QAROR QABUL QILINDI:
Yuqorida keltirilgan sanadan boshlab o`g`il va qiz boalar sochlari maktab qoidalari va talablariga javob bermaydigan holatda bo`lsa , maktabning o`zida tartibga keltirilishi ota-ona va o`quvchilarga yetkazish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Maktabga uyali telefon olib kelmaslikni nazorat qilish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Qishki ta`tilda o`quvchilar tadbirlarga va to`garaklarga jalb qilinishi sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin
Kotiba : Ibragimova
“Tasdiqlayman”
Maktab direktori:
Nuritdinova Z.Sh________
Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 33-umumtalim maktabida Viloyatda diniy vaziyatni sog`lomlashtirish dasturi bo`yicha xokimning qaroriga asosan diniy ekstrimizm , xalqaro terrorizm va missionerlikning oldini olish maqsadida o`tkazilgan kengaytirilgan davra suhbati
B A Y O N N O M A S I D A N ko`chirma
Samarqand sh
13.02 .2014
Qatnashdi:
Maktab direktori – Nuritdinova Z.Sh
M.M ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari – Z.R Balikulova
M.M ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari – Yaxyoyeva N
Maktab xotin-qizlar qo`mitasi raisi- Qurbonova M
Davirova A.O`– 9-A sinf rahbari,Ibragimova I-9-B sinf rahbari
65 nafar o`quvchilar.
KUN TARTIBI:
Islom dinida ayollarning tutgan o`rni va hozirgi zomon qizlarining kiyinish odobi.
Eshitildi:
Yig`ilishni maktab direktori – Nuritdinova Z.Sh ochib berdi va M.M ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari – Z.K Balikulova so`z navbatini berdi.
Z.K Balikulova ayollar mavzusini gapirishdan avval ayollarning naqadar buyukligini ta`kidlab o`tdi.Ayollarning ,aynan qizlarnig go`zalligi tashqi go`zallik emas,balki ularning ma`naviy go`zalligi,jumladan sozlashuvida,yurish turishida namoyon bo`lishligini aytib o`tdi.Ayollar bu bizning singlimiz,opamiz,ayolimiz bo`lib biz bilan yashaydilar .
Payg`ambarimiz o`z xadislaridan birida shunday deydi: ”Jannat Onalar oyog`i ostidaddur”.Haqiqatdan Onalar haqida qanchalar gapirsak oz.Onalar,qizlar,ayollar qanchalik sog`lom bo`lsa ,jamiyat sog`lom bo`ladi.Qizlarimiz balog`at yoshiga yetgach o`z turmushlari quradilar.Ayollar bitta qizni tarbiyalab,go`zal xush xulqli etib voyaga yetkazsa ,duzaxdagi azobdan osonlikcha o`tgay,agar uch qizni tarbiyalab voyaga yetkazsa jannati bo`lg`ay deb yozilgan. Farzandlar tarbiyasida Onalar o`zlari o`rnak bo`lishi kerak. Har xil tanaga zarar yetkazuvchi amalardan yiroq bo`lishi lozim.
Qizlar ayniqsa kalta yubkalar ,tor shimlar kiyib yurishdan tiyilishi bu esa ularning tana soglom bo`lishi uchun xizmat qilsa .ikkinchi tomondan yon atrofdagi boshqa jins kishilarni o`ziga jalb qilish gunohidan asraydi. Shunday ekan har bir ayol tanasini yopib turgan liboslariga,tabiiy go`zallik bilan birga ma`naviy go`zallikni o`zlarining shioriga aylantirishi lozim.
Yig`ilish so`ngida o`quvchilarga uyga vazifa sifatida sinflarda uchrab turuvchu salbiy voqeyalarni kichik sahnalashtirilgan holatda tayyorlab kelish topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |