Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 14-umumta`lim maktabida o`tkazilgan yi`g`ilish BAYONNOMASIdan ko`chirma
Samarqand sh
26.11.2011 y
Qatnashdi:
Maktab direktori – Saydullayeva D.R
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari – Babayarova N.A
Maktab kutubxonachisi –Mamedova R
Milliy ist. g`oyasi fani o`qituvchisi – Ismoilova A
SamDU Aliyeva F – tarixshunos olim ,dotsent
Pedagog xodimlar , 173 nafar o`quvchilar.
KUN TARTIBI:
O`zbekiston Respublikasi Prezidedenti I.A.Karimovning
“O`zbekiston Mustaqillikka erishish ostonosida” kitobi taqdimoti.
Eshitildi:
Taqdimotni maktab direktori Saydullayeva D.R ochiq deb e`lon qildi .Va bugungi taqdimot kun tartibi bilan tanishtirdi. Shundan so`ng maktabning milliy istiqlol va ma`naviya asoslari fani o`qituvchisi Ismoilova A Prezident asarlarini bir-bir sanab , aytib o`tdi va o`quvchilar bilan prezident asarlari haqida ,uning mazmun mohiyati haqida o`quvchilar bilan savol-javob o`tkazdi .Shundan so`ng SamDU katta o`qituvchisi tarixshunos olim , dotsent Aliyeva Fotima opaga so`z navbati berildi. U kishi shunday dedi: “Kitobning ijtimoiy mohiyati , ilmiy-nazariy qimmati vaahamiyati naqadar beqiyos ekani bugun , vaqat o`tib Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik sanasi nishonlanayotgan shu kunlarda ayniqsa , yaqqol nomoyon bo`lmoqda.Prezidentimiz ushbu asarida o`zbek xalqi ,millati xaqida shunday ta`rif beradi- “ O`zbek xalqining vijdoni pok .Farg`ona voqealari o`zbek xalqining irodasi sodir bo`lmadi .Bu voqealarga tuturuqsiz va g`arazli maqsadlarni ko`zlab , kim qanday bo`yoq bermasin ,tarix albatta o`zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik , mehmondo`stlik, yaxshilik , qalbi saxovati hamisha o`zbek xalqiga xos fazilat bo`lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo`lmagan .Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan ko`pgina misollar bilan isbot qilingan” (O`zbekiston Kompartiyasi markaziy komitetining 1989 yil 19 avgustidagi XVI plenumida so`zlagan nutqidan)
Yana kitobda o`quvchini fidoyilikka va vatanga sadoqatga undovchi quyidagi so`zlar keltirilgan- “Bu kitobdagi barcha chiqishlarni o`zaro birlashtirib turadigan eng muhim fazilat – bu Vatanimiz istiqloliga fidoyilik , shu zamin shu xalqning yorug` kelajagi , farovonligi , baxtu-saodati uchun har qanday sinov va mashaqqatlargatayyor turish tuyg`usi shu ulug` maqsadlarga borlig`ini bag`ishlagan insonning bezovta va bedor qalbi , keng tafakkuri , mustahkam iroda va e`tiqodidi .”Bugungi kun ozodligi mustaqillik , bugungi tinch osuda hayot o`z-o`zidan kelmagani ,ularning barchasi qanday tinimsiz kurashlar ,qiyinchilik va yo`qotishlar ,uyqusiz tunlar , munozara va muhokamalar ,izlanish va yaratishlar ,ba`zan o`ta iztirobli , ba`zida quvonchli intilishlar maxsuli ekanini qalbimizdan yuragimizdan o`tkazamiz .El –yurtimiz O`zbekiston deb atalgan betakror bu diyor ,mustaqil davlatni haqiqatdan ham o`z mehnati , o`z aql zakovati va salohiyati ,irodasi bilan barpo etganidan ko`nglimiz tog`dek ko`tatiladi- deb so`zini yakunladi Aliyeva F . Ushbu taqdimot yuzasidan
Do'stlaringiz bilan baham: |