O’tibdo’ Sana 09 «Ona tili» 7-sinflar uchun 6-Sinfda o'tilganlarni takrorlash



Download 1,1 Mb.
bet183/219
Sana05.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#741330
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   219
Bog'liq
7-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Ajratib ko’rsatilgan undovlarning qanday hayajonni (qo’rquv, rohatlanish, hayron qolish kabi) ifodalashini aniqlang.
1. Oh, qanday go’zal bu olam! 2. Oh zolim falak, yiqil boshimga! (Uyg’un, I. Sulton) 3. Uf!.. - dedi Xatira xola. (Abbos Muhiddin) 4. Iye, butun boshliq birodam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi? (Uyg’un) 5. Voyey, bolam boyaqish-ey. (P. Tursun)
His-hayajon undovlari kishilarning quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish, hayron qofish, norozilik, g’azab-nafrat, og’riq singari hissiyotlarini ifodalaydi.
His-hayajon undovlarining o’zi undov gap bo’lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday gaplar oxiriga doimo undov belgisi qo’yiladi.
260-mashq. Gaplar tarkibidagi undov so’zlarni ajrating. Ular qanday hissiyotlarni ifoda etayotganini aniqlang.
1. - E-e, yeb bo’pti, Ko’kyol deydilar uni! - dedi Isoy bobo kuyib-pishib. (N. Fozilov) 2. — Voy-bo’, — deb yubordi u. — Yerimiz muncha chiroyli! Globusning o’zginasi-ya! (A. Bo‘riboyev) 3. - O, muazzam Enasoy daryosi! (Ch. Aytmatov) 4. Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar ... (S. Zunnunova)
261-mashq. Gaplarni ko’chiring, his-hayajon undovlarining tagiga chizib, ularni izohlang.
1. - Ur-re-e-e! - u boychechakni qo’lida hilpiratib, toychoqdek shataloq otib chopar edi. (A. Ko‘chimov) 2. - o’h-ho’, - dedi Hayitvoy qo’rqqanidan ko’zlari ola-kula bo’lib. (X. To’xtaboyev) 3. - E, juda ajoyib ekan-ku, - dedi Elmurod ajablanib. (Parda Tursun) 4. Eh-ha, nima uchun o’rmonda bunaqa g’ala-g’ovur, tartibsizlik desam, sababi bu ekan-da, - deb o’yladi Ko’rqush. (B. Norboyev) 5. Och qoldingmi, a? Voy, sen-ey, - deya Chuchuk uloqchaning shalpang quloqlaridan tortqilab qo’ydi. (S. Mingnorov)

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish