1. Balandlikdan gorizontal otilgan jismning gorizontal ko’chishi otilish balandligidan ikki marta katta bo’lishi uchun uni qanday boshlang’ich tezlik bilan otish kerak?
(Otilish balandligi h ga teng).
2. Agar disk aylanganda eng chekkadagi nuqtalarning tezligi 6 m/s, ulardan markazga 15 sm yaqin masofada bo’lgan nuqtalar tezligi esa 5,5 m/s bo’lsa, diskning radiusini toping (m).
A) 0,9 B) 1,8
C) 2,4 D) 0,84
3. 2 t massaga ega bo’lgan avtomobil 1 m/s2 tezlanish bilan harakat qilmoqda. Massasi 70 kg bo’lgan odam o’rindiq suyanchig’iga qanday F kuch bilan bosadi (kN)?
A) 20,7 B) 0,7
C) 0,07 C) 28,7
4. Qo’zg’almas blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga 3 kg va 7 kg massaga ega bo’lgan ikkita yuk osilgan. Yengil yuk og’iridan 2 m pastroqda joylashgan. Yuklar boshlang’ich tezliksiz harakatga keltirilgandan qanday t vaqtdan keyin ular bir hil balandlikda bo’ladi (s)?
A) 0,7 B) 2,3
C) 2,5 D) 1,1
5. 2,5 kg massali to’p 5 m balandlikdan erkin tusha boshladi. Agar u yerga urilgandan keyin 3,2 m balandlikka qayta ko’tarilgan bo’lsa, sharcha harakat miqdorining yerga o’zgarish paytidagi o’zgarishini toping (kg∙m/s).
A) 20 B) 25
C) 12,5 D) 5
6. Muayyan tezlik bilan uchib kelayotgan o’q qum to’ldirilgan qopga tegadi va uning ichiga 15 sm chuqurlikka kiradi. O’qning harakat tezligi ikki marta katta bo’lganida u qanday chuqurlikka kirar edi?
A) 60 B) 15
C) 7,5 D) 30
7. 5 kg massaga ega bo’lgan tosh biror balandlikdan erkin tushdi. Agar tushish 2 s davom etgan bo’lsa, tosh o’tgan yo’lning o’rtasidagi nuqtada uning kinetik energiyasi qanday bo’ladi (J)?
A) 750 B) 500
C) 125 D) 1000
8. Agar Oyning radiusi 1760 km, Oyda erkin tushish tezlanishi Yerdagidan 6 marta kichik bo’lsa, Oy sirtidagi birinchi kosmik tezlikni toping (km/s). (gyer=9,8 m/s2).
A) 1,7 B) 1,3
C) 0,79 D) 1,25
9. Suv to’ldirilgan hovuzga balandligi 1 m bo’lgan silindrik idish to’nkarilgan holda tushirilgan. Bu idish zichligi 900 kg/m3 bo’lgan yog’ bilan to’ldirilgan. Silindrning pastki ochiq tomoni hovuzdagi suv sirtidan 3 m chuqurlikda joylashgani ma’lum bo’lsa, idishning tubidagi bosimni toping (kPa).
(P0=105 Pa).
A) 39 B) 103
C) 121 D) 103,5
10. Bir toy paxtaning havodagi og’irligi 150 N. Toydagi paxtaning zichligi 0,84 g/sm3, havoning zichligi esa 0,0013 g/sm3 bo’lsa, toyning vakuumdagi og’irligini aniqlang (N).
(g=9,8 m/s2).
A) 149,23 B) 150
C) 150,2 D) 152,3
11. Uzunligi L ga teng bo’lgan matematik mayatnik vertikal devor yaqinida tebranadi. Mayatnik osilgan nuqtaning tagida undan L/2 masofada devorga mix qoqilgan. Mayatning tebranish davri T ni toping.
12. Po’latda tarqalayotgan tovush to’lqinining fazasi 900 ga farq qiladigan eng yaqin nuqtalari orasidagi masofa 1,54 m ni tashkil etsa, tovush to’lqinlari chastotasini aniqlang (Gs). P’olatda tovush to’lqinlarining tarqalish tezligi 5000 m/s.
A) 923,5 B) 250
C) 1003,56 D) 811,7
13. Massasi 66 g bo’lgan suvning temperaturasini aniqlash uchun unga termometr tushirildi, termometr 32,40C ni ko’rsatdi. Agar termometrning issiqlik sig’imi 1,9 J/K va suvga tushirilmasdan oldin u 17,80C xona temperaturasini ko’rsatgan bo’lsa, suvning haqiqiy temperaturasi qanday bo’lgan (0C)?
A) 25,1 B) 31,2
C) 33,4 D) 32,5
14. O’zgarmas bosimda gazning harorati 270C dan 390C gacha orttirildi. Bunda gazning hajmi necha foizga ortgan?
A) 96% B) 12%
C) 4% D) 312%
15. 20 l sig’imli ballonda 830 kPa bosim ostida va 170C temperaturada turgan vodorodning massasini aniqlang (g)?
A) 13,8 B) 2
C) 2,6 D) 8,3
16. Kattaligi bir hil, ishoralari esa turlicha bo’lgan 1,8∙10—8 Kl zaryadlar teng tomonli uchburchakning ikki uchiga joylashgan. Uchburchakning tomoni 2 m. Uchburchakning uchinchi uchidagi elektr maydon kuchlanganligi aniqlang (V/m).
A) 56,7 B) 70,06
C) 40,5 D) 0
17. Ikki parallel plastinkadan iborat kondensator 5 pF sig’imga ega. Agar uning plastinkalari orasidagi potensiallar farqi 1000 V ga teng bo’lsa, kondensator qoplamalari orasida jamlangan zaryad miqdorini aniqlang (mkKl).
A) 5000 B) 50
C) 0,5 D) 0,005
18. Qarshiligi 10 Om bo’lgan o’tkazgichdan 5 min vaqt ichida 120 Kl zaryad o’tgan. Bunda o’tkazgichdagi kuchlanish tushishi qancha (V)?
A) 4 B) 60
C) 2,4 D) 120
19. Temperaturani o’lchash uchun 100C temperaturada qarshiligi 150 Om bo’lgan temir simdan foydalanilgan. Ma’lum bir temperaturada simning qarshiligi 18,25 Om ga teng bo’lgan. Agar temir qarshiligining temperatura koeffitsiyenti 0,006 K—1 bo’lsa, shu temperaturani aniqlang (K).
A) 48,6 B) 128
C) 273,18 D) 373,4
20. Ichki qarshiligi 0,1 Om bo’lgan ampermetrga 0,01 Om qarshilikli shunt ulangan. Zanjirdagi umumiy tok 33 A bo’lsa, ampermetr orqali o’tuvchi tokni toping (A).
A) 0,33 B) 27
C) 3 D) 1,1
21. Ruh anodining massasi 5 g, u 2 A tok o‘tadigan elektrolotik vannaga tushirilgan. Qanday t vaqtdan keyin metal buyumlarni qoplashda ishlatilayotgan anod yemirilib tugaydi (s)? Ruhning elektrokimyoviy ekvivalenti k=4∙10—7 kg/Kl
A) 2240 B) 3400
C) 4000 D) T. J. Y.
22. Bir jinsli magnit maydonda induksiya vektoriga (B=0,1 Tl) perpendikulyar ravishda 2 m uzunlikdagi o’tkazgich 5 m/s tezlikda harakatlanmoqda. O’tkazgichda qanday EYuK hosil bo’ladi (V)?
A) 3 B) 2
C) 1 D) 4
23. Optik kuchi D=+4 dptr bo’lgan linza yordamida predmetning 5 marta kattalashgan haqiqiy tasvirini olish kerak. Buning uchun bu predmetni linzadan qanday d masofaga joylashtirish kerak (sm)?
A) 25 B) 20
C) 40 D) 30
24. Elektr pech 10 minut vaqt davomida 108 kJ issiqlik miqdori berishi kerak. Agar pech 36 V kuchlanishli tqrmoq uchun mo’ljallangan bo’lsa, kesimi 0,5 mm2 bo’lgan nixrom simning uzunligi qanday bo’lishi kerak (m)? Nixromning solishtirma qarshiligi 1,2·10—6 Om·m.
A) 2,4 B) 4
C) 3,6 D) 3
25. Chastotasi 1015 Gs bo’lgan yorug’lik bilan nurlantirilganda litiydan uzilib chiqqan elektronlarning maksimal kinetik energiyasi qanday bo’ladi (eV)?
(Litiy uchun elektronlarning chiqish ishi 2,4 eV).
A) 3,22 B) 1,74
C) 2,24 D) 6,62
26. Yarim yemirilish davrining yarmiga teng vaqt ichida biror element radiaktiv yadrolarining necha foizi yemiriladi?
A) 25 % B) 75 %
C) 29 % D) 12,5 %
27. Temperaturasi 100C bo’lgan 2 litr suv qaynagunga qadar isitildi. Bunda suvning massasi qanday o’zgaradi?
A) 3,2·10—12 kg kamaygan
B) 4,6·10—13 kg ortgan
C) 8,4·10—12 kg ortgan
D) o’zgarmagan
28. Rasmda ikkita parallel o’tkazgichning ko’ndalang kesimi ko’rsatilgan. Bu ikki o’tkazgich hosil qilayotgan magnit induksiya yig’indi vektori A nuqtada qaysi yo’nalishda bo’ladi?
A) 4 B) 3
C) 2 D) 1
29. Tinch holatda turgan avtomobil tekis tezlanuvchan harakat qilib, birinchi ikki sekundda 36 m masofa bosib o’tdi. Avtomobilning 6-sekunddagi ko’chishini toping (m).
A) 324 B) 81
C) 99 D) 225
30. 10 mol CO2 (karbonat angidrid) ni 100 K ga izobarik qizdirilganda, gazning ichki energiyasi qanchaga ortgan (kJ)?
A) 20,7 B) 3,8
C) 103,5 D) 12,4
31. Po’lat va nixrom simning 00C dagi qarshiliklari mos holda 1 va 9 Om. Bu simlar ketma-ket ulanganda zanjirda hosil bo’ladigan umumiy temperatura koeffitsiyentini toping.
(αpo’lat=0,006, αnixrom=0.0001).
A) 0,0012 B) 0,0007
C) 0.015 D) 0.004
32. O’zgaruvchan tok zanjiridagi g’altakning induktivligi 2 marta orttirilib, tebranish davri 3 marta kamaytirilsa, zanjirdagi induktiv qarshilik qanday o’zgaradi?
A) 1,5 marta kamayadi
B) 6 marta ortadi
C) 1,5 marta ortadi
D) 5 marta kamayadi
33. Prujinali to’pponchaning prujinasini 3 sm ga siqish uchun 102 N kuch qo’yilgan. Siqilgan prujinaning potensial energiyasini toping (J).
A) 23,3 B) 2,33
C) 204,03 D) 1,53
34. Davri 0,01 mm bo’lgan difraksion panjara yordamida hosil qilingan birinchi tartibli spektrda yashil yorug’lik nurlarining (λ=0,55 mkm) og’ish burchagi necha gradusga teng?
A) 330 B) 1,50
C) 68,50 D) 22,50
35. Ramkaning yuzasidan Ф=120sin2πt qonuniyat bilan magnit oqim o’tayotgan bo’lsa, ramkada hosil bo’layotgan EYuK ning samarador qiymatini toping (V).
A) 538,3 B) 308
C) 452,5 D) 220
36. Qarshiligi 10 Om bo’lgan 1 km uzunlikdagi mis o’tkazgich yasash uchun necha kg mis kerak bo’ladi?
(misning solishtirma qarshiligi 1,7·10—8 Om·m, zichligi 8,9 gr/sm3).
A) 105 B) 15,13
C) 230,2 D) 1,77
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
0
|
|
B
|
B
|
C
|
A
|
D
|
A
|
B
|
A
|
C
|
1
|
C
|
A
|
D
|
D
|
C
|
A
|
C
|
D
|
A
|
B
|
2
|
C
|
D
|
C
|
D
|
D
|
B
|
C
|
C
|
A
|
C
|
3
|
A
|
B
|
B
|
D
|
B
|
A
|
B
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |