Yuqorida keltirilgan sanadan boshlab o`g`il va qiz boalar sochlari maktab qoidalari va talablariga javob bermaydigan holatda bo`lsa , maktabning o`zida tartibga keltirilishi ota-ona va o`quvchilarga yetkazish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Maktabga uyali telefon olib kelmaslikni nazorat qilish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Qishki ta`tilda o`quvchilar tadbirlarga va to`garaklarga jalb qilinishi sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin
Kotiba : Ibragimova “Tasdiqlayman”
Maktab direktori:
Nuritdinova Z.Sh________
Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 33-umumtalim maktabida Viloyatda diniy vaziyatni sog`lomlashtirish dasturi bo`yicha xokimning qaroriga asosan diniy ekstrimizm , xalqaro terrorizm va missionerlikning oldini olish maqsadida o`tkazilgan yig`ilish BAYONNOMASI
03.12 .2013 Qatnashdi: Maktab direktori – Nuritdinova Z.Sh
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari – Z.K.Balikulova
Xotin-qizlar qo`mitasi raisi- Qurbonova M
Ona tili fani o`qiuvchisi – Ubaydullayeva L ( uslubchi )
Din tarixi fani o`qituvchisi – Aliyeva Sh
38 nafar o`quvchilar. (9-sinf)
KUN TARTIBI: O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan noislomiy tashkilotlar.
Eshitildi: Yig`ilishni maktab direktori – Nuritdinova Z.Sh ochdi va Din tarixi o`qituvchisi Aliyeva Sh ga so`z navbatini berdi. Aliyeva Sh davrani o`quvchilar bilan salomlashib olishdan boshladi.
Aliyeva Sh islom dinida e`tirof etilgan mashablar va yo`nalishlar to`g`risida so`zladi. Islom dinida 2 ta yo`nalish bor.Ular:
Sunniylik
Shialik
Yer yuzidagi mavjud odamlarning 85% sunniylik mashabiga itoat qilishadi. 15 % shialik mashabiga itoat etishadi. Sunniylikning o`zi o`z navbatida 4 ga bo`linadi:
Xanafiy mazxabi.
Malikiy mazxabi.
Shafiiy mazxabi.
Xonbaliy mazxabi. Ushbular haqida tushuncha berildi.
Inna dina , indallohu , islom!
(Ollohga yaqinroq bo`ling!)
Dinni 17 ta e`tirof etilmagan mazhablari bor.
Islom dinida e`tirof etilgan yo`nalishlar va mazhablar :
I . Sunniylik mazhabi .(Ahli sunna va val jamoa). 85% musulmonlarning shuncha % ushbu mazhabdandir.
Payg`ambarimiz ham sunnat yo`lini tutganlar. Sunnat bu- jami payg`ambarlarning qilgan ishlari tushuniladi.
II. Shialik mazhabi . 15 % musulmonlarni tashkil etadi.
Jihod – (Diniy oqimlarda buni Vatan uchun qo`lga qurol olish kerak deb noto`g`ri talqin qilishadi.) Aslida insonlarni yagona ijobiy maqsad sari kurashishligi jihoddir. U ikkiga bo`linadi:
Jihodul akbar. (Katta jihod).
Jihodul asgar.( Kichik jihod).
O`zbekistonda faoliyat yuritgan noislomiy tashkilotlarga “Akromiylar”, Xiz- bit- tahrir”, “Al- qoida’ va boshqa tashkilotlar kiradi .Bular haqida batafsil keying darslarda ma`lumot va fikrlar yuritamiz.
Suhbatdan so`ng ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Z.K.Balikulova
“Tinchlik” deb nomlangan video rolik o`quvchilar hukmiga havola etdi. Film asosida tinchlikka rahna solayotgan noislomiy tashkilotlarning salbiy faoliyati bilan bugungi kun tinchlikninmg qadriga yetish yuzasidan o`quvchilarning taassurotlari mulohaza etildi.Ularga yana bir bor to`g`ri xulosa chiqarish yuzasidan maslahatlar berildi.
Yig`ilish so`ngida ularga uyga vazifa sifatida ma`ruza va referatlar tayyorlab kelish topshirildi.
QAROR QABUL QILINDI:
Din tarixi o`qituvchisi Aliyeva Sh ning ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
O`quvchilar bugungi o`tkazilgan yi`gilish ma`lumotiga ko`ra referat tayyorlab kelishlarini nazorat qilish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.