O’tilgan dars Biz o’tgan darsda 41-dars. SHOWMESSAGE OYNASI mavzusini o’tgan edik. ShowMessage yangi muloqot oynasini yaratadi va u yopilmaguncha ilova o’z ishini to’xtatib turadi. 43-dars. Ilova oynasiga ma’lumot joylash Reja: - Label boshqarish obyekti va uning xossalari
- Label boshqarish obyekti va uning xossalarini dasturda o’zgartirish
- Oyna o’lchamlari ilovasi
Har qanday ilova qandaydir ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun ilova oynasiga yoki boshqa usulda chiqarib berishi kerak. Buning uchun bir qator boshqarish obyektlari yaratilgan bo’lib, ulardan eng soddasi Label (nishon, belgi, yozuv) obyektidir. Bu obyekt obyektlar panelining Standart jildida beshinchi bo’lib yoylashgan. Bu obyekt ilova oynasi obyekti Formning ajdodi bo’lgani uchun uning ko’plab xossalarini meros qilib olgan. Masalan, Label obyektining Width (kenglik), Height (balandlik), Left (chap), Top (yuqori)lar mos ravishda obyekt egallagan joyning kengligi, balandligi, undan oynaning chap va yuqori chegarasigacha bo’lgan masofani aniqlaydi. Label boshqarish obyekti xossalarini dasturda o’zgartirish Label obyektining ham boshqa obyektlar kabi o’z nomi bo’lib, u Name nomli xossasida saqlanadi. Bu xossadan obyektga va uning xossalariga murojaat qilganda foydalaniladi. Shu sababli, uni ilova ishlayotganida o’zgartirish muammolar paydo qilishi mumkin. Obyektlarning Name xossasi faqat bu obyektlar ilova oynasiga qo’yilayotgan paytda o’zgartiriladi. Obyektning Name xossasining qiymati boshqa xossalariga murojaat qilish uchun qo’sh nomlarni yaratishda ishlatiladi. Obyekt_nomi.xossa_nomi. Masalan, Form1Width, Button1.Caption, Label1.Left.Bu borada muammolarga uchramaslik uchun hozircha faqat avtomatik berilgan nomlardan foydalanib turamiz. Oyna o’lchamlari ilovasi. Oyna o’lchamlari ilovasi. Oldingi darsdagi ilovani qaytadan yaratamiz. Dastlab ilova oynasining xossalarini o’rnatamiz. Uni ilova oynasiga chiqarishning iloji bormi? Hozircha biz buning bitta yo’lini bilamiz: oyna o’lchamlarini oyna sarlavhasiga chiqarish. Butun son turidagi kattalikni matn turidagi kattalikka o’tkazish uchun IntToStr (intger to string – butundan satrga jumlasidan olingan) funksiyasidan foydalanamiz. Unga ilovaning haqiqiy nomini ham qo’shib qo’yamiz: Form1.Caption:=‘Uchunchi ilova’+Form1.Caption; Yodda saqlang! Label obyekti ilova oynasiga matn satrini kiritish uchun ishlatiladi va bu matn uning Caption xossasida saqlanadi. Endi dasturni ishga tushuramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |