O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali


Turg‘unlik yillaridagi qatag‘onlik. “O‘zbeklar ishi”, ”Paxta ishi” deb nom olgan jarayonlar



Download 2,23 Mb.
bet9/105
Sana31.03.2022
Hajmi2,23 Mb.
#521803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
2 5341807923053991311

2.Turg‘unlik yillaridagi qatag‘onlik. “O‘zbeklar ishi”, ”Paxta ishi” deb nom olgan jarayonlar.
Turg‘unlik yillarida O‘zbekistonda xalqni chalg‘itish maqsadida “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” degan bahonalar o‘ylab topildi. Natijada, 80-yillarning o‘rtalaridan O‘zbekistonda qonunsizlik, yashirin qatag‘onlik harakatlari kuchaydi.
Sobiq SSSR prokuraturasi, Xavfsizlik komiteti tashabbusi bilan bir necha tergov guruhlari tuzildi.1983-1989 yillarda T.Gdlyan va N.Ivanovlar rahbarligida tuzilgan tergov guruhlari respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda paxta etishtirishda qo‘shib yozish bilan bog‘liq 800 dan oshiq tergov ishlari olib bordilar.Shu ishlar bo‘yicha 5 ming kishi qamoqqa olindi, ularning 600 dan oshig‘i rahbar xodimlar, 10 tasi sotsialistik mehnat qahramonlari edilar.
Qamoqa olinganlarning ko‘pchiligi qonunga xilof ravishda sudsiz, belgilanganidan oshiq muddatlarda qamoqxonalarda ushlab turildi.Bu o‘zbek xalqining mavjud tuzumga nisbatan ishonchsizligini, rahbar xodimlar va huquq-tartibot organlariga nisbatan noroziligini kuchaytirdi. O‘zbekistonda qo‘pol tarzda inson huquqlari poymol etildi.
Qatag‘onlik siyosatining oqibatida xususiy mulk, asriy an’analar yo‘q qilindi. Davlat hukmronligi, partiya yakka hokimligi o‘rnatildi.Sovet tuzumiga qarshi bo‘lgan xalqning ilg‘or qatlamlarini davlat boshqaruviga yaqinlashtirmaslik siyosati olib borildi.Hukumatga xalaqit bermasligi uchun ziyolilar tag-tomiri bilan yo‘qotildi.Har qanday yo‘l bilan sovet davlatining kuch qudratini saqlab turish asosiy maqsad edi.Ilg‘or g‘oyalar yo‘qotildi.Ko‘zga ko‘ringan olimlar, shoir va davlat arboblari shafqatsiz yo‘q qilingan.Milliy g‘urur va o‘zlikni anglash g‘oyalarini ildizi bilan quritishga intilgan.Xalqlarning tili, dini va asriy an’analariga tajovuz qilingan.Diniy qadriyatlar toptalgan.Pirovard natijada yagona sovet xalqini tashkil etishga harakat bo‘ldi. Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi cheklangan.Sovet xalqini boshqa xalqlardan ajratib iskanjada ushlangan, zo‘rlik orqali kamchiliklar yashirilgan.
Ma’muriy-siyosiy biqiqlik.
1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo‘jalik yuritish usuli o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a’zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o‘rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi.Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi. Unda mahsulot ishlab chiqarish uchun 2 marta ko‘p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po‘lat, stanoklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallashiga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi.
80-yillarning o‘rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro‘y bera boshladi. Qayta qurish konsepsiyasi cheklangan bo‘lib, u SSSRni taraqqiyotini ta’minlay olmas edi. Qayta qurish yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi. Respublikada milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg‘ona fojeasi yuz berdi. Milliy o‘zlikni anglash boshlandi.O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog‘lomlashtirilishi O‘zbekistonda dolzarb masala sifatida ko‘tarildi.
Iqtisodiyotda turg‘unlikning chuqurlashuvi
O‘zbekistonning 1985-1991-yillardagi iqtisodiy holati sovetlar hukmronligi davrining bevosita va mantiqiy davomini o‘zida ifodaladi.1985- yil aprelidan so‘ng markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish siyosatini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
SSSRda etishtiriladigan paxtaning 65%, pillaning 60% dan ortig‘i, kanopning 80-90%, qazib olinadigan oltin, simob, volframning salmoqli miqdori O‘zbekistonda ishlab chiqarilardi. O‘zbekiston aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash miqyosi 20% ga yaqinini tashkil etdi, xolos.Paxtaning atigi 10% O‘zbekistonda qayta ishlanardi. 1981-1985 yillarda yalpi ichki mahsulot 3,4% ortgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda bu 2,2%ni tashkil etdi. 80-yillarning o‘rtalaridan milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston boshqa respublikalardan ortda qoldi.Iqtisodiy islohotlar 1987 yildan e’lon qilindi.1986-1987 yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo‘yicha birorta samarali yo‘l izlanmadi. 1990 yilgacha qayta qurishning maqsadi sun’iy «rejali bozor» tizimini tashkil qilishdan iborat bo‘lib qolaverdi.
80-yillarning ikkinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir etgan holatlardan biri - 1984-1989 yillardagi qatag‘onlar, «desant»lar, «Paxta ishi» oqibatlari bo‘ldi.1990- yil o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonning yangi rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqirozdan olib chiqish uchun jiddiy harakat boshladi.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish