37. Matnda olmoshning qaysi turi qo'llangan?
Odamning kimligi bo'yi bilan belgilanmaganidek, xalqning ulug'ligi ham soni – bilan o'lchanmaydi.
A. Kishilik; B. Ko'rsatish; C. Belgilash; D. So'roq.
38. Qaysi gapda belgilash olmoshi kishilik olmoshi bilan birga kelgan?
A. Har bir mustaqil davlat o'z milliy yozuviga ega bo'ladi.
B. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog'ini bosadi.
C. Qonun oldida hamma birdek burchli.
D. Biz barchamiz ajdodlarimiz an'analariga sodiqmiz
39 Qaysi qatordagi gapda bo'lishsizlik olmoshi qo'llangan?
A. Temurning g'ayrati adoqsiz bo'lib, u xislatli edi.
B. Temurning bu xislatini uning bir kunini kuzatish orqali bilib olish mumkin.
C. Allaqanday sharpa .... U bezovtalanib, bir oyog'ini yerga tap-tap urdi.
D. Yaxshi qalbli odam hech bir yeri ho'l bo'lmay, suvdan o'tib ketadi.
40. Berilganlarning qaysi biri quyidagi gapning davomi bo'la oladi?
Mard kishi bir so'zli, jasoratli
A. Botir bo'ladi. B. Shirin so'z bo'ladi.
C. O'ktam bo'ladi. D. Notiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |