O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali


-masala: Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi



Download 2,23 Mb.
bet62/105
Sana31.03.2022
Hajmi2,23 Mb.
#521803
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
2 5341807923053991311

1-masala: Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi
XXI asr bo’sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni o’zgardi. Ilgari dunyo ikki qutbli bo’lib, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan kuchlar nisbati ikki joyda – SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy kuchlarning qo’lida edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, ikki blokning o’zaro muholiflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda “sovuq urush” siyosati hukmronlik qilardi. Butun dunyo yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90-yillariga kelib sosialistik dunyoning yetakchisi bo’lgan ulkan imperiya – SSSR parchalanib ketdi, Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta davlat, jumladan, O’zbekiston davlati paydo bo’ldi. “Sovuq urush” siyosati barham topdi. Xalqaro vaziyatning o’zgarishi jahon taraqqiyotining holatini tubdan o’zgartirib yubordi. Endi dunyo ko’p qutbli bo’lib qoldi. Biroq dunyo hamon mo’rt, murakkab muammoli bo’lib turibdi. Dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar, ayniqsa, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm xavfi saqlanib qoldi.
Bugungi kunda insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog’liq bo’lib turibdi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tangliq mojaro barcha mamlakatlar xalqlari manfaatiga dahldor bo’lib qoldi. Shu bois O’zbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan siyosatini, uning mamlakatimiz milliy manfaatlariga javob beradigan strategik ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilab olish nihoyatda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu maqsadda 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilgan prinsiplar muhim voqyea bo’ldi. Bu prinsiplar quyidagilar: O’zbekistonning turli harbiy bloklardan uzoq bo’lishi; o’zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo’yicha qat’iy pozisiyaga ega bo’lishi va o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalarini joylashtirilishiga yo’l qo’ymaslik; ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borish.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi yosh davlatimizni jahon hamjamiyatiga qo’shilish uchun imkoniyat yaratdi. Shu bois mamlakatimiz rahbariyati istiqlolning dastlabki kunlaridan e’tiboran O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta siyosiy yo’lini belgilash, jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatish kabi dolzarb masalalarni hal qilishga kirishdi. Istibdod davrida mamlakatimiz to’la mustaqil ravishda tashqi siyosat va diplomatik faoliyat yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan aloqalarni o’rnatish kabi huquqlardan mahrum etilgan edi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida Respublika mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o’zining qonuniy aksini topdi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqliq umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havsizlikni saqlashga sodiqlik;

  • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish;

  • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  • nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;

  • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

  • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

  • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;

  • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, faravonligi va havfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan chiqish;

  • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

  • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorliq davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

  • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini ta’minlab beruvchi davlat organlari shakllantirildi. Tashqi ishlar vazirligi funksiyalari va faoliyatining yo’nalishlari tubdan o’zgartirildi. 1991 yil sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. 1992 yil 21-fevralda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. 2005 yil iyul oyida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi. O’zbekistonda tashqi savdo bilan shug’ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi shakllantirildi. Respublikada diplomatik ishlar uchun, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, uning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqda.


O’zbekiston mustakil davlat maqomiga zga bulgan dastlabki kunla-ridan xalqaro xamjamiyat bilan teng huquqli, suveren xamkorlik olib borish yulidan bordi. Kiska tarixiy davr mobaynida mamlakat jaxon xamjamiyatida uz urniga zga davlatga aylandi. O’zbekiston jahonning ko’plab mamlakatlari va yirik xalkaro tashkilotlari bilan turli sohalarda xamkorlik qilib kelmokda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlarideq «Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay xamkorlik tashkiloti, Mustakil Davlatlar Xamdustligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshka xalkaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar o’rnatilgan va ular bilan hamkorlik olib borish Uzbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi».
2018 yil holatiga ko’ra O’zbekistonni 180 ga yakin davlat tan olgan. Ularning 134 tasi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Toshkentda 45 ta davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalkaro tashkilot, 5 ta xalkaro moliyaviy, 3 ta diplomatik mavkedagi savdo vakolatxonalari faoliyat yuritmokda.
O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarining o’rnatilishi va rivojlanishi mustakdllik davri tarixining muhim sahifalaridan biridir. Uzbekiston bu yiriq global tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan xalkaro va mintakaviy xavfsizliq barkaror tarakqiyot, ijtimoiy-iktisodiy, ekologik muammolar kabi ma-salalar yuzasidan uzaro hamkorlik olib bormokda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, zamonaviy xalkaro munosabatlar-da BMT uziga xos uringa ega bulib, global darajadagi masalalarda muhim ahamiyatgaega. Mazkur tashkilot butu n dun yodagi siyosiy vaziyatlardajahon mamlakatlari muammolarini xalqaro hamjamiyatga olib chiqishda uziga xos minbar - «jaxrn uyi» vazifasini ham bajaradi, 2017 yil «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi YuNESKO hamkorligida «Yoshlar dunyo v a uzi haqida» mavzusida Toshkent, Samarkand, Fargona viloyatlari ukuvchi yoshlari urtasida surovnoma utkazadi. Ushbu surovnomada ularga «Siz jamiyat hayotini boshkaradigan, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining ijtimoiy muammolarini xal kila oladigan qanday institut yoki tuzil-malarni bilasiz?», degai savolga respondentlarning 19,5% BMT, 13,8% ShXT, 7,1% YuNESKO, 2,9% YuNISEF, 66,2% bilmayman deb javob berishgan. «Siz jaxrn hamjamiyatidagi turli muammolarni hal etishda asosiy urin tutadigan qanday tashkilotlarni bilasiz?», degan savolga yoshlarning 67,1% BMT, 43,8% YuNESKO, 26,7% YuNISEF, 10,5% NATO, 3,3% ShXT, 2,9% Inson xukukdari umumjaxrn Deklarasiyasi, 20,5% bilmayman deb javob berishgan.Kurinib turi bdi ki, yoshlarning kupchiligi mintakaviy va global muammolarni xal etishda asosiy tashkilot sifatida BMT va uning tuzilmalarini kursatishgan. Bu esa BMTning boshqa xalqaro va mintakaviy tashkilotlarga nisbatan kulami, axamiyati nixoyatda katta ekanligining bir dalili sifatida tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirishni ham talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng xukukli a’zosi sifatida BMTga a’zo bo’ldi. O’zbekistonni BMTga qabul kilish to’grisidagi qaror BMT Bosh Assambleyasining46-sessiyasida yakdillik bilan ma’kullash asosida kabul kilindi.
Shundan so’ng 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Xolid Malik boshchi-ligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi BMT tizimining ixtisoslashgan muassasalari va das-turlari faoliyatini muvofikdashtiradi, uzaro xamkorlik masalalari va mamlakatdagi isloxrtlarga ko’maklashadi.
BMT Uzbekistonga jaxonda tinchlik va barkarorliq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, madaniy va ilm-fan taraqqiyotining yorqin misolidagi tobora rivojlanib borayotgan yosh mamlakat sifatida karaydi. Shu bois mazkur nufuzli tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari Uzbekiston bilan xamkorlikda turli xalkaro anjumanlar tashkil etishdan manfaatdor. Bu esa O’zbekiston uchun tashkilot va uning tuzilmalari bilan ko’p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, mustaqillik sharoitida erishilgan yutuqlarni, O’zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati va boshqalarni jaxon miqyosida targ’ib etish, global va mintakaviy muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatini beradi.
Uzbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarida 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yangi tendensiyalar ko’zga tashlanib, uzaro munosabatlarda yangi boskich boshlandi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi tug’risida»gi Farmoni asosida mamlakat tashki siyosati, jahonning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari bilan hamkorligini yangi boskichga ko’tarishning «yo’l xaritasi» belgilab olindi. «Harakatlar strategiyasi» O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida yangi omillar, resurslar va uzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy va iktisodiy diplomatik munosabatlarni chukurlashtirish uchun asos yaratdi. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari global dasturi bilan uyg’undir. Harakatlar strategiyasi - bu BMT Barkaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha O’zbekistonning yo’l xaritasidir. Shunga asosan, O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida, jahonnning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi sahifa ochildi.
2017 yil 19 sentyabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mir-ziyoyev AKShda bulib, BMTning 72-sessiyasida nutk suzladi. Mazkur nutk Uzbekistonning BMT doirasidagi xalkaro tashabbuslarida yangi tenden-siyalarni namoyon qildi. Uzbekiston Prezidenti uz nutkida mamlakat ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy v a madaniy xayotidagi uzgarishlar xam da anik va asosli manbalarga ega bir nechta tashabbuslarni ilgari surdi. Ya’ni globallashuv va axborot kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga karatilgan umumlashtirilgan xalkaro xuku kiy xujjat - BMTning Yoshlar xukuklari to’g’risidagi xalkaro konvensiyasini ishlab chikish, BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini kabul kilish, BMT Xavfsizlik Kengashini boskichma-boskich isloh kilish, kabi global xarakterdagi takliflari jaxrn jamoatchiligida katta kizikish uyg’otdi. Xususan, O’zbekiston Prezidenta Sh.Mirziyeyovning mazkur nutki mavjud muammolarga maxalliy, mintakaviy va global darajada axamiyat qaratilib, ularning yechimiga pragmatik yondashilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etdi.



Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish