O’tkaziladigan klinik konferenstiya va davo nazorat komissiyasi ishlari yordam beradi. Ularning asosiy



Download 213,19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2022
Hajmi213,19 Kb.
#756240


Shifokor xatoliklari. Sabablari va manbalari. Yuqori maxsuslashtirilgan tibbiy xizmat sharoitida poliklinik 
shifokor, klinistist, patologoanatom ishlarini aniq tashxisni erta aniqlash va kasallikni o’z vaqtida 
davolashni integrastiya qilishga yo’nalgan bo’lish i kerak. Bu esa o’z navbatida shifokor xatoliklarini 
kamaytirishga axolini tibbiy xizmatini yaxshilashga olib keladi. Bunga esa ma’noda sistematik 
o’tkaziladigan klinik konferenstiya va davo nazorat komissiyasi ishlari yordam beradi. Ularning asosiy 
vazifasiga klinik va seksion materiallarni xar tomonlama va ob’ektiv taxlilidan shifokor xatoliklarini 
manbai va sababini aniqlash kiradi. Shifokor xatoliklari bu shifokorni o’zining kasbiy faoliyatida, 
xatoliklaridir. «Shifokor xatosiga» tushunchasiga shifokor tomonidan xisobga olinmagan va to’xtatib 
bo’lmaydigan xarakati kiradi. Shifokor xatosi - termini xar kungi tashxislash va davo ishlarida. Shu bilan 
birga shifokor muolajalaridan keyingi natijalari yaxshi emasligi aniqlashda xam qo’llaniladi. Bu esa ayrim 
xatoliklarda tibbiy-sud ekspertiza o’tkazishga sabab bo’lish i mumkin. Kasbiy xatoliklar boshqa 
kasbdagilarga o’xshab xatoliklar kuzatiladi, lekin shifokor ishi katta sosial axamiyatga ega. Shifokor 
xatoliklari xamma mutaxassis shifokor ishlarida uchratish mumkin, va ular shartli ravishda taktik va 
texnik xatoliklarga ajratiladi. Qachon xatolik ko’tilganligiga qarab diagnostik, davolovchi va profilaktik 
xatoga ajratiladi. Bizning davlatda shifokor xatoliklari doimo sog’liqni saqlash tashkilotlarni e’tibori ostida, 
ular faqat tahlil qilmay, balki ularni kuzatilmasligiga choralar ko’radi. Shifokor xatoliklarini xarakterini va 
analizlarini natijalarini o’rganish (N.I.Pirogov, M.I.Pavdeev, 1960; N.I.Krakovskiy, Yu.Ya.Greshman, 1959; 
Yu.Ya.Greshman, 1981) Quyidagi klassifikastiyani taklif qiladi: 1. Diagnostik xatoliklar. 2. Davo choralari 
bilan bog’liq xatoliklar. 3. Xatoliklarni organizastiyalash. 4. Tibbiy xujjatlarni yuritish xatoliklari. 5. 
Davolovchi tashkilotlarda tibbiy personalli xulqini xatoliklari. 6. Profilaktik ishlarni o’tkazish bilan bog’liq 
xatoliklar. 1. Tashkiliy xatoliklarga (jarroxlik amaliyotda 2-5% gacha K.N.Krakovskiy, Yu.Ya.Greshman, 
1967) tashxisni aniqlash uchun noto’g’ri tanlangan tekshirish usuli va ularni natijalarini noto’g’ri 
baxolanishi. Pediatriyada tashxis xatoliklar sababi bolalar organizmining o’ziga xosligiga, uning 
noadekvat reaksiyasiga bog’liq bo’lish i mumkin. Masalan: yoshdagi bolalardagi pnevmoniyada o’pkadagi 
maxalliy jarayon klinikasini umumiy belgi ustunligi bilan berkilib qoladi. U ichak to’tilishida, appendistitda 
va boshqa kasalliklarda xam kuzatiladi. Ayrim paytlarda bolani gipokopaktiya sababli och qolganligi, 
siydik ayirish sistemasidagi yallig’lanish prostessi, raxitni boshlangich bosqichida aniqlanmay qoladi. 
Shuni e’tirof etish kerakki, stastionardagi 21% bemorlar to’lik tekshirilmaydi: 6% o’z vaqtida 
tekshirilmaydi (E.A.Loginova, 1979). Patologoanatom xam xato tashxislar orasidagi farq 0,4-0,6% dan 2-
3%. Patologoanatom xatoliklari ob’ektiv va sub’ektiv xatoliklar bo’lish i mumkin. Ob’ektiv sabablarga: a) 
to’liq va detalni ochish mumkin bo’lmaganda, b) mikroskopik va boshqa maxsus tekshiruvlar o’tkazish 
sharoiti bo’lmaganda, v) qo’shimcha usullar bo’lmaganda (sitologik, mikroskopik, bakteriologik), g) klinik 
ma’lumotlarni axamiyatga olmaganda, nekrotik o’zgarishlarda, patologoanatom ma’lumotlarni yuqori 
baxolanishi va ularni tashxisga «yakinlashtirishga» urinish. Sub’ektiv sabablarga: 2. Davodagi xatoliklar 
taktik va texniklarga ajratiladi. Davo taktik xatoliklar xamma shifokorlik xatoliklaridan jarroxlikda 20-25% 
tashkil qiladi. Bu gruppaga: bemorni o’z vaqtida gospitalizastiya qilinmasligi, operastiyaga ko’rsatma va 
qarshi ko’rsatma qo’yilishdagi xatoliklar, jarroxlik muolajalarni xajmi va vaqtida tanlashda, dorilarni 
dozasini oshirmaslikda, ularni noto’g’ri berilishi, kerakli dorilarni qo’llanilmaganligi, va b. Davo texnik 
xatoliklar instrumental, diagnostik va davolovchi muolajalarda kuzatiladi: jaroxatlarda va bo’shliqlarda 
yot tanachalarni qolib ketishi, siydik pufagi devorini zararlanishi, turli operativ muolajalardan keyin 
bachadon devorini zararlanishi. 3. Ko’p xollarda tashkiliy xatoliklar uchraydi, ularni axamiyat va xarakteri 
turlicha bo’lib, aniq baxolanishi qiyinchilik tug’diradi. Misol bo’lib, «tez yordam» xizmatini amalga 
oshmaganligi xisoblanadi. Bu xatoliklarga stasionar va poliklinika orasida aloqa yo’qligi, dispanser 
kuzatuv etishmovchiliklari, kadrlarni noto’g’ri qo’yilishi, tibbiy xodimni o’z vazifalarini bajarishini yomon 
nazorat qilinishi, bemorni ko’rigi va tezkor yordam ko’rsatish to’xtab qolishi, dorilar, qon bilan 
ta’minlanishi etishmovchiliklari. 4. Tibbiy xujjat yuritishdagi xatoliklar. Stastionardagi bemorlarni tibbiy 
kartasi, yorish protokoli, o’lganlarni ambulator kartasi taxlil qilinadi. Stastionardagi bemorni tibbiy 


kartasini yuritishda quyidagi xatoliklar bo’lish i mumkin. a) klinik tashxisni noto’g’ri tuzilishi: 

yozuvni 
xunukligi (turli siyoxlar bilan yozilgan, yozuvini tushinarsizligi, so’zlarni qisqartirilganligi) 

tashxisni 
alohida bo’limlarini noto’g’ri joylashtirilishi 

kasallik tashxisini nozologik shakllarsiz tuzilishi 

tashxisni 
asosiy kasalligi, yo’ldosh kasalligi va asorati bo’limlari yo’qligi. 

asosiy kasallikni asosiy klinik belgilarini 
patogenetik munosabati bilan almashtirilishi. b) kasallik dinamikasini rivojlanishdagi buzilishlari xar kungi 
tekshiruvlar, maslaxatlar, konsiliumlar, ma’lumoti, epikrizni o’tish bosqichlarida kasallik kechuvini to’liq 
berilmaganligi. v) o’tkazilgan laborator va maxsus tekshiruvlar etishmovchiliklari (rentgenoskopiya, 
endoskopiya va boshqalar). g) klinik epikrizida kasallikni boshlanishi, kechuvi, rivojlanishi yaxshi 
ko’rsatilmaganligi, o’limni bevosita sababi va rivojlanishi mexanizmini aniqmasligi. Yorish protokolini 
to’ldirishda qo’yiladigan xatoliklar. 1. Yorish protokolini to’ldirishda qo’yiladigan xatoliklar. 2. A’zolarni 
xajmiy va og’irlik ma’lumotlapni yoqligi. 3. Morfologik o’zgarishlarni to’lik tasnifi yo’qligi, bu esa klinik 
anatomik solishtirishni qiyinlashtiradi. 4. Seksiya kartasini to’ldirganda va klinik anatomik tashxis 
tuzganda xar xilligi sababini, kasallikni letal natijasidagi axamiyatini ko’rsatmasligi. 5. Davolovchi 
tashkilotlarda tibbiy xodimni deontologiya prinsiplarini buzilishi. Patologoanatomga katta chidam va 
muomala kerak chunki, u qarindoshlariga davo - diagnostikadagi xatoni ma’lum ob’ektiv sabab va 
qiyinchiliklar yordami bilan oqlanganligini tushuntirish kerak. Davolovchi shifokor bemor o’limigacha 
bo’lgan savollarga javob beradi, patologoanatom esa o’lim sababi to’g’risida gapiradi. 6. Profilaktik 
choralar bilag bog’liq xatoliklar yildan - yilga katta axamiyat kasb qilmoqda/ Bizning mamlakatda shifokor 
xatoliklarini kamaytirish maqsadida kliniko-anatomik konferenstiyalarda va davo nazorat komissiyasi 
majlislarda taxlil qilish amaliyoti keng yo’lga qo’yilgan. Bu majlislar shifokor kvalifikastiyasini oshirmoqda, 
kasalxonani davo-diagnostik va profilaktik ishlarini organizastiyasida «sust joyini» aniqlamoqda. Kliniko-
patologoanatomik konfekrenstiya inisiatori I.V.Davidovskiydir. Sistematik o’tkaziluvchi kliniko-
patoanatomik konferenstiyalar oldiga quyidagi vazifalarni quyadi: a) davo profilaktik tashkilotlarda 
shifokor kvalifikastiyasini oshirish va klinik tashxis sifatini yaxshilash va bemorlarni klinisisitlar, 
patologoanatomlar, kasalxona administrastiyasi, bilan klinik taxlil va sekstion ma’lumotlarni muxokama 
qilish. B) xamma tibbiy yordam ko’rsatiladigan etaplarda tashxisdagi va davodagi xato sababi va 
manbaini aniqlash, organizastion xarakterli etishmovchiligi o’z vaqtitda gospitalizastiya qilish, yordamchi 
xizmatlardagi (rentgenologik, laborator, funkstional diagnostik va boshqalar) ishdagi etishmovchiliklarni 
aniqlash. Kliniko-anatomik konferenstiyada muxokama qilinadi: 

klinik va patologoanatomik tashxislarni 
xamma mos kelmagan xolatlar, 

ilmiy amaliyotda muhim bo’lgan kuzatuvlar, 

kasallikngi uziga xos 
kechganlarini va kuzatuvlarini, 

«dori» kasallik xolatlari va kasallikni patomorfozi, 

jarroxlik diagnostik 
va terapevtik muolajalardan o’tgan bemorlar, ayniqsa, shoshilinch gospitalizastiya qilinganlari, 

o’tkir 
infeksion kasalliklar, 

kech tashxislangan xolatlar, tashxislar uchun qiyin kasallik tushunarsiz xolat, 
qo’shimcha muloxaza talab qiladi. Klinik-patologoanatomik konferenstiyada operativ olingan a’zo va 
bioptat tekshiruv natijalarini taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi xolatlarni taxlil qilish 
asosiy axamiyat kasb etadi: 1. Operastiyagacha tashxisni noto’g’riligi. 2. Patologik o’choqni, o’smani 
noradikal olinishi 3. Kerak emas yoki o’z vaqtida bo’lmagan jarroxlik muolaja. 4. Patologik tekshiruvga 
olingan material va biopsiya noto’g’ri olinishi. 5. Kazuistik xolatlar. Klinik-patologoanatomik 
konferenstiya klinik va patologoanatomik tashxisni xar xillik kategoriyasini aniqlash kerak, bu xolatda 
quyidagilardan foydalanish kerak. 1. Oldingi bosqichlarda kasallik aniqlanmagan, xozirgi davo profilaktik 
tashkilotda to’g’ri tashxisni quyish mumkin bo’lmaydi. Bemorni axvoli og’irligi sabab bo’ladi. Patologik 
xolat tarqoqligi, davolash muassasida bemorni qisqa vaqt bo’lishi. 2. Quyidagi davo profilaktikada 
kasalliklarni aniqlab bo’lmaydi, bunda bemorni tekshiruvida etishmovchiliklarni, kerakli tashxislarni 
yo’qligi sabab bo’ldi. Bunda to’g’ri tashxis kasallik natijasida kerakli ta’sir ko’rsatmasa xam, to’g’ri tashxis 
qo’yilishi shart. 3. Noto’g’ri tashxis to’g’ri davo taktikasiga olib keldi, bu esa o’limni natijaga olib kelishga 
muhim rol o’ynaydi. Faqat 2 va 3 kategoriyadagi klinik va patologoanatomik tashxisni xar xilligi bemorga 


kasalligini erta davrda tibbiy yordam ko’rsatgan davo diagnostik tashkilotga bog’liq bo’ladi. Diagnostik 
xatoliklarni ob’ektiv sababi: 1. Davolovchi tashkilotda bemorni qisqa vaqt bo’lish i (24 soatgacha). 2. 
Bemorni axvoli og’irligi sababli tekshiruv o’tkazish qiyinligi yoki mumkin emasligi. 3. Prostessni atipik 
rivojlanishi va kechishi. 4. Kasallik yaxshi o’rganilmaganligi sababli. 5. Bemorni yaxshi tekshirilmaganligi 6. 
Anatomik ma’lumotlarni e’tiborga olinmaganligi. 7. Klinik, laborator va rentgenologik ma’lumotlarni 
baxolanmaganligi 8. Konsultantlarni tashxisni baxxolanmaganligi. 

Download 213,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish