilishi. b) kasallik dinamikasini rivojlanishdagi buzilishlari xar kungi
tekshiruvlar, maslaxatlar, konsiliumlar, ma’lumoti, epikrizni o’tish bosqichlarida kasallik kechuvini to’liq
berilmaganligi. v) o’tkazilgan laborator va maxsus tekshiruvlar etishmovchiliklari (rentgenoskopiya,
endoskopiya va boshqalar). g) klinik epikrizida kasallikni boshlanishi, kechuvi, rivojlanishi yaxshi
ko’rsatilmaganligi, o’limni bevosita sababi va rivojlanishi mexanizmini aniqmasligi. Yorish protokolini
to’ldirishda qo’yiladigan xatoliklar. 1. Yorish protokolini to’ldirishda qo’yiladigan xatoliklar. 2. A’zolarni
xajmiy va og’irlik ma’lumotlapni yoqligi. 3. Morfologik o’zgarishlarni to’lik tasnifi yo’qligi, bu esa klinik
anatomik solishtirishni qiyinlashtiradi. 4. Seksiya kartasini to’ldirganda va klinik anatomik tashxis
tuzganda xar xilligi sababini, kasallikni letal natijasidagi axamiyatini ko’rsatmasligi. 5. Davolovchi
tashkilotlarda tibbiy xodimni deontologiya prinsiplarini buzilishi. Patologoanatomga katta chidam va
muomala kerak chunki, u qarindoshlariga davo - diagnostikadagi xatoni ma’lum ob’ektiv sabab va
qiyinchiliklar yordami bilan oqlanganligini tushuntirish kerak. Davolovchi shifokor bemor o’limigacha
bo’lgan savollarga javob beradi, patologoanatom esa o’lim sababi to’g’risida gapiradi. 6. Profilaktik
choralar bilag bog’liq xatoliklar yildan - yilga katta axamiyat kasb qilmoqda/ Bizning mamlakatda shifokor
xatoliklarini kamaytirish maqsadida kliniko-anatomik konferenstiyalarda va davo nazorat komissiyasi
majlislarda taxlil qilish amaliyoti keng yo’lga qo’yilgan. Bu majlislar shifokor kvalifikastiyasini oshirmoqda,
kasalxonani davo-diagnostik va profilaktik ishlarini organizastiyasida «sust joyini» aniqlamoqda. Kliniko-
patologoanatomik konfekrenstiya inisiatori I.V.Davidovskiydir. Sistematik o’tkaziluvchi kliniko-
patoanatomik konferenstiyalar oldiga quyidagi vazifalarni quyadi: a) davo profilaktik tashkilotlarda
shifokor kvalifikastiyasini oshirish va klinik tashxis sifatini yaxshilash va bemorlarni klinisisitlar,
patologoanatomlar, kasalxona administrastiyasi, bilan klinik taxlil va sekstion ma’lumotlarni muxokama
qilish. B) xamma tibbiy yordam ko’rsatiladigan etaplarda tashxisdagi va davodagi xato sababi va
manbaini aniqlash, organizastion xarakterli etishmovchiligi o’z vaqtitda gospitalizastiya qilish, yordamchi
xizmatlardagi (rentgenologik, laborator, funkstional diagnostik va boshqalar) ishdagi etishmovchiliklarni
aniqlash. Kliniko-anatomik konferenstiyada muxokama qilinadi:
klinik va patologoanatomik tashxislarni
xamma mos kelmagan xolatlar,
ilmiy amaliyotda muhim bo’lgan kuzatuvlar,
kasallikngi uziga xos
kechganlarini va kuzatuvlarini,
«dori» kasallik xolatlari va kasallikni patomorfozi,
jarroxlik diagnostik
va terapevtik muolajalardan o’tgan bemorlar, ayniqsa, shoshilinch gospitalizastiya qilinganlari,
o’tkir
infeksion kasalliklar,
kech tashxislangan xolatlar, tashxislar uchun qiyin kasallik tushunarsiz xolat,
qo’shimcha muloxaza talab qiladi. Klinik-patologoanatomik konferenstiyada operativ olingan a’zo va
bioptat tekshiruv natijalarini taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi xolatlarni taxlil qilish
asosiy axamiyat kasb etadi: 1. Operastiyagacha tashxisni noto’g’riligi. 2. Patologik o’choqni, o’smani
noradikal olinishi 3. Kerak emas yoki o’z vaqtida bo’lmagan jarroxlik muolaja. 4. Patologik tekshiruvga
olingan material va biopsiya noto’g’ri olinishi. 5. Kazuistik xolatlar. Klinik-patologoanatomik
konferenstiya klinik va patologoanatomik tashxisni xar xillik kategoriyasini aniqlash kerak, bu xolatda
quyidagilardan foydalanish kerak. 1. Oldingi bosqichlarda kasallik aniqlanmagan, xozirgi davo profilaktik
tashkilotda to’g’ri tashxisni quyish mumkin bo’lmaydi. Bemorni axvoli og’irligi sabab bo’ladi. Patologik
xolat tarqoqligi, davolash muassasida bemorni qisqa vaqt bo’lishi. 2. Quyidagi davo profilaktikada
kasalliklarni aniqlab bo’lmaydi, bunda bemorni tekshiruvida etishmovchiliklarni, kerakli tashxislarni
yo’qligi sabab bo’ldi. Bunda to’g’ri tashxis kasallik natijasida kerakli ta’sir ko’rsatmasa xam, to’g’ri tashxis
qo’yilishi shart. 3. Noto’g’ri tashxis to’g’ri davo taktikasiga olib keldi, bu esa o’limni natijaga olib kelishga
muhim rol o’ynaydi. Faqat 2 va 3 kategoriyadagi klinik va patologoanatomik tashxisni xar xilligi bemorga
kasalligini erta davrda tibbiy yordam ko’rsatgan davo diagnostik tashkilotga bog’liq bo’ladi. Diagnostik
xatoliklarni ob’ektiv sababi: 1. Davolovchi tashkilotda bemorni qisqa vaqt bo’lish i (24 soatgacha). 2.
Bemorni axvoli og’irligi sababli tekshiruv o’tkazish qiyinligi yoki mumkin emasligi. 3. Prostessni atipik
rivojlanishi va kechishi. 4. Kasallik yaxshi o’rganilmaganligi sababli. 5. Bemorni yaxshi tekshirilmaganligi 6.
Anatomik ma’lumotlarni e’tiborga olinmaganligi. 7. Klinik, laborator va rentgenologik ma’lumotlarni
baxolanmaganligi 8. Konsultantlarni tashxisni baxxolanmaganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |