Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
291-mashq. Matnni o’qing, undagi g’oya to’g’risida bahslashing. Olmoshlarni topib, izohlang.
Sizga ta’zim, onajon! Ona-Yer, ona-Quyosh, Sizlarga ta’zim! Menga to’yib-to’yib kuladigan, yig’laganda esa to’yib-to’yib yig’laydigan qalb ato etdingiz.
Hech qachon kulgim ham, yig’im ham soxta bo’lmaydi, hech qachon kemtik baxtni baxt demadim, birovlardan qolgan-qutgan baxt bilan kifoyalana beradiganlar qatorida hech qachon turmadim. Kulganda dunyoni kulgiga, yig’laganda dunyoni yig’iga to’ldirdim.
Sizga ta’zim, onajon! Sizlarga ta’zim ona-Yer, ona-Quyosh! (Yo’ldosh Sulaymon)
292-mashq. Gaplarni o’qing. Olmoshlarni toping, ularga egalik va kelishik qo’shimchalarining qo’shilishiga diqqat qiling.
1. Ularning ba’zilari akamning o’rtoqlari edilar, men bilan so’rashdilar. (Abdulla Qodiriy) 2. Biz, yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketamiz. (G’afur G’ulom) 3. Hotamjon jilmaydi: — Biz tomonlarda deyarli dim. (O’. Umarbekov) 4. Yuringlar, - dedi kampir o’rnidan turib. Keyin mening yelkamga qoqdi: — Sen ham yur, shirin bola. (O’. Umarbekov) 5. Rostini aytsam, o’zim ham unchalik yomon bola emasman. (X. To’xtaboyev)
293-mashq- Olmoshlarni aniqlang. Ularning gapdagi vazifalarini belgilang.
1. Belingni bog’la, g’ayrat birla mehnatga muhabbat qil, o’zingni, mehnatingni o’zga yalqovlarga ibrat qil. (Habibiy) 2. O’zgalar g’amini chekmasa odam, unga noloyiqdir inson degan nom. (Sa‘diy) 3. Xudbinlik o’z-o’zini qatl qilishdir. U yakka, mevasiz daraxtga o’xshab qurib ketadi. (I. Turgenev) 4. Agar sen havoni to’yib-to’yib shimiray desang, tongda derazangni kengroq och! (Otalar o’gitidan) 5. Har kim o’z qilmishiga yarasha jazosini oladi. (Maqol)
294-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi bayt asosida matn tuzing. Unda ishlatgan olmoshlaringizga izoh bering.
So’zchi holin boqma, boq so’z holini,
Ko’rma, kim der oni, ko’rgin kim ne der. (Alisher Navoiy)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi
2. Modal so’zlar deb nimaga aytiladi?
3. Taqlid so’zlar deb nimaga aytiladi?
4. His hayajon undovlari deb nimaga aytiladi?
5. Yuklamalar deb nimaga aytiladi?
6. Sof va vazifadosh yuklamalar deb nimaga aytiladi?
7. Undov so’zlar deb nimaga aytiladi?
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: _______________________
«Ona tili» 7-sinflar uchun
7 «A»____ ___________________ 7 «B»____ ___________________________
Mavzu: EGALIK VA KELISHIK SHAKLLARI YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |